19:09 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Prezident Filippin Rodrigo Duterte s vintovkoy Galil

Filippin prezidenti fuqarolarga poraxoʻr amaldorlarni oʻqqa tutishga ruxsat berdi

© AP Photo / Bullit Marquez
Dunyoda
Havola olish
1133 0 0

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni oʻqqa tutishga ruxsat berdi. Shu bilan birga ularni oʻldirib qoʻymaslikni soʻradi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni oʻqqa tutishga ruxsat berdi. Shu bilan birga ularni oʻldirib qoʻymaslikni soʻradi.

Rodrigo Duterte
© AFP 2018 / ROSLAN RAHMAN

RIA Novostining yozishicha, bu haqda mamlakatning Manila Bulletin gazetasi xabar tarqatgan.

Duterte keyinchalik qamoqqa tushmaslik uchun poraxoʻrlarning oyogʻiga qarata oʻq uzishni taklif qilgan.

“Agar siz soliq, yigʻim, bojxona toʻlovlari va hokazolarni toʻlab borsangiz, bu ahmoqlar esa pora talab qilsa, ularga musht tushiring. Qurolingiz boʻlsa, ularni otishingiz mumkin, lekin oʻldirib qoʻymang. Chunki sud jarayonida afv qilinmasligingiz mumkin”, - deya maʼlum qilgan Filippin yetakchisi.

Duterte qonunni buzgan amaldorni otgan har qanday kishiga nisbatan faqat jiddiy jismoniy jazo qoʻllanishini aytgan.  

Prezidentning fikriga koʻra, korruptsiya mamlakatda keng tarqalgan muammoga aylangan. “Bu hukumatdagi deyarli har bir kishining ichida oʻtirgan qurt”, - degan oʻz chiqishida.

Prezident fuqarolarni oʻz huquqlarini himoya qilishga va amaldorlar ishtirokidagi har qanday korruptsiya yoki qonunbuzarlikni xabar qilishga chaqirgan. U shu kabi holat uning qulogʻiga yetib borsa, murojaat qilgan fuqaroni oʻz huzuriga chaqirib, qonunbuzar amaldorning yuziga musht tushirishga imkon berishini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular