20:12 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
636 0 0

Yoʻl harakati qoidalarni buzgan IIB xodimlariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalar yuzasidan izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, 31 oktyabr kuni Nodir Temirov ismli foydalanuvchi “Voditeli Tashkenta (DRIVERS.UZ)” guruhida xabar qoldirdi: videoregistratorda qayd qilinishicha, shu kuni ertalab xizmat davlat raqamiga ega “Neksiya-3” rusumli avtomobil Choshtepa koʻchasidan harakatlanib, oqimdagi transport vositalariga xalal bergan.  

“Ushbu harakat bilan Yoʻl harakati qoidalarining 53-bandi, yaʼni “Haydovchi harakatlanishni boshlash, yoʻnalishni oʻzgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish va aylanib oʻtish) va toʻxtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak” qoidasi buzilgan. Ushbu maʼlumot bir nechta blogerlar va OAVlar tomonidan ham eʼlon qilindi” – deyilgan xabarda. 

“Neksiya-3” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) Shayxontoxur tumani ichki ishlar boʻlimiga biriktirilgan. Bunday harakatlanishga sabab (misol uchun, zarur chaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) boʻlmaganligi aniqlandi.

Avtomobilni boshqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-5-moddasiga  muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga koʻra, transport vositalari haydovchilarining avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, – eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchi bilan yoʻllarda xatoga yoʻl qoʻyish mumkin emasligi haqida profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Poytaxt Uchtepa tumani maxsus inspektsiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabarini qayd etishdi. Yaʼni: 29-oktyabr kuni soat 18:08 da Lolita Shah ismli foydalanuvchi yuqoridagi guruhda videomaʼlumot qoldirgan edi, unda “Neksiya-3” avtomobili (davlat raqami 01 158 VSC) Farxod va Lutfiy koʻchalari kesishmasidagi svetoforning taqiqlovchi signalini mensimasdan harakatlangan.

Ushbu avtomobil Uchtepa tumani IIO FMBga biriktirlgan boʻlib, uni boshqargan xodimga nisbatan  Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-4-moddasi ikkinchi qismi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Unga koʻra, Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchi bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Asosiy mavzular