Kolumnistlar

Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: Oʻzbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak

© AFP 2018 / SAUL LOEBZdaniye Pentagona
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Amerika tomoni bilan harbiy hamkorlik muayyan xavf-xatarga ega, chunki Vashington bir necha marta sheriklariga nisbatan keskin siyosiy oʻzgarishni namoyish etgan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. 2-6 aprel kunlari Amerika Qurolli Kuchlari Markaziy Qoʻmondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi (CENTCOM) boshligʻining oʻrinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi Pentagon delegatsiyasi Oʻzbekistonda tashrif bilan boʻldi. Daraja yetarlicha jiddiy. Taʼkidlash joizki, CENTCOM harbiy-texnik hamkorlikka kamroq, harbiy hamkorlikka esa koʻproq diqqatni qaratadi. Bu sohadagi loyihalardan biri – qandaydir bir “Osiyo NATOsi”ni tuzish AQSH ishtiyoqi.
Artilleristы armii Uzbekistana prodemonstrirovali novыe sposobы vedeniya ognya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
Analitika
Oʻzbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi
Amerikalik strateg va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasi va harbiy hamkorlikning holati, uning istiqbollarini muhokama qildi. Pentagon delegatsiyasi aʼzolari Samarqand shahridagi kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga va boshqa obʼyektlariga tashrif buyurdi.
Pentagonning respublikaga boʻlgan qiziqishi – azaldan va koʻp tomonlama. Oʻzbekiston armiyasi bir necha yildan buyon Markaziy Osiyodagi eng qudratli deb eʼtirof etib kelinadi va bu mintaqadagi harbiy-siyosiy voqealarni nazorat qilishga intilayotgan (hatto chegaradosh Afgʻonistondagi strategik magʻlubiyatidan keyin ham) hamda bu maydonda “oʻsib borayotgan” Rossiya va Xitoy taʼsiriga qarshi barcha imkoni bor usullar bilan kurashayotgan AQSH uchun muhimdir.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Analitika
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
Bu kurashda amerikaliklarning toʻsiqlari bor. Masalan, Moskva va Toshkentning harbiy va harbiy-texnika sohalardagi faol va oʻzaro manfaatli hamkorligi – mintaqa barqarorligini saqlash va milliy armiya qudratining eng asosiy omili. AQSH tashabbusni ilib ketishga intilmoqda. Shimoliy Amerika va Oʻzbekiston hududida turli aloqalar va qoʻshma harbiy manyovrlar bilan Vashington Toshkent bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlikni avvalgi darajasiga – 2000 yillar boshiga qaytarishga urinmoqda. U paytlar respublikada Amerika harbiy havo bazasi joylashgan edi (Xonobod). Va amerikaliklar oʻzini xuddi uylaridagidek his qilishgandi.
Kelajakda voqealar qanday rivojlanidan qatʼi nazar, amerikalik strateglarga bugun oson emas. Mustahkamlangan, suveren va pragmatik Oʻzbekiston Pentagon bilan doʻstlikdan yuqori umidlarga ega emas.

Barchasi Rossiya va Xitoyga qarshi kurash uchun

Vashingtonning tashqi siyosati ochiqchasiga Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan. AQShning yangi maʼmuriyati RFga “uzoq muddatli qamal” strategiyasini tanlagan. Bu Oʻzbekiston uchun nimani anglatadi?
Amerika harbiy nazariyati dushmanga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita kurashishni belgilaydi – Pentagon yoki Qoʻshma Shtatlarning ishongan ittifoqchilari (sheriklari) tomonidan kuch qoʻllanishiga qarab. Ustiga ustak urush olib borishning noharbiy usullari kundan kunga talabga boyga aylanmoqda.
AQSH Senatidagi eshituvlarda 25 mart kuni mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Kristofer Mayer dedi: “Maxsus operatsiyalar kuchlari buyuk davlatlar Xitoy va Rossiya chaqiriqlariga oʻz imkoniyatlari moslashuvida yuksalishga erishdi”. Maxsus operatsiyalar kuchlari qoʻmondoni general Richard Klark maxsus boʻlinmaning besh ming jangchisi dunyoning 62 ta mamlakatida borligi va Rossiya va Xitoyga qarshi kurashda markaziy rolni oʻynashiga aniqlik kiritdi. Avvalo – ruhiy operatsiyalarda faol ishtirok etish, chet el fuqarolarini “dushmanlarcha propaganda va yolgʻon xabarlarga” qarshi kurashish kurashiga jalb qilish (dushmanni Vashington koʻrsatadi). Amerikalik qonun chiqaruvchilar Maxsus operatsiyalar kuchlarining xorijdagi maxfiy operatsiyalarini kengaytirishni maʼqullashdi.
Hukmron Amerika elitasi Frederik Starr aqlidagi “Katta Markaziy Osiyo” kontseptsiyasiga koʻra, postsovet maydonidagi Markaziy Osiyoning beshta respublikasini Rossiya va Xitoydan “ajratib olmoq”, ularni Afgʻoniston va Pokiston bilan integratsiya qilish va Amerika taʼsiriga boʻysundirmoq zarur.
AQSH uchun mintaqa sheriklarining farovonligi ikkilamchi, lekin jamoat fikri inobatga olinadi. Pentagon ekspertlari tomonidan Markaziy Osiyoda oʻtkazilgan monitoring dalolat beradi: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda Rossiya Xitoy va AQShga qaraganda eng koʻp maʼqullanadi – respondentlarning 80 foizi.
Vertolet Airbus VVS Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Oʻzbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Vashington uchun bu muammo emas, rahbariyat esa harakatga kechadi. Shunday qilib, 2018 yilda Oʻzbekistonda 15 yil ichida birinchi “American Councils for International Education” “nohukumat tashkiloti” paydo boʻldi. U AQSH hukumati (Davlat departamenti) tomonidan moliyalashtiriladi. Shunga oʻxshash “boʻlajak yetakchilarni”, yaʼni taʼsir koʻrsatuvchi yosh agentlarni tayyorlash tizimi Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida faoliyat yuritadi.
Koʻp vektorli harbiy texnika hamkorligi Toshkentga turli mamlakatlardan qurol sotib olish imkonini beradi, va bu, Oʻzbekistonga kelgusida ham dunyo markaziy kuchlaridan uzoqlikda boʻlib, harbiy qudratini samarali kuchaytirishga imkon beradigandek. Soʻnggi yillarda Frantsiya Oʻzbekistonga 14 ta “Airbus Helicopters” kompaniyasining vertolyotini, Ispaniya toʻrtta yangi S-295W turbomurvatli harbiy-transport samolyotini, Bolgariya “Arsenal JSCo” kompaniyasining granomyotlar uchun oʻqlarini, Chexiya aviatsion radioelektron asbob-uskunasini yetkazib berdi. Harbiy taxnika sohasida sheriklarni tanlash – har bir suveren davlatning huquqi. Lekin shunga qaramay, Oʻzbekiston Amerika yoki NATO qurollarini xarid qilib, texnologiya va Gʻarbning oldindan aytib boʻlmaydigan tashqi siyosatining tobeligiga tushadi (2005-2009 yillardagi qurol embargosini yodga olamiz – Andijondagi voqealardan soʻng).
Boshqa tarafdan, Oʻzbekistonning NATO mamlakatlari bilan mudofaa hamkorligi faollashishi avtomatik ravishda Rossiya va KXSHTning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlikni cheklaydi. Bu esa rivojlanishning eng muhim yoʻnalishi.

Ishonchli yelka

Moskva oʻzini biror bir davlat dushmani qilib koʻrsatmaydi va “notoʻgʻri” harbiy texnika hamkorlik uchun sanktsiyalar bilan tahdid qilib, hech kimni Qoʻshma Shtatlar bilan dushman boʻlishga chaqirmaydi. Mutlaqo shaffof, qoʻshnilar va oʻzi manfaati uchun Rossiya Markaziy Osiyo yoʻnalishida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga intiladi. Bundan Rossiya va Oʻzbekiston bosh shtablari boshliqlarining Moskvadagi uchrashuvi va Rossiya QK minaga qarshi xalqaro markazidagi oʻzbekistonlik hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish dalolat beradi.
Rossiya ishonchli kollektiv xavfsizlik tizimini yaratishdan manfaatdor va deyarli koʻp narsalarni gʻarazsiz qiladi. AQSH va NATO missiyasining uzil-kesil qisqarganidan soʻng afgʻon terrorchilik guruhlari Rossiyaning janubiy chegaralariga ham tahdid solishlari mumkin axir. Oʻzbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi mustahkam pozitsiyalarining koʻpi Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlik tufayli yaratilgan.
Mejdunarodnыe rossiysko-indiyskiye ucheniya Indra - 2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Kolumnistlar
Nima uchun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkentga ichki Rossiya narxlarida jangovar va harbiy transport vertolyoti, zirhli texnika, oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni xarid qilish foydali. Oʻzbek armiyasi 12 ta shartnomaga koʻra yuqori manyovrli qiruvchi, Mi-35M vertolyot, radiolokatsion majmualarni oladi. 2020 yil oxiriga kelib oʻzbek armiyasi qurollanishidagilarini 27 foizini yangiladi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, Rossiya yetkazib berishi har turdagi sanktsiya yoki embargodan sugʻurtalangan.
Moskva Toshkentga professional ofitserlarni tayyorlashda ham yordam beryapti – Rossiya Mudofaa oliygohlarida 400 nafarga yaqin oʻzbek harbiylari tahsil olmoqda. Keyingi integratsiya va ikki mamlakat kollektiv mudofaa qobiliyatini takomillashtirish uchun asoslar bor. Hatto KXSHTning “xavfsizlik qubbasidan” tashqari Oʻzbekiston bu tashkilot aʼzolarining yordamiga umid qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala