10:28 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1149 0 0

Tojik-qirgʻiz chegarasida Batken viloyatining Chek uchastka joyidagi 50 sotix yerdan foydalanish masalasida mojaro kelib chiqdi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Bugun qirgʻiz-tojik chegarasida mojaro yuz berdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston mamlakat davlat chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

Chegarachilar maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston va Tojikiston chegara oldi tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida Batken viloyatining Chek uchastka joyi 50 sotix yerdan foydalanish masalasida mojaro kelib chiqdi.

“Bu uchastka roʻyxatdan oʻtkazilmagan, biroq aslida qirgʻiz tomondan foydalanilgan. Qirgʻiziston va Tojikiston har ikkila tomondan 30-40 fuqaro bir-biriga tosh otishni boshlagan. Hodisa vaqtida ov qurolidan oʻq uzish ovozi eshitildi. Mojaro avj olishining oldini olish uchun Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari bir necha marta havoga qarata ogohlantiruv oʻqlarini otdilar”, - deyilgan xabarda.

Tojikistondagi manba maʼlum qilishicha, qirgʻiz tomondan ov miltigʻidan oʻq otilgan.

Tojikiston Isfara shahri matbuot kotibi Iqbol Teshayevning soʻzlariga koʻra, ikki tojikistonlik yaralandi.

Shundan soʻng bir muncha vaqtga vaziyat tinchlandi. Ikki respublikaning chegaradosh hududlari aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Biroq Tojikiston MXQ CHQ chegarachilari kutilmaganda qirgʻiz chegarachilari va fuqarolariga qarata minamyotdan oʻq uzdilar.

Qirgʻiziston chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, uch chegara xizmatchisi turli darajada yaralandi. Ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ikki tomon MXX, chegara, IIV vakillari vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uchrashuv oʻtkazmoqda.

Asosiy mavzular