21:37 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
1009 0 0

Agar zarur choralar koʻrilmasa, ortiqcha vazn yoki uning oqibatida salomatlikda yuzaga keladigan muammolar tufayli, kelgusi oʻn yillikda sogʻliqni saqlash tizimiga qilinadigan harajatlar yiliga 1,3 trillion dollarga oshishi mumkin

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Millionlab odamlar sogʻlom ovqatdan mahrum boʻlishmoqda, bu esa butun dunyoda semizlik muammolarini keltirib chiqarishi va global pandemiya xavfini yuzaga keltirishi mumkin, deb xabar qiladi Bloomberg.

BMT prognozlariga koʻra, joriy yil yakunida 130 milliondan ziyod odamlar ochlik bilan toʻqnash keladi, ammo rivojlangan davlatlarda semizlik masalasi yanada jiddiy xatarni yuzaga keltirmoqda.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida butun dunyo boʻyicha insonlar daromaddan mahrum boʻlib, oziq-ovqatda tejashga va sogʻlik uchun zararli boʻlgan mahsulotlar, xususan, fastfudni tanlashga majbur boʻlishgan.

Hozirning oʻzida ortiqcha vaznga ega insonlar soni och qolganlar sonidan bir necha barobar koʻproqni tashkil qilmoqda. Bu holat ayniqsa, rivojlangan davlatlarda koʻp koʻzga tashlanadi.

Xususan, britaniyaliklarning uchdan ikki qismi hozirda ortiqcha vazndan aziyat chekishadi. Natijada mamlakatdagi har yettinchi oʻlim nosogʻlom ovqatlanish tufayli yuzaga kelib, buning oqibatida tibbiyotga harajatlar muntazam oshmoqda.

Ortiqcha vaznga ega insonlar qand kasaliga, yurak-qon tomir kasalliklariga va rak kasalliklariga moyil boʻladi.

Ayni vaqtda, BMT hisob-kitobiga koʻra, dunyo boʻyicha 3 milliard inson sogʻlom ovqat olishdan mahrum boʻlib, shu tufayli ortiqcha vazn muammolari paydo boʻlmoqda. Bu esa yangi pandemiyani keltirib chiqarish bilan tengdir.

Agar zarur choralar koʻrilmasa, ortiqcha vazn yoki uning oqibatida salomatlikda yuzaga keladigan muammolar tufayli, kelgusi oʻn yillikda sogʻliqni saqlash tizimiga qilinadigan harajatlar yiliga 1,3 trillion dollarga oshishi mumkin.

Asosiy mavzular