10:34 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
99410

Venadagi OPEK + formatidagi “neft ittifoqi” yigʻilishidan oldin, Rossiyada ahvol yomon va bundan ham battarroq boʻladi degan nazariya tarafdorlari bir muncha umidlari bor edi.

Ivan Danilov, Venadagi OPEK + formatidagi “neft ittifoqi” yigʻilishidan oldin, Rossiyada ahvol yomon va bundan ham battarroq boʻladi degan nazariya tarafdorlari bir muncha umidlari bor edi. Bu Fors koʻrfazidagi mamlakatlardagi ichki siyosiy, geosiyosiy va moliyaviy vaziyatdagi oʻzgarishlar va, birinchi navbatda, Saudiya Arabistonidagi oʻzgarishlar ittifoqning neft bozoriga yanada koʻproq taʼsir koʻrsatishini imkonsiz qilishi muqarrarligidir.

Ushbu umidlarni qoʻllab-quvvatlash uchun bir necha dalillar va omillarni keltirdilar. Bizning baʼzi gʻarbiy raqiblarimiz buni ochiqchasiga taʼkidlashgan boʻlsa, baʼzilari xufiyona. Birinchidan, gʻarbiy ommaviy axborot vositalari va ularga koʻplab tahlilchilar qoʻshilgan holda, Saudiya Arabistonining "Saudi Aramco" davlat neft kompaniyasining aktsiyalarini birlamchi ommaviy taklif qilishdan keyin Ar-Riyodda OPEK + alyansidagi hamkasblariga, shu jumladan Rossiyaga ham, xiyonat  qilish uchun jiddiy ragʻbatlantiruvchi  omil paydo boʻlishi mumkin degan tezisni faol ravishda targʻib qila boshladilar. Maqsad oddiygina - oʻz neft qazib olish surʼatlarini oshirish, kompaniya aktsiyalari qiymatining oʻsishini taxminlash va shuning asnosida uning kapitallashuvini oshirish. 

Ushbu mantiqning oddiy misoli sifatida Bloomberg agentligining "Aramco aktsiyalarini birjada joylashtirilishi Saudiya Arabistoni uchun yanada koʻproq neftni qazib olishga turtki boʻladi” sarlavhalik materialdan iqtibosni keltirsa boʻladi.

"Jami tushumni va daromadni oshirish – bu Saudiya Arabistoni Qirolligi uchun aktsiyalarni har qanday  ikkilamchi sotuvi manfaatdorligini oshirish yoʻlidagi eng maqbul yoʻl. Bu, ehtimol,neft qazib olishni koʻpaytirishni anglatadi. Endi, Saudi Aramco nihoyat birjada savdo qiladigan kompaniyaga aylanib borayotgan paytda, ochiq aktsiyadorlik jamiyati sifatida xarakat qilishiga toʻgʻri keladi. Demak, davlat neft giganti aktsiyasi narxi rahbarlar va aktsiyadorlar uchun asosiy omil boʻlib qoladi. Endi, asosiy eʼtibor aktsiya narxi va optimallashtirishga qaratilgan paytda, monarxiya kelgusidagi aktsiyalar sotuvidan anchagina daromad koʻrishi mumkin, Aramco da esa istiqbolda oʻz tushumlari va daromadini oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Buning exg yaxshi usuli - neft qazib olishni koʻpaytirish. Bu OPEKning norasmiy yetakchisi, va biz yangi stimullar OPEKga nisbatan istiqbollariga taʼsir qiladi deb kutib qolishimiz mumkin”, - deb xabar berdi Amerika moliyaviy sektorining nashriy vakili.

Agar vaziyatga beparvolik bilan qarasangiz va amerikalik jurnalistlar xaqida yomon fikrda boʻlsangiz, ularni toksik stereotiplarda ayblashingiz mumkin. Faqatgina shu xol moliyaviy koʻrsatkichlarni qisqa muddatli (garchi bu amalga oshmasa ham) yaxshilanishini uzoq  muddatli daromadlardan afzalroq koʻrayotgan Saudiya rahbariyatini shunchalar masʼuliyatsiz koʻrsatish  xohshini tushuntirishi mumkin. Ilgari iqtisodiy  jixatdan zararli slanets neftini bozordan yoʻq qilish maqsadida bozorni arzon neft bilan toʻldirish urinishi amalgan oshirilgan va buning natijalari Ar-riyodga yoqmaganini gapirmasak ham boʻladi.

Enda yana bir muhim jihatni hisobga olish kerak. Aramco aktsiyalarini London yoki Nyu-York birjalarida joylashtirishga urinishlar boʻldi, biroq sanktsiyalar xavfi, Saudiya aktivlarini hibsga olinishi xavflari, Amerika qonunchilarining tashabbuslari  (NOPEC deb ataluvchi akt Amerika hukumati erishishi mumkin boʻlganki, aktsiyalarni musodara qilishga imkon beradi) va boshqa siyosiy ziddiyatlar, kompaniya qimmatli qogʻozlarini Saudiya birjasiga joylashtirilishiga olib keldi. Va joylashtirishda asosan mahalliy fuqarolar va Fors qoʻrfazi va Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari investitsiya jamgʻarmalari ishtirok etdi. Amerka va Gʻarb investorlari chekada qolishdi, gʻarb OAVlari esa “yashil tentaklik” va iqlim uchun kurashish toʻlqini asnosida, gʻarb pullari Saudiya kompaniyasiga tushmasligi uchun faol (garchi toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmasa ham) ish olib borishgan.  Bu holatda Ar-riyod OPEK + Rossiya neft alyansining kelgusi ishida dushmanlarining mantigʻiga amal qilganda gʻalati boʻlar edi.

Ikkinchi umid - OPEK + faoliyatidagi diplomatik xatolar, janjal va ziddiyatlar paydo boʻlishidan edi. Bu, Saudiya Arabistonida neft va Rossiya bilan muzokaralarga maʼsul vazirni oʻzgarishidir, va Rossiyaning hamkor davlatlaridagi har bir siyosiy oʻzgarish har doim ekspert va jurnalistik doiralarida umid oʻygʻotadi: va-nihoyat, yangi rahbarlar Rossiya bilan doʻst boʻlish va hamkorlik qilish  kerak emasligini anglashadi. Amalda esa, buning aksi yuz beradi, va bu “Rossiya oʻlayotgan, uning iqtisodi parchalanib ketgan, diplomatik izolyatsiyada qolgan” iddaosiga ishonganlarni hayratga soladi va xafa qiladi.

Nufuzli "Wall Street Journal" moliyaviy nashri Venadagi Rossiya-Saudiya muloqoti qanday oʻtganligi xaqida oʻz manbaʼlari taassurotlarini keltirdi: "Ertasi kuni shahzoda Abdul-Aziz ibn Salmon OPEKdan tashqari oʻnta mamlakat ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvni rossiyalik hamkasbi Aleksandr Novak bilan uchrashish uchun toʻxtatdi. OPEK zalidagi manbaʼning soʻzlariga koʻra, zalda boʻlgan ikki shaxs (Rossiya tomonidan gaz kondensatlarni) ozod qilish va Rossiya tomonidan mustaqil baholash mobaynida kelib chiqqan tushunmovchiliklarni bartaraf etishni muhokama qilishgan. "Qaytib chiqishganda ular jilmayardilar ", dedi manba.

Muzokaralar natijalarini Rossiya uchun ijobiy deb hisoblash mumkin. Alyansning qazib olishni sutkasiga 500 ming barrelga qisqartirish toʻgʻrisida qarori koʻplab tahlilchilar uchun kutilmagan xabar boʻldi, ammo bu mantiqan toʻgʻri edi: neft uchun narxlarni noanʼanaviy boʻlgan, 2020 yil birinchi choragida ham narxni bir xilda ushlab turish kerak edi. "Rossiyaga kelsak, bu koʻrsatgichdan (OPEK + pasayishi – muallif izohi) atigi 70 ming barrelga pasayishiga, yaʼni Rossiya uchun 1 chorak kvotasi sutkasiga 300 ming barrelni tashkil etadi" , - dedi Aleksadr Novak jurnalistlarga.

Taqqoslash uchun: Saudiya arabistoni tomonidan qazib olishni ixtiyoriy ravishda (yaʼni mavjud ulushga qoʻshimcha) kuniga 400 ming barrelga kamaytirilishi nazarda tutiladi.

"Neftni bir barrel uchun 20 dollarga "koʻrishni va Rossiyaning eksport daromadlari bilan bogʻliq iqtisodiy muammolaridan zavqlanishni istaganlarning oxirgi umidlari "OPEK + Rossiya tomonidan kamaytirilish mumkin boʻlgan hamma narsani Rossiya va OREKdan olib ketadigan Amerika slanets kompaniyalari oladi va bozor ulushi va neft narxini pasaytirvoradi" tezisidan iborat boʻlgan.

Bir tomondan savol tugʻilishi tabiiy: agar slanets nefti bilan bogʻliq boʻlgan hamma narsa yaxshi boʻlsa, nega slanets kompaniyalari birin-ketin bankrot boʻlishmoqda va ularning aktsiya va obligatsiyalari narxi tushib ketmoqda, garchi Amerikaning qolgan fond bozori misli koʻrilmagan suratlarda oʻsmoqda? Boshqa tomondan, "slanets inqilobining qoq markazi" boʻlmish Texasda joylashgan slanets kompaniyalarning oʻzlariga soʻz berib va ularning rahbarlari va hissadorlariga quloq solib koʻrish kerak.

Kanadaning BNN Bloomberg moliyaviy telekanali shunday deydi: "Texasning yangi va avval neft qazib olinmagan hududlarda faoliyatga ixtisoslashgan kompaniyalari, koʻp yillar davomida slanets skeptiklarining inkor qilishlariga javoban endi slanets  nefti sanoati pasayishi qanchalik jiddiyligini yetarlicha baholamayotganini oʻzlari taʼkidlamoqdalar”.  Parijdagi Xalqaro Energiya agentligi (XEA) va Vashingtondagi energetik axborot boshqarmasi (Energy Information Administration) joylardagi dahshatli real holatga qaramay, kelgusida yilda AQShda qazib olishni barqaror oʻsishini taxmin qilishni davom ettirmoqda. XEA kuniga 900 ming barrel, OPEK esa bir million barrelni taxmin qilmoqda, bu esa bu yil deyarli oʻsishni takrorlashni anglatadi. Bu prognozlar AQShda neft ishlab chiqarishning qariyb yarmini tashkil etadigan Texasdagi muhitga toʻgʻri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilar moliyaviy taʼminotda yetishmovchiliklarni boshdan kechirmoqdalar, zahiralar pasayib ketdi, ommaviy savdodagi qimmatli qogʻozlarga (slanets kompaniyalari qimmatli qogʻozlari) ishtaha yoʻq. Bu pasayishga avvalgiga nisbatan davomiylik tusini beradi".

Xulosa qilsak. Kelgusida Venadagi OPEK + shtab-kvartirasida bir necha marotaba uchrashishi koʻzda tutilayotgan Saudiya va Rossiya energetika vazirlari keng tabassum uchun qoʻshimcha sabablar ega boʻlish mumkinligi ehtimoldan xoli emas. Rossiya-Saudiya hamkorligidan nafratlanadiganlar uchun - qaygʻu va alam uchun yangi sabablar mavjud.

 

Asosiy mavzular