Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Islom - haqiqatni anglash demakdir"

© Sputnik / Aleksey NikolskiyOʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahrida oʻz ishini boshlagan Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining ochilish marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev chiqish qildi

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev nutqining toʻliq matni "Jahon" axborot agentligida keltirilgan.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Muhtaram Rais janoblari!

Janobi oliylari, hurmatli vazirlar va delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu.

IHTga aʼzo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi oʻz ishini boshladi
Avvalo, siz, aziz mehmonlarni, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar va kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillarini, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining barcha ishtirokchilarini Oʻzbekiston zaminida qutlash va sizlarga samimiy hurmatimni bildirishga ijozat bergaysizlar.

Bugungi kunda koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha eng nufuzli va yirik institutlardan biri boʻlgan Islom hamkorlik tashkilotining ushbu muhim anjumanini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston poytaxti – Toshkent tanlangani uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Ushbu sessiya muqaddas islom qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musulmon xalqlari oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, tashkilotga aʼzo mamlakatlar xalqlarining rivojlanishi va farovonligiga koʻmaklashishdek ezgu maqsadlarga erishish yoʻlida muhim qadam boʻlishiga ishonamiz.
Mazkur forumga tayyorgarlik doirasida erishilgan oʻzaro hamkorlik natijalaridan mamnunmiz. Bu borada Bosh kotibiyat va shaxsan uning rahbari janob Iyad Madaniy, tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan amalga oshirilgan samarali ishlarni, bunda hamjihatlik va hamkorlik ruhi namoyon boʻlganini yuksak qadrlaymiz.

"Taʼlim va maʼrifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yoʻl" mavzusi 43-sessiya kun tartibining asosiy gʻoyasi etib belgilangani chuqur ramziy maʼnoga ega. Bu gʻoya «Beshikdan qabrgacha ilm izla» degan mashhur hadisga hamohangdir.

Ushbu mavzu katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan, buyuk davlat arbobi sifatida uzoqni koʻra oladigan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan, Alloh u kishini rahmatiga olsin, dunyo xalqlari, oʻz xalqi taqdiri, bugungi murakkab sharoitda muqaddas dinimizning ahamiyati haqidagi chuqur mulohazalar natijasi sifatida taklif etilgan edi.

Dunyo shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo boʻlayotgan bugungi kunda maʼnaviyat va maʼrifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.

Toshkentda IHT TIVK kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
IHT Suriyada siyosiy yoʻl bilan tinchlik oʻrnatish tarafdori
Aynan taʼlim va maʼrifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka daʼvat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli boʻlishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni oʻrgatadi.
Bunday yondashuv – davr talabidir.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari!

"Taʼlim va maʼrifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yoʻl" shiori Islom hamkorlik tashkilotining bugungi anjumani mavzusi etib belgilangani bejiz emas.

Negaki, mazkur anjuman sizu bizning buyuk ajdodlarimiz kindik qoni toʻkilgan Oʻzbekiston zaminida boʻlib oʻtmoqda.

Imom Buxoriy, Burhoniddin Margʻinoniy, Iso va Hakim Termiziylar, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy va boshqa koʻplab daholar nomi nafaqat islom, ayni vaqtda jahon tsivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan.

Qurʼon oʻqish - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Qurʼon va Injil bir kitobda nashr etiladi
Islom olamida Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom hadislari toʻplamining ishonchli manbai deb eʼtirof etilgan "Al-jomiʼ as-sahih" toʻplami "barcha muhaddislar ustozi" boʻlmish Imom Buxoriyning koʻp yillik fidokorona izlanishlari samarasidir. Oʻn ikki asrdirki, ushbu asar ahamiyatiga koʻra, muqaddas Qurʼondan keyin islom dini haqidagi ikkinchi ishonchli yozma manba boʻlib qolmoqda. Nafaqat bizning yurtimiz, balki boshqa mamlakatlardan ham minglab, millionlab musulmonlar bu tabarruk zot tugʻilgan Buxoroi sharifga borish va uning Samarqanddagi qabrini ziyorat qilishga intilishi bejiz emas, albatta.

X asrda samarqandlik mutafakkir, "Imom al-Xuda" (Hidoyat yoʻlining imomi) deb shuhrat qozongan Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan Moturidiya taʼlimoti butun islom olamida keng tarqalgan.

Moturidiya taʼlimoti ilm egallash jarayonida bagʻrikenglik gʻoyasi asosida inson aql-zakovatining oʻrni va ahamiyatiga yuksak eʼtibor qaratadi. Bu oʻz navbatida ushbu taʼlimotning keng ommalashuvida muhim oʻrin tutgan. Bunday gʻoyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda.

Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon boʻladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Yangi tahdidlar, jumladan, "ommaviy madaniyat" xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo boʻlayotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yoʻqolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu gʻoyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu sababli, mening fikrimcha, inson maʼnaviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir.

Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom – haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson boʻlishni oʻrgatadi.

Biz Islom dinidan zoʻravonlik va xunrezlik maqsadlarida foydalanishga urinayotgan kimsalarni keskin qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Muqaddas dinimizni doimo himoya qilamiz.

Xalqimiz ateistik mustabidlikdan ozod boʻlgandan keyin, mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini boʻlgan islomning jamiyatimizdagi oʻrnini qayta tiklash boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan IHT majlisida qatnashadi
1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy taʼlim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta oʻrta maxsus oʻquv yurti faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-qizlar oʻquv muassasasidir.

Ana shu taʼlim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, mamlakatimizda ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasalari bor.

Yetmish yil hukm surgan kommunistik tuzum davrida Oʻzbekistondan bor-yoʻgʻi 130 kishi Haj amalini bajargan boʻlsa, bugungi kunda har yili oʻzbekistonlik besh mingdan ziyod kishi oʻzining ezgu orzusi va musulmonlik burchini ado etmoqda. Oʻsha paytlarda koʻp millionli respublikamizda atigi 30 ta masjid boʻlgan, bugun esa mamlakatimizda minglab masjidlar faoliyat yuritmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida tarixiy islom yodgorliklari, muqaddas qadamjolar qayta tiklandi. Ularning aksariyatini siz, aziz mehmonlarimiz Oʻzbekistonga tashrifingiz davomida ziyorat qilish imkoniga ega boʻlasiz.

Muqaddas dinimiz bundan buyon ham xalqimizni birlashtirib, millati va tilidan qatʼi nazar, maʼnaviy poklanish, odamlarni tinchlik, ezgulik, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va totuvlikka undaydigan, oʻrnini hech narsa bosa olmaydigan vosita boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir.
Hurmatli sessiya qatnashchilari!

Oʻzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon hamjamiyatidagi munosib oʻrnimizni yanada mustahkamlashdir.

Yoshlar Xalqaro sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev yoshlar siyosati toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi
Bu, avvalambor, taʼlim va maʼrifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yoʻnaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogʻliq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz taʼlim-tarbiya tizimi yaratildi.

Bugun barcha oʻgʻil-qizlarimiz oʻn ikki yillik bepul majburiy taʼlim bilan qamrab olingan. Ular 10 mingta rekonstruktsiya qilingan yoki qayta qurilgan keng va yorugʻ maktablar, 1,5 mingta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bilim olmoqda. Qariyb 300 ta musiqa va sanʼat maktabi, 2 ming 200 dan ortiq sport obʼyekti bolalarimiz ixtiyorida.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda oliy oʻquv yurtlari soni 2,5 barobar koʻpaydi. Bugungi kunda oliy oʻquv yurtlarimizda 230 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda. Oʻzbekistonda yettita xorijiy yetakchi oliy oʻquv yurtining filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Isteʼdodli yoshlarimizning minglab vakillari dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda.

Mamlakatimizda davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7 foizi taʼlim-tarbiya sohasiga yoʻnaltirilmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida"gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Bularning barchasi bugungi kunda oʻz samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bagʻishlaydi.

Xonimlar va janoblar!

Biz bugun insoniyat taraqqiyotining, taʼbir joiz boʻlsa, keskin burilishlar roʻy berayotgan tarixiy bosqichida yashamoqdamiz.

Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov: Musulmon dunyosi uchun eng katta xavf - Islom obroʻsini toʻkishga qaratilgan harakatlardir
Keyingi yillarda Yer yuzida keskin geosiyosiy oʻzgarishlar roʻy berdi, xalqaro miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar oʻrtasidagi tafovutning oʻsishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan, mohiyati va koʻlamiga koʻra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda.

Boshpanasiz qolib, oʻzga yurtlarda sarson-sargardon yurgan odamlar ogʻir musibatlarni boshdan kechirmoqda, qurolli qarama-qarshiliklar va terrorizm oqibatida gunohsiz bolalar, keksalar, xotin-qizlar halok boʻlayotir. Oxiri koʻrinmaydigan urushlar tufayli koʻplab mamlakatlar vayronaga aylanmoqda.

Bunday sharoitda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarni musulmon olamida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish yoʻlida birlashtirish, oʻzaro hamkorlikning ishonchli mexanizmlarini, aʼzo mamlakatlarning dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qilishi uchun oʻziga xos maydon yaratishga xizmat qiladigan Islom hamkorlik tashkilotining roli va masʼuliyati yanada ortmoqda.

Tashkilot mustahkam barqarorlik va xavfsizlikka iqtisodiy taraqqiyotsiz, ijtimoiy xususiyatga ega muammolarni hal etmasdan erishib boʻlmasligini tushungan holda faoliyat yuritayotganini biz yuqori baholaymiz. Islom hamkorlik tashkilotining faoliyat koʻlamini yanada kengaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Bu borada mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida turli darajadagi muloqotlarni kengaytirish, nafaqat hukumatlar, balki parlamentlar, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari oʻrtasida tizimli aloqalarni yoʻlga qoʻyish muhim oʻrin tutishi zarur. Aynan mana shu maqsadlar Islom hamkorlik tashkiloti doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni kuchaytirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining raisi sifatida tashkilot salohiyatini yanada kuchaytirish va ezgu maqsadlarga erishishda oʻz hissasini qoʻshish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.

Oʻzbekiston Kengashga raisligi davrida musulmon davlatlarining samarali va nufuzli forumi sifatida tashkilot rolini mustahkamlashga harakat qiladi.

Oʻzbekistonning raisligida oʻtayotgan ushbu anjumanning "Taʼlim va maʼrifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yoʻl" shiori bizning ustuvor yoʻnalishlarimizni aniq ifoda etadi. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston TIV Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Abdulaziz Kamilov IHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Birinchi. Aholi hayot darajasi va sifati koʻp jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy koʻrsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida taʼlimning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va tsivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va taʼlim tizimlari bilan raqobatlashmoqda.

Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz boʻlgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon tsivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan bebaho hissasini chuqur oʻrganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir.

Bu masala yoshlarda ilm-fanga va taʼlim olishga intilish tuygʻusini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini toʻgʻri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini yetkazish uchun muhimdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro miqyosda konfessiyalar, millatlar va madaniyatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, tinchlik va totuvlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng koʻlamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib boʻlmaydi.

Aynan shuning uchun ilm-fan va texnikani yanada rivojlantirish, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash tashkilotimiz faoliyatida muhim oʻrin egallashi lozim, deb hisoblaymiz.

Oʻzbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida hamkor mamlakatlar bilan ilmiy-texnologik almashishni faollashtirish, turli ilm-fan sohalarida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazishni taklif etadi.

Shubhasiz, tashkilotga aʼzo mamlakatlarning hamkorligini Islom taraqqiyot banki faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin.

Uy loyihasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Saudiyachilar Oʻzbekistonda uylar qurilishiga 30 mln $ ajratdi
Fursatdan foydalanib, 2016 yil 1 oktyabrdan eʼtiboran Islom taraqqiyot bankining prezidenti etib saylangan Bandar Hajar Janobi oliylarini qutlashdan mamnunman.

Uchinchi. Xavfsizlik muammosi oʻta keskin va fojiali tus olayotgani barchamizni tashvishga solayotganini taʼkidlamoqchimiz.

Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning birdamligini taʼminlash, ular oʻrtasidagi ziddiyatlarga barham berish, urushlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni birlashtirish tobora avj olayotgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, mavjud yoki yuzaga kelayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlarni tinch yoʻl bilan, muzokaralar, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan printsip va normalari asosida siyosiy-diplomatik hamda xalqaro-huquqiy mexanizmlardan foydalangan holda hal etishga erishish eng muhim vazifadir.

Toʻrtinchi. Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʻgʻri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʻllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot koʻrsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos boʻlib xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan bu borada Islom hamkorlik tashkiloti doirasida, shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti hududidagi davlatlarning dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyatga egadir.

Beshinchi. Ushbu qulay fursatdan foydalanib hamda mamlakatimizning Islom hamkorlik tashkilotidagi raislik davri uchun taklif etilayotgan ustuvor maqsadlardan birining ijrosi kontekstida davlatimizning ayrim tashabbuslarini eʼlon qilmoqchiman.

Qurʼon oʻqish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin
Birinchi tashabbusning mohiyati nafaqat islom madaniyati, balki umumbashariy tsivilizatsiyaga benazir hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning koʻp qirrali diniy-maʼnaviy merosini oʻrganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etishdan iborat.

Bunday markazning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida yaratilishi mantiqiy ish boʻlur edi. Buni bir qator qulay omillar taqozo etmoqda:

birinchidan, Samarqandning musulmon madaniyati durdonalaridan biri ekanligi bilan bogʻliq dunyo tsivilizatsiyasidagi mumtoz oʻrni;

ikkinchidan, eng buyuk musulmon mutafakkirlaridan biri, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriyning tabarruk maqbarasi joylashgan ushbu mintaqaga xos boʻlgan alohida maʼnaviy-ruhiy muhit.

Taklif etilayotgan tadqiqot markazi Islom hamkorlik tashkiloti homiyligida "Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi" degan ulugʻvor va ramziy nomga ega boʻlishi mumkin boʻlur edi.

Umid qilamizki, bizning ushbu tashabbusimizni Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Iyad Madaniy Janobi oliylari qoʻllab-quvvatlaydilar va bu loyihani amalga oshirishda kerakli koʻmakni beradilar.

Oʻzbekistonning yana bir tashabbusi – Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkilotining maxsus kafedrasini Toshkent islom universiteti tarkibida tashkil etish bilan bogʻliqdir.

Yangi kafedra faoliyatining asosiy yoʻnalishini musulmon dunyosidagi taʼlim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini oʻrganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni oʻqish tashkil etishi mumkin boʻlur edi.

Hurmatli doʻstlar!

Mazkur anjumanimiz va sizlarning Oʻzbekistonga ushbu tashrifingiz davomida Vatanimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishishingiz turizm, gumanitar, ilmiy va boshqa sohalardagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Bu borada biz oʻz tomonimizdan tashkilotga aʼzo mamlakatlarning turistlari va vakillarini diyorimizga kelib-ketishi bilan bogʻliq rasmiyatchiliklarni soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻramiz.

Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak
Oltinchi. Ommaviy qirgʻin qurolini tarqatmaslik muammosi bugungi kunda eng keskin masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Oʻzbekiston 1993 yildayoq Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan. Mazkur tashabbus Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar tomonidan 2006 yilda imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashining doimiy beshta aʼzosi 2014 yilda imzolagan Kafolatlar toʻgʻrisidagi protokolda oʻzining amaliy ifodasini topgan.

Oʻzbekiston yadro qurolidan xoli hududlar koʻlamini izchil kengaytirish tarafdori va Yaqin Sharqda ham yadro qurolidan xoli hududni tashkil etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston tashkilotga aʼzo mamlakatlar va, umuman, musulmon olami xavfsiz va farovon davlatlarga aylanishiga ishonadi.

Muhtaram sessiya qatnashchilari!

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi xalqaro maydonda tashkilotimiz salohiyatini yanada mustahkamlash va uning obroʻsini oshirish, oldimizda turgan umumiy vazifalarni samarali hal etishga xizmat qilishiga ishonaman.

Registon, Samarqand - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Islom Karimov tugʻilgan shahar haqida nimalarni bilasiz?
Soʻzimni yakunlar ekanman, sizlarni Sharq durdonalaridan biri boʻlgan Samarqandga taklif etishdan mamnunman.

Samarqandda bebaho tarixiy-madaniy obʼyektlarni oʻz koʻzingiz bilan koʻrish, xalqimiz hayoti, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarimiz, oliy oʻquv yurtlarimiz faoliyati bilan bevosita tanishishingiz mumkin.

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishiga muvaffaqiyat tilayman.

Eʼtiboringiz uchun tashakkur.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala