23:07 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
90310

Qirgʻiziston tomoni Qozogʻiston hukumat organlari tomonidan tekshiruvlar kuchaytirilganligi sababli tranzit yuklarni tashishda sezilarli kechikishlar yuzasidan shikoyat qilmoqda.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. JSTning savdoni soddalashtirish qoʻmitasi Qozogʻiston Qirgʻizistondan tranzit yuklariga nisbatan savdo cheklovlari masalasini koʻrib chiqdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston iqtisodiyot vazirligi.  

Qirgʻiziston tomoni bayonotida aytilishicha, 2019 yil davomida chegaradagi murakkab vaziyatni hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish uchun Qozogʻistonga rasmiy yozma murojaatnomalar yuborilgan va JSTda ikki tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazilgan.

“Qirgʻiziston Qozogʻiston tomonini avtomobillarning toʻplanib qolishi bilan bogʻliq vaziyat bilan batafsil tanishtirdi va amaldagi savdo toʻsiqlarini olib tashlash hamda JST tomonidan belgilangan qoidalar asosida harakat qilish zarurligini bildirdi”, - deyilgan Qirgʻiziston iqtisodiyot vazirligi.

Muzokaralar vaziyatning yaxshilanishiga olib kelmadi, shuning uchun 2020 yil 11 fevralda Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari Eldor Alisherov va Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha Iqtisodiyot vazirligi vakolatxonasi rahbari Nurbek Maksutov Jenevada JSTning savdo protseduralarini soddalashtirish qoʻmitasi yigʻilishida qatnashdilar.

“Qirgʻiziston Respublikasi JST aʼzolariga Qozogʻiston Respublikasining yuklarni tashish, yuklarni tekshirish va Qozogʻiston orqali tranzit yuk tashishdagi qiyinchiliklar,  Qozogʻiston xalqaro savdo qoidalariga rioya qilmasligi haqida axborot berdi”, - deyilgan xabarda.

Qirgʻiziston Respublikasi Qozogʻiston tekshiruv organlari vakillarining noqonuniy xatti-harakatlari, qirgʻizistonlik yuk tashuvchilar Qozogʻiston hududidan oʻtayotganda nazorat punktlarida yuklarning kuchaytirilgan tekshiruv bilan bogʻliq boʻlgan qiyinchiliklar haqida bayon qildi.

JST qoʻmitasi aʼzolari Qozogʻiston xatti-harakatlari uzunligi 10 kmgacha boʻlgan yuk transportining toʻplashiga olib kelganligi, chegarada va ixtisoslashgan zonalarda joylashgan yuk tashish mashinalarning soni esa qariyib 250 donani tashkil etgani haqida xabardor qilindi.

"Qozogʻistonning xatti-harakatlari Qirgʻizistonning uchinchi davlatlar bilan savdo aloqalariga, shuningdek har bir yuk tashuvchiga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazmoqda", deyilgan xabarda.

Qirgʻiziston oʻz nutqida JSTning asosiy kelishuvlari qoidalarining buzilgan moddalarini keltirdi va Qozogʻistonni JST oldidagi majburiyatlarini qatʼiy bajarishga va ushbu tashkilotning kelishuvlari asosida harakat qilishga chaqirdi, shuningdek, yashirin savdo toʻsiqlarini zudlik bilan olib tashlash va Qirgʻiziston yuk tashuvchilariga toʻsqinliksiz tranzit yoʻllarini taqdim etishni talab qildi.

Sputnik Qozogʻiston maʼlum qilishicha, Savdo va integratsiya vazirligi Qirgʻizistonning JSTga shikoyati boʻyicha rasmiy bayonot tayyorlamoqda.

Asosiy mavzular