Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018 yilning 8 – 9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Frantsiyada boʻladi. Muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari oʻrtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.