19:02 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
104402

Moskva sudi shartli qamoq jazosini oʻtash tartibini buzgan Navalniyni real qamoq jazosiga mahkum etdi.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Moskva shahar Simonov sudi muxolifatchi, Korruptsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniyga shartli qamoq jazosini 3,5 yil real qamoq jazosiga almashtirish haqida hukm chiqardi. Bunda sud Navalniy uy qamogʻida oʻtkazgan kunlarini ham hisobga oldi va uni 2 yilu 8 oy ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Moskva shahar sudi bundan 6 yil oldin  2014 yilning 30 dekabrida muxolifatchi Aleksey Navalniy va uning ukasi Oleg Navalniyga “Iv Roshe” kompaniyasining 26,8  mln rubl va MPK kompaniyasning 4,5 mln rubl mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib olish jinoyatida ayblab, Rossiya JKning 159.4 va 174.1 moddalariga asosan Aleksey Navalniyga 3,5 yil shartli qamoq jazosi va 5 yil sinov muddati, Oleg Navalniyga esa 3,5 yil umumiy tartibli koloniyada jazo oʻtashni belgilagan edi.

Rossiya fuqarolari uchun shartli qamoq jazosi va sinov muddati berilganda – ularning xorijga chiqish pasporti olib qoʻyiladi va  belgilangan muddat davomida Jazoni Ijro etish boʻlimida boʻlimida doimiy ravishda majburiy roʻyxatdan oʻtib turish belgilanadi.

Lekin Aleksey Navalniy, shartli qamoq jazosi ostida boʻla turib, faqatgina soʻnggi 3 yil davomida xorijiy davlatlaga 20 martadan koʻp tashrif buyurgan. Ushbu “tashriflar”ning aksariyati qoʻshni davlatlar yoki Turkiya kurortlariga emas - AQShga amalga oshirilgan.

Har bir tashrif uchun Navalniy va uning rafiqasi kamida bir million rubl sarflangan. Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan “professional muxolifatchi” shuncha pulni qayerdan oldi ekan degan savolgan javob topilganda - yangi jinoyat ishi ochishga toʻgʻri kelgan.

Muxolifatchi soddadil fuqarolarning “Korruptsiyaga qarshi kurash fondi”ga yuborgan xayriya mablagʻlarini noqonuniy ravishda belgilangan maqsadga xilof ravishda sarflangani maʼlum boʻldi.

Sud hujjatlarida aytilishiga koʻra, Navalniy faqatgina 2020 yil davomida (to oʻzining “zaharlanishigacha”), jazoni ijro etish organlarida 6 marotaba roʻyxatdan oʻtishga kelmagan.

Shundan soʻng, yillar davomida Navalniyga maksimal erkinlik bergan Jazoni ijro etish organlari suddan shartli jazoni real qamoq jazosi bilan almashtirishni soʻragan.

Shartli qamoq jazosini real qamoq jazosiga almashtirish - Bu tez-tez urab turadigan holat. Rossiyada yiliga 15 mingta ana shunday sud hukmlari chiqadi.

Lekin ushbu hukmlarning hech biri bunchalik katta shov-shuvga sabab boʻlmaydi, yoki bunchalik koʻp sonli xorijiy diplomatlarni qiziqtirmaydi. Sud kuni Simonov sud binosi oldi qizil nomerli mashinalarga toʻlib ketdi. 

Navalniy sudiga 14 davlatdan diplomatlar tashrif buyurgan: AQSH, YEI, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Niderland, Shvetsiya, Avstriya, Chexiya, Litva, Kanada, Latviya, Polsha, Norvegiya. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirlig maxsus vakili Mariya Zaxarova diplomatlarning ushbu ommaviy tashrifini "Rossiya ichki ishlariga aralashish" deb atadi.

"Bu bilan Gʻarb oʻzini oʻzi oshkor qildi. Ular kollektiv boʻlib, noqonuniy ravishda Rossiyaga qarshi bir necha yildan buyon kurash olib borayotganini endi hamma koʻrdi", - dedi Zaxarova.

Asosiy mavzular