04:34 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
935 0 0

Bugunning oʻzida respublika boʻylab 56 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizdan oshdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 64 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3028  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 56 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2 463 nafar. Sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizdan oshdi.

Ayni paytda 552 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Epidemik vaziyat noxush boʻlgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 44 455 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Hayit namozi - uyda

Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli hayit namozini jamoat joylarda oʻqishni bekor qildi.

"...2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat boʻlib oʻqish imkoniyati mavjud emasligi, moʻmin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi. <...> Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat boʻlib oʻqishning iloji boʻlmaydi", - deyiladi xabarda.

Yopilgan shahar

Samarqand viloyatidagi Juma shahri kirish yoʻli hamda shahar ichidagi bir necha koʻchalarda transport harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Juma shahriga tumanning boshqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishi vaqtincha toʻxtatiladi.

Yana bir koronavirusdan xoli hudud

Koronavirusdan xoli hududlar safiga Buxoro viloyati ham qoʻshildi. Bugun Buxoro viloyatida 2 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoro viloyatida qayd etilgan 442 nafar bemorning barchasi sogʻaydi.

Uyga qaytgan shifokorlar

Tojikistonlik hamkasblari bilan koronavirusga qarshi hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan oʻzbekistonlik shifokorlari uyga qaytdi. 8 nafar tibbiyot xodimi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Turkiya IVL apparatlari

Turkiya oʻzida ishlab chiqarilgan 50 dona oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlarini Oʻzbekistonga yubordi. Apparat prototipi Turkiyaning 4ta yirik - Arçelik, ASELSAN, Baykar Makine va Biosys kompaniyalari muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qoʻshniga yordam

Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 248 ming dollarlik insonparvarlik yordamini joʻnatdi. Insonparvarlik yordamiga tibbiy krovatlar (440 dona), elektron pirometrlar (1000 dona), himoya kombinezonlari (2500 dona), tibbiy qoʻlqoplar (150 000 dona) va tibbiy niqoblar (150 000 dona) kiradi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,2 milliondan oshdi, 334 ming kishi vafot etdi. Qariyib 2 million kishi sogʻaydi.

Asosiy mavzular