Jamiyat

MDH tashqi ishlar vazirlari diniy konfessiyalar boʻyicha bayonot qabul qilishdi

Hujjatda diniy mansublik va eʼtiqodiga asoslangan holda ayrim shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, kuch ishlatish va terrorchilik harakatini amalga oshirish holatlari davom etayotganligi sababli xavotir bildirilgan

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. 6-7 aprel kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilish qatnashchilarini Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarshi oldi.

Yigʻilishga Rossiya tomoni raislik qildi. Rossiya tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi.

Unda shuningdek, Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov qatnashdi.

MDH davlatlari delegatsiyalari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldilar

Moldova tomonidan mamlakat tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri oʻrinbosari Lilian Dariy, Ozarbayjondan tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xalaf Xalafov, Turkmanistondan tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etishdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yoʻnalishlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi uning roli va oʻrnini koʻtarishni muhokama qildilar.

Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining barqaror rivojlanishini taʼminlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibiga koʻra MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan 15 ta hujjat koʻrib chiqildi. Ulardan 9 tasi Hamdoʻstlikning Davlat rahbarlari kengashi va may oyida boʻlib oʻtadigan Hukumat rahbarlari kengashiga muhokama uchun kiritiladi.

Rossiya TIV binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya TIV: MDH yigʻilishida terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan hujjatlar tasdiqlanadi

Hujjatlar Hamdoʻstlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi masalalarini qamrab oladi.

Ishtirokchilar xristian, musulmon va boshqa konfessiyalarni kamsitish va ularga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida Bayonotni qabul qildilar. Hujjatda diniy mansublik va eʼtiqodiga asoslangan holda ayrim shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, kuch ishlatish va terrorchilik harakatini amalga oshirish holatlari davom etayotganligi sababli xavotir bildirilgan.

Xristian, musulmon va boshqa konfessiya vakillariga nisbatan murosasizlik qilish, ularni kamsitish, kuch ishlatish hamda terrorchilik harakatlarining barcha koʻrinishlari qatʼiy qoralanadi. Tomonlar xalqaro hamjamiyatning mazkur yoʻnalishdagi pozitsiyalarini birlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlarni yanada olgʻa surish maqsadini bildirishdi.

TIV rahbarlari kvotalar taqsimoti, Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotib oʻrinbosarlarini va MDH bosh qarorgohidagi boshqa mansabdor shaxslarni kvota asosidagi amallarga tayinlash va almashtirish toʻgʻrisidagi MDH Ijroiya qoʻmitasining axborotini tingladilar.

Davlat rahbarlari kengashida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan MDH ishtirokchi davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi Kontseptsiyasi hamda jinoiy ishlarning moddiy dalillari boʻlgan narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, oʻqotar qurollar, ularning asosiy qismlari, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnoma loyihalari maʼqullandi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti MDH Ijroiya qoʻmitasi raisini qabul qildi

2018 yilda "Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti" Davlatlararo dasturini amalga oshirish, MDH mamlakatlarining qurolli kuchlari metrolog mutaxassislarini hamda moliyaviy tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha ayrim taʼlim va akademik muassalariga asosiy tashkilot maqomini berish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar TIVK yigʻilishining yuqori darajada tashkil etganligi va Toshkent shahrida oʻtkazilgan tadbir davomidagi anʼanaviy iliq mehmondoʻstlik uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirishdi. TIVK yigʻilishi doirasida ishtirokchi davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkazildi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi 2017 yilning 10 oktyabr kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala