02:56 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
262 0 0

Immuniteti susaygan ayol tanasida uzuluksiz boʻlgan koronavirus 6 oy davomida 18ta yangi mutatsiya hosil qilgani aniqlandi.

TOSHKENT, 12 yanv – Sputnik. Rossiyalik olimlar bir bemor tanasida uzoq vaqt davomida boʻlgan koronavirus 18ta yangi mutatsiya paydo qilganini aniqlashdi.

Maʼlum boʻlishicha, saraton kasaliga chalingan 47 yoshli ayol aprel oyida koronavirus yuqtirib olgan. Shundan soʻng 9 sentyabrga qadar topshirilgan barcha test natijalari musbat chiqqan.

Bir necha ilmiy institut olimlari tomonidan ushbu holat diqqat bilan oʻrganganida, immuniteti susaygan ayol tanasida uzoq vaqt davomida boʻlgan koronavirus, inson organizmiga moslashish uchun 18ta yangi mutatsiya hosil qilgani aniqlangan. Ushbu mutatsiyalar orasida oldin Gollandiyada norka kemiruvchilarida aniqlangan S-oqisil mutatsiyasi borligi ham aniqlangan.

Bundan xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda dunyoda katta shov-shuvga sabab boʻlayotgan koronavirusning Britaniya shtammi ham ana shunday yoʻl bilan hosil boʻlgan boʻlishi mumkin, deydi genomika va bioinformatika kafedrasi professori Konstantin Krutovskiy.

Olim xulosasiga koʻra, koronavirusning yangi mutatsiyasi Rossiyaga xavf solayotgani haqida gapirishga hali erta, chunki ushbu virus faqat bir kishining organizmida aniqlangan va tarqalishga ulgurmagan.

Biroz oldin Sputnik V vaktsinasini yaratgan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Gintsburg ham Rossiyada koronavirusning oʻziga xos mutatsiyasi paydo boʻlishi kutilayotganini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Gollandiya, Britaniya,  JAR, Braziliya va AQShda koronavirusning yangi faqat ushbu hududga xos shtammlari aniqlangan. Ular orasida Britaniya shtammi yuqumliroq va xavfliroq deyilmoqda.

Rossiyada Britaniya shtammi ushbu mamlakatdan kelgan bir kishida aniqlangan. Hozir u izolyatsiya qilingan va davolanmoqda. Rossiya 22 dekabrda Britaniya bilan avia aloqalarni toʻxtatgan edi. Bugun 12 yanvardan boshlab ushbu cheklov 1 fevralga qadar uzaytirildi. 

Asosiy mavzular