06:33 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Mavzu
Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning AQShga birinchi rasmiy tashrifi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi boshlandi.

Prezident samolyoti Vashingtondagi "Endryus" aeroportiga qoʻndi. Shavkat Mirziyoyevni AQSH Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada boʻlib oʻtadi. Keng doiradagi muzokaralarda Oʻzbekiston va AQSH rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.