Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: O‘zbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak

© AFP 2023 / SAUL LOEBZdanie Pentagona
Zdanie Pentagona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Amerika tomoni bilan harbiy hamkorlik muayan xavf-xatarga ega, chunki Vashington bir necha marta sheriklariga nisbatan keskin siyosiy o‘zgarishni namoyish etgan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. 2-6 aprel kunlari Amerika Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi (CENTCOM) boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Duk Pirak boshchiligidagi Pentagon delegatsiyasi O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ldi. Daraja yetarlicha jiddiy. Ta’kidlash joizki, CENTCOM harbiy-texnik hamkorlikka kamroq, harbiy hamkorlikka esa ko‘proq diqqatni qaratadi. Bu sohadagi loyihalardan biri – qandaydir bir “Osiyo NATOsi”ni tuzish AQSh ishtiyoqi.
Artilleristi armii Uzbekistana prodemonstrirovali novie sposobi vedeniya ognya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2020
O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi
Amerikalik strateg va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasi va harbiy hamkorlikning holati, uning istiqbollarini muhokama qildi. Pentagon delegatsiyasi a’zolari Samarqand shahridagi kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga va boshqa obyektlariga tashrif buyurdi.
Pentagonning respublikaga bo‘lgan qiziqishi – azaldan va ko‘p tomonlama. O‘zbekiston armiyasi bir necha yildan buyon Markaziy Osiyodagi eng qudratli deb e’tirof etib kelinadi va bu mintaqadagi harbiy-siyosiy voqealarni nazorat qilishga intilayotgan (hatto chegaradosh Afg‘onistondagi strategik mag‘lubiyatidan keyin ham) hamda bu maydonda “o‘sib borayotgan” Rossiya va Xitoy ta’siriga qarshi barcha imkoni bor usullar bilan kurashayotgan AQSh uchun muhimdir.
Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
Bu kurashda amerikaliklarning to‘siqlari bor. Masalan, Moskva va Toshkentning harbiy va harbiy-texnika sohalardagi faol va o‘zaro manfaatli hamkorligi – mintaqa barqarorligini saqlash va milliy armiya qudratining eng asosiy omili. AQSh tashabbusni ilib ketishga intilmoqda. Shimoliy Amerika va O‘zbekiston hududida turli aloqalar va qo‘shma harbiy manyovrlar bilan Vashington Toshkent bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlikni avvalgi darajasiga – 2000-yillar boshiga qaytarishga urinmoqda. U paytlar respublikada Amerika harbiy havo bazasi joylashgan edi (Xonobod). Va amerikaliklar o‘zini xuddi uylaridagidek his qilishgandi.
Kelajakda voqealar qanday rivojlanidan qat’i nazar, amerikalik strateglarga bugun oson emas. Mustahkamlangan, suveren va pragmatik O‘zbekiston Pentagon bilan do‘stlikdan yuqori umidlarga ega emas.

Barchasi Rossiya va Xitoyga qarshi kurash uchun

Vashingtonning tashqi siyosati ochiqchasiga Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan. AQShning yangi ma’muriyati RFga “uzoq muddatli qamal” strategiyasini tanlagan. Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
Amerika harbiy nazariyati dushmanga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita kurashishni belgilaydi – Pentagon yoki Qo‘shma Shtatlarning ishongan ittifoqchilari (sheriklari) tomonidan kuch qo‘llanishiga qarab. Ustiga ustak urush olib borishning noharbiy usullari kundan kunga talabga boyga aylanmoqda.
AQSh Senatidagi eshituvlarda 25-mart kuni mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Kristofer Mayer dedi: “Maxsus operatsiyalar kuchlari buyuk davlatlar Xitoy va Rossiya chaqiriqlariga o‘z imkoniyatlari moslashuvida yuksalishga erishdi”. Maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondoni general Richard Klark maxsus bo‘linmaning besh ming jangchisi dunyoning 62 ta mamlakatida borligi va Rossiya va Xitoyga qarshi kurashda markaziy rolni o‘ynashiga aniqlik kiritdi. Avvalo – ruhiy operatsiyalarda faol ishtirok etish, chet el fuqarolarini “dushmanlarcha propaganda va yolg‘on xabarlarga” qarshi kurashish kurashiga jalb qilish (dushmanni Vashington ko‘rsatadi). Amerikalik qonun chiqaruvchilar Maxsus operatsiyalar kuchlarining xorijdagi maxfiy operatsiyalarini kengaytirishni ma’qullashdi.
Hukmron Amerika elitasi Frederik Starr aqlidagi “Katta Markaziy Osiyo” konsepsiyasiga ko‘ra, postsovet maydonidagi Markaziy Osiyoning beshta respublikasini Rossiya va Xitoydan “ajratib olmoq”, ularni Afg‘oniston va Pokiston bilan integratsiya qilish va Amerika ta’siriga bo‘ysundirmoq zarur.
AQSh uchun mintaqa sheriklarining farovonligi ikkilamchi, lekin jamoat fikri inobatga olinadi. Pentagon ekspertlari tomonidan Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan monitoring dalolat beradi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda Rossiya Xitoy va AQShga qaraganda eng ko‘p ma’qullanadi – respondentlarning 80 foizi.
Vertolet Airbus VVS Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
O‘zbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Vashington uchun bu muammo emas, rahbariyat esa harakatga kechadi. Shunday qilib, 2018-yilda O‘zbekistonda 15-yil ichida birinchi “American Councils for International Education” “nohukumat tashkiloti” paydo bo‘ldi. U AQSh hukumati (Davlat departamenti) tomonidan moliyalashtiriladi. Shunga o‘xshash “bo‘lajak yetakchilarni”, ya’ni ta’sir ko‘rsatuvchi yosh agentlarni tayyorlash tizimi Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida faoliyat yuritadi.
Ko‘p vektorli harbiy texnika hamkorligi Toshkentga turli mamlakatlardan qurol sotib olish imkonini beradi, va bu, O‘zbekistonga kelgusida ham dunyo markaziy kuchlaridan uzoqlikda bo‘lib, harbiy qudratini samarali kuchaytirishga imkon beradigandek. So‘nggi yillarda Fransiya O‘zbekistonga 14 ta “Airbus Helicopters” kompaniyasining vertolotini, Ispaniya to‘rtta yangi S-295W turbomurvatli harbiy-transport samolyotini, Bolgariya “Arsenal JSCo” kompaniyasining granomotlar uchun o‘qlarini, Chexiya aviatsion radioelektron asbob-uskunasini yetkazib berdi. Harbiy taxnika sohasida sheriklarni tanlash – har bir suveren davlatning huquqi. Lekin shunga qaramay, O‘zbekiston Amerika yoki NATO qurollarini xarid qilib, texnologiya va G‘arbning oldindan aytib bo‘lmaydigan tashqi siyosatining tobeligiga tushadi (2005-2009 yillardagi qurol embargosini yodga olamiz – Andijondagi voqealardan so‘ng).
Boshqa tarafdan, O‘zbekistonning NATO mamlakatlari bilan mudofaa hamkorligi faollashishi avtomatik ravishda Rossiya va KXShTning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlikni cheklaydi. Bu esa rivojlanishning eng muhim yo‘nalishi.

Ishonchli yelka

Moskva o‘zini biror bir davlat dushmani qilib ko‘rsatmaydi va “noto‘g‘ri” harbiy texnika hamkorlik uchun sanksiyalar bilan tahdid qilib, hech kimni Qo‘shma Shtatlar bilan dushman bo‘lishga chaqirmaydi. Mutlaqo shaffof, qo‘shnilar va o‘zi manfaati uchun Rossiya Markaziy Osiyo yo‘nalishida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga intiladi. Bundan Rossiya va O‘zbekiston bosh shtablari boshliqlarining Moskvadagi uchrashuvi va Rossiya QK minaga qarshi xalqaro markazidagi o‘zbekistonlik hamkasblar bilan o‘zaro tajriba almashish dalolat beradi.
Rossiya ishonchli kollektiv xavfsizlik tizimini yaratishdan manfaatdor va deyarli ko‘p narsalarni g‘arazsiz qiladi. AQSh va NATO missiyasining uzil-kesil qisqarganidan so‘ng afg‘on terrorchilik guruhlari Rossiyaning janubiy chegaralariga ham tahdid solishlari mumkin axir. O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi mustahkam pozitsiyalarining ko‘pi Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy texnika hamkorlik tufayli yaratilgan.
Mejdunarodnie rossiysko-indiyskie ucheniya Indra - 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkentga ichki Rossiya narxlarida jangovar va harbiy transport vertoloti, zirhli texnika, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni xarid qilish foydali. O‘zbek armiyasi 12 ta shartnomaga ko‘ra yuqori manyovrli qiruvchi, Mi-35M vertolot, radiolokatsion majmualarni oladi. 2020-yil oxiriga kelib o‘zbek armiyasi qurollanishidagilarini 27 foizini yangiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, Rossiya yetkazib berishi har turdagi sanksiya yoki embargodan sug‘urtalangan.
Moskva Toshkentga professional ofitserlarni tayyorlashda ham yordam berapti – Rossiya Mudofaa oliygohlarida 400 nafarga yaqin o‘zbek harbiylari tahsil olmoqda. Keyingi integratsiya va ikki mamlakat kollektiv mudofaa qobiliyatini takomillashtirish uchun asoslar bor. Hatto KXShTning “xavfsizlik qubbasidan” tashqari O‘zbekiston bu tashkilot a’zolarining yordamiga umid qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0