06:49 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
93 0 0

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Jon Kerri Jenevaning "Prezident Uilson" otelida muzokaralarni boshladilar.

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Lavrov va Kerri bu galgi uchrashuvda terrorchilarga qarshi Suriyada olib borilayotgan urushda koordinatsiyani yoʻlga qoʻyish haqida muzokara oʻtkazadilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri va AQSH Davlat kotibi oʻrtasidagi muzokaralar Jenevadagi "Prezident Uilson" otelida boʻlib oʻtayotgani maʼlum. "Bino tongdan buyon politsiyachilar va xavfsizlik xizmati tomonidan oʻrab olingan", — deyiladi xabarda.

"Bu uchrashuv biror bir hujjat ishlab chiqilishiga asos boʻla oladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum, ammo Lavrov va Kerrining bu galgi uchrashuviga rossiyalik va amerikalik diplomatlar va harbiylarning birgalikdagi faol faoliyati turtki boʻlgan", — deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, Lavrov va Kerri Suriyada tinchlik tartibini ushlab turish va siyosiy jarayonni ishga tushirish masalalarini koʻrib chiqadilar. Tomonlar Turki-Suriya chegarasida rasmiy Anqara tomonidan amalga oshirilgan operatsiya masalasini ham koʻrib chiqishlari ehtimoldan holi emas.

Bundan sal oldin Vashington Rossiya va Eronni kimyoviy quroldan foydalanganligi uchun "Suriyani javobgarlikka tortishga" chaqirgan edi.

Sergey Lavrov esa Vashingtonning talabiga javoban Amerikaga Suriyada tinchlik jarayoni bitimiga amal qilmaganligini eslatib qoʻydi: "Ularga oynaga yaxshiroq qarab, yanvar oyidan buyon berib kelayotgan vaʼdalarining ustidan chiqishni maslahat beraman. Amerika oppozitsiyani terrorchilardan ajratib olsin oldin. Ular bunday qila olmaydi — chunki yo qoʻlidan kelmaydi yoki istashmayapti"

Asosiy mavzular