16:00 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Sotrudniki bezopasnosti lidera KNDR Kim Chen Ыna soprovojdayut yego avtomobil, kotorыy vozvraщayetsya v Severnuyu Koreyu na obedennыy pererыv vo vremya mejkoreyskogo sammita v derevne Pxanmundjom v demilitarizovannoy zone, razdelyayuщey dve Korei

Kim Chen Inning yugurayotgan xos soqchilari haqida

© AP Photo / Korea Summit Press Pool
Dunyoda
Havola olish
453340

Dunyodagi hech bir yetakchi Kim Chen In kabi uch darajali shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga ega emas

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uch liniyali qoʻriqchilarga ega, deb xabar qilmoqda BBC.

Voyennыy parad, posvyaщennыy 100-letiyu so dnya rojdeniya Kim Ir Sena
© Sputnik / Ilya Pitalev
Yaqinda boʻlib oʻtgan Janubiy va Shimoliy Koreya uchrashuvi chogʻida Kim Chen Inning yugurayotgan qoʻriqchilari barchani taajjubda qoldirgan edi. Bugun Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi chogʻida ham butun dunyo yana bir marta oʻsha qoʻriqchilarni koʻrdi.

Kim Shimoliy Koreyada boʻlgan vaqtida, uning atrofini qoʻriqchilar uch chiziqda oʻrab olishadi: Kim mingan limuzinning ikki yonida yugurayotgan qoʻriqchilar va yetakchining bevosita yonida yuradigan qoʻriqchilar. Yetakchining yonida yuradigan qoʻriqchilar Markaziy partiyaning "№6 boʻlinmasi" yaʼni, rasman, Adʼyudantlar Bosh boshqarmasi xodimlari sifatida mashhur.

Aynan shu odamlar tomonidan Kimga yaqin yuradigan qoʻriqchilar liniyasi shakllantiriladi. Qoʻriqchilarni harbiy xizmatga chaqirilgan Koreya xalq armiyasi xizmatchilari orasidan saralab olishadi.

Tanlov shartlari — boʻy (u mamlakat yetakchisi boʻyi bilan teng boʻlishi lozim) va yaxshi koʻrish qobiliyatidan iborat. Shuningdek, nomzodlar jismonan chiniqqan eliklarini namoyon etmoqlari hamda bexato otish va jang sanʼati boʻyicha oʻz iqtidorlarini koʻrsatishlari kerak boʻladi.

Shundan soʻng ular davlat xavfsizlik organlari tomonidan sinchiklab tekshiriladi: oilaning ikki avlod vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻrganiladi. Adʼyudantlar Bosh boshqarmasining aksariyat xodimlari Kimlar klani qarindoshlari yoki KXDRdagi boshqa oliy martabali oilalar vakillaridan iborat.

Qoʻriqchi lavozimiga tayinlanish toʻgʻrisida tasdiqni olgach, nomzodlar intensiv tayyorlov kursidan oʻtishadi. Bu kurs Koreya xalq armiyasidagi spetsnazlarni jangovar tayyorlash kursini eslatadi. Ularni toʻpponchadan foydalanish, maskirovka metodlaridan foydalanish va taʼqibdan qochish, shuningdek, jang sanʼatiga oʻrgatishadi. Kursantlar odatda murakkab jismoniy va ruhiy tayyorgarlikdan oʻtadilar.

Odatda tan soqchilar yetakchi atrofida perimetr boʻylab 360 gradusda aylana hosil qilishadi. Qoidaga koʻra, Kim Chen Inning oldida 3 nafardan 5 nafargacha tan soqchilar, (shu jumladan, Adʼyudantlar Bosh boshqarmasi rahbari ham) harakatlanadi.

Ikkala tomonida 4 nafardan 6 nafargacha — ikki tomonida 2 yoki 3 nafardan tan soqchi boʻladi. Orqa tomonida yana 5-6 nafar qoʻriqchi joylashadi.

KXDRda Oliy yetakchi oldida faqat tan soqchilargagina oʻt ochish qurolini olib yurishga ruxsat berilgan.

Shunday boʻlsa-da, tan soqchilarning asosiy quroli — yetakchini oʻrab turgan odamlarni kuzata olish qobiliyati hisoblanadi. Ular tahdidni jismoniy aralashuv yoʻli bilan vaqtida bartaraf etishlari shart. Adʼyudantlar Bosh boshqarmasida 200-300 xodim mavjud — ulardan teng yarmidan koʻpi — tan soqchilardir. Qolganlari haydovchi yoki texnik xodim sifatida faoliyat yuritishadi.

Oliy yetakchining ayrim tan soqchilari koʻp yillardan buyon xizmat qilayotgan boʻlsa-da, ularning koʻpchiligi ushbu lavozimda 10 yilga yaqin qoladi.

Kimning atrofidagi ikkinchi va uchinchi chiziq Qoʻmondonlik qoʻriqlash xodimlaridan iboratdir. Agar Adʼyudantlar Bosh boshqarmasi xodimlari oliy yetakchining oʻzini qoʻriqlasa, Qoʻmondonlik qoʻshinlari yetakchi joylashadigan xona xavfsizligi uchun javobgardir. Xoh u ofis binosi boʻlsin yoki chet eldagi xususiy kvartira.

OAVlarda berilgan maʼlumotlarga koʻra, Singapurga Pxenyandan uchta samolyot kelgan, shulardan eng kamida ikkitasini Qoʻmondonlik qoʻriqlash xodimlari egallashgan.

Dunyo yetakchilaridan hech qaysi Kim Chen In singari uch darajali shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga ega emas.

Asosiy mavzular