14:14 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
423 0 0

Oʻzbekiston prezidentining rasmiy tashrifidan oldin Minskda "Oʻzbekiston - Belarus" forumi boʻlib oʻtdi. Undan turli sohalarda bir qator shartnomalar imzolandi.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston va Belarus forumi ikki kundan buyon davom etmoqda. Ayni damda imzolangan shartnomalar miqdori 500 million dollarga yetdi, Sputnik Belarus xabariga asosan.

Dori-darmonlar

Belarusning "Belfarmprom" xoldingi hamda Oʻzbekiston Tibbiyot vazirligining Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va “Fagusal” MCHJ oʻzaro hamkorlik haqida shartnomalar imzolashdi. Shartnomaga muvofiq, Oʻzbekiston va Belarus hamkorligida qoʻshma korxona tashkil qilinadi.

"Belfarmprom" direktori Viktor Shein aytishiga qaraganda, birgalikda ishlab chiqarilgan dori vositalari uchinchi mamlakatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan, jumladan Afgʻonistonga ham.

“Loyihaning qiziq tomoni shundaki, yangi qurilayotgan maydonchada belarusning barcha korxonalari mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu korxonalar hozir oʻz dorilarini Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib bermoqda”, - deydi "Belfarmprom" direktori.

Shuningdek, ikki respublika Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish maqsadida selektsiya-genetik markaz hamda veterinariya uchun farmatsevtik korxona  tashkil qilish haqida kelishib olishdi.  

Kartoshka va sut fermalari

Oʻzbekiston – iqlimi issiq va yerlari unumdor mamlakat. Shu sababdan ham qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik qilishga qiziqish katta.

Undan tashqari Oʻzbekiston ham Belarusni qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishda oʻzining yetakchi hamkorlaridan biri deb hisoblaydi.

“Biz belaruslik hamkorlarimiz muvaffaqiyatlarini katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Qishloq xoʻjaligida hamkorlikni rivojlantirish - ushbu forum natijalaridan biri boʻladi deb umid qilamiz", – dedi Oʻzbekistonlik senator Alisher Kurmanov.

Kurmanov Belarus bilan hamkorlikda kartoshkaning qurgʻoqchilikka chidamli,serhosil navlarini yaratishdan umid qilmoqda.

Undan tashqari Toshkent viloyatida Belarus texnologiyalari asosida sut-tovar majmuasi qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda Oʻzbekistonga "Zdravushka-milk" kompaniyasi yordam beradi.

Shuningdek Belarus Oʻzbekistonga katta miqdorda shakar, sut mahsulotlari, paranda va mol goʻshti yetkazib berishga tayor.

 

Katta va strategik rejalar

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev ikki respublika hamkorligidan umidlari kattaligini xabar qildi.

“Ikki davlat rahbarlari oldimizga oʻzaro mahsulot ayrboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoʻydi. Biz ushbu yil oxirigacha oʻzaro savdo hajmi 500 million dollarga yetkazishni kutmoqdamiz”, - dedi  Elyor Gʻaniyev Belarus telekanali efirida.

Belarus Respublika kengashi spikeri Mixail Myasnikovich ham Belarus Oʻzbekistonni Markaziy Osiyoda muhim va istiqboblli hamkor sifatida qabul qilayotganini va prezident  oʻzaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazishni talab qilayotganini xabar qildi. Belarus parlamenti yetakchisi ushbu faoliyat tizimli ravishda olib borilsa, Toshkent va Minsk ushbu koʻrsatgichga yetishi oson boʻlishini aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun Belarusga davlat tashrifi bilan keladi. Ikki davlat rahbarlari imzosi uchun bir necha oʻnlab hujjatlar tayyordab qoʻyilgan. Ikki respublika rahbarlari uchrashuvi munosabatlar rivojlanishi uchun katta turtki boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular