17:29 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
193520

Buyuk Britaniyada spiritizmga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu diniy-falsafiy doktrina boʻlib, unga asosan, odamlarning joni oʻzga olamda yashashda davom etadi va vaqti-vaqti bilan mediumlar yoki ekstrasenslar yordamida tirik odamlar bilan bogʻlanadi

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Britaniyalik olimlar tadqiqot oʻtkazib, u asosda nega ayrim odamlar "oʻliklarni eshitish qobiliyatiga ega boʻlishlari"ni tushuntirib berdilar. Tadqiqot natijalari Wellcome Trust jurnalida eʼlon qilingan.

Maʼlumki, ruhlar mavjudligi ilm-fan tomonidan isbotlanmagan. Ammo, juda koʻpchilik, ular bilan oʻlgan odamlar gaplashishlari haqida aytib keladilar.

Buyuk Britaniyada spiritizmga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu diniy-falsafiy doktrina boʻlib, unga asosan, odamlarning joni oʻzga olamda yashashda davom etadi va vaqti-vaqti bilan mediumlar yoki ekstrasenslar yordamida tirik odamlar bilan bogʻlanadi.

Bunday amaliyotga oʻrgatadigan spiritualistlar milliy uyushmasiga 11 mingga yaqin odam aʼzo. Ularga spiritizmdan dars beriladi va amaliyotchi mediumlar xizmatlarini taklif qiladilar.

Tadqiqotlar davomida olimlar Spiritualistlar milliy uyushmasining ruhlarni eshituvchi 65 vakili va oʻlganlar bilan suhbat qilmaydigan 143 kishi bilan savol-javob qilganlar.

Maʼlum boʻlishicha, ishtirokchilarning 44,6%i har kuni oʻlganlar ovozini eshitarkan, 33,8%i - faqatgina oxirgi kunlarda eshitgan. Mediumlarning aksariyati (79%i) ruhlar bilan muloqot ular kundalik hayotining bir qismi ekanligini maʼlum qilganlar. 65% dan ortigʻi ovozlar ularning miyalarida yangrashini, 31,7%i esa - ovozlar ham miyada ham tashqi olamda yangrashini aytganlar.

Shu tariqa, olimlar, mediumlar ovoz gallyutsinatsiyalariga va oʻz ichki olamiga gʻarq boʻlishga qodirligini aniqlaganlar

Asosiy mavzular