Kolumnistlar

Rus-tojik qoʻshma harbiy mashqlar – Afgʻonistondagi jihodchilarga ogohlantirish

© SputnikRossiysko-tadjikskiye ucheniya na poligone Faxrabad
Rossiysko-tadjikskiye ucheniya na poligone Faxrabad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
AQSH va NATO qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan terroristik guruhlarning shimolga kengayishi, "Islom amirligi"ning Markaziy Osiyo davlatlariga oʻtishi ehtimoli kuchaymoqda.
Rossiya va Tojikiston tahdidlarni obʼyektiv baholab, Afgʻoniston chegarasi yaqinida qoʻshma harbiy amaliyotlarni amalga oshirmoqda.
19-23 aprel kunlari tojik-afgʻon chegarasidan 30-80 kilometr masofada joylashgan Harb-Maydon, Sambuli, Momirak poligonlarida 201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Respublikasi qurolli kuchlarining 3500 nafardan ortiq harbiy xizmatchisi ishtirokida manevrlar oʻtkazilmoqda.
Kuchlar va vositalar aksilterror operatsiyasining keng koʻlamli epizodlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Mashqda 400 donagacha qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika, jumladan Su-25SM hujum samolyotlari, Mi-24 hujum vertolyotlari, Mi-8 harbiy transport vertolyotlari, T-72 tanklari, BMP-2M piyoda jangovar transport vositalari, BTR-82A zirhli transport vositalari, “Grad", "Uragan" otishma raketa tizimlari, "Gvozdika" va "Akatsiya" oʻziyurar artilleriya qurollari jalb qilingan. Maqsadli razvedkani “Orlan-10”, “Granat” va “Leyer” pilotsiz uchar qurilmalar guruhi taʼminlamoqda.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Rossiyaning Su-25SM hujum samolyotlari, Mi-24 va Mi-8 zarba va jangovar transport vertolyotlar quruqlikda qoʻshinlarni havodan qoʻllab-quvvatlaydi. Tojikiston qurolli kuchlaridan 2ta L-39 samolyoti va 2tadan Mi-24, Mi-8 vertolyoti jalb qilingan. Bir vaqtning oʻzida osmonda 10 donadan ortiq samolyot parvoz qiladi, ular havo hujumlari bajarish, desant qoʻshinlarni yetkazish va kolonnalarni kuzatib borish vazifalarini mashq qiladi.
Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilari razvedka va shartli raqibni harakatini aniqlash yoʻllarini izlash mashqlarini bajarishdi. Rejalashtirish, boshqarish va oʻzaro aloqalar masalalari ishlab chiqilmoqda. Qoʻshma mashqlarni Markaziy harbiy okrug (RF) qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshqarmoqda, bu tadbirning strategik ahamiyatga ega boʻlganligidan dalolat beradi.
Ayni paytda qoʻshni Afgʻonistonda “Tolibon”* yutuqlari fonida "Islom davlati"* va boshqa oʻnlab terroristik guruhlar faollashmoqda. Oʻtgan hafta ayniqsa tashvish uygʻotdi. Jangovar harakatlar soni oshdi, ularda 120 nafar askar va politsiyachi, 20 nafardan ortiq tinch aholi halok boʻldi. 48 nafar jangari oʻldirildi.

Harbiy mashqlar mazmuni

Armiya aviatsiyasi koʻmagida noqonuniy jangovar guruhlarni oʻrab olish va yoʻq qilish operatsiyasi bir vaqtning oʻzida bir nechta Tojikiston poligonlarida bajarildi. Tank, artilleriya, razvedka, muhandislik boʻlinmalarining xizmatchilari belgilangan hududlarga marsh amalga oshirishdi, koʻchma qoʻmondonlik punktlari tashkil etilib, hujum aviatsiyasi, artilleriyadan foydalangan holda jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarishga kirishdilar. Mashq qatnashchilarning uchdan ikki qismi 201-Rossiya harbiy bazasi mutaxassislari.
Qoʻshinlarni boshqarish "Strelets" razvedka, nazorat va kommunikatsiya kompleksi yordamida, razvedka moslamalari, maqsadni belgilash bilan, shuningdek, radiolokator va dronlar yordamida amalga oshiriladi. Mashqlarning asosiy maqsadi - qoʻshinlarning topshiriqlarni bajarishga tayyorligini tekshirish, mutaxassislarning tayyorgarlik darajasi, texnik tayyorligi va qurol-yarogʻ bilan jihozlangan boʻlinmalarni baholash.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Kolumnistlar
“Tolibon”* qanday qilib Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini haydab chiqarmoqda
Afsonaga koʻra, "Orlan" va "Forpost" dronlari razvedkachilar bilan hamkorlikda noqonuniy jangovar guruh tomonidan chegaradan oʻtganini aniqladi va koordinatalarni qoʻmondonlik punktiga yetkazdi.
REB manevr guruhi raqibning radioelektron vositalarini blokirovka qildi.
Guruh qoʻmondonligi zirhli texnika yordamida bir vaqtning oʻzida zarba aviatsiyasi, artilleriya va motooʻqchi boʻlinmalaridan foydalanib, shartli dushmanni yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mi-8MTV vertolyotlari dushmanning qochish yoʻlllarini minalashtirdi. Artilleriya shartli dushmanni "oʻt qopi"da yoʻq qildi. Mi-24 vertolyotlari qolgan jangarilariga qarata soʻnggi havo hujumini amalga oshirdi.
Chegara yaqinida qoʻshinlarni joylashtirishga doimiy tayyor boʻlish - Tojikiston xavfsizligi uchun zarur shartdir. Aprel oyidagi manevrlar - 2021 yildagi keng koʻlamli harbiy mashqlarning boshlanishi. Anʼanaga koʻra, respublika RF Mudofaa vazirligi va KXSHT qoʻshma shtabining diqqat markazida.
Tojikiston hududida bir qator mashqlar rejalashtirilgan: "Poysk-2021" razvedka kuchlari va vositalari bilan, "Eshelon-2021" moddiy-texnika taʼminotini shakllantirish. Shuningdek, "Vzaimodeystviye-2021" KXSHTning Kollektiv tezkor kuchlari bilan qoʻshma mashqlar. Manevrlar davomida qoʻshinlar bir nechta operatsiyalarni - chegaradagi qurolli mojaroni lokalizatsiya qilishdan tortib, mojarodan keyin zarar koʻrgan davlat hududida tartibga solishgacha. Bu yilgi KXSHT mashgʻulotlarining deyarli yarmi Tojikistonda boʻlib oʻtadi. Bunday faollik ortiqcha emas, Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat murakkab.

Havotirli statistika

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Pentagon va NATO ittifoqchilari chiqib ketganidan keyin Afgʻoniston kelajagi borasida hech qanday kafolatlar yoʻqligini aytdi.
Soʻnggi yillarda amerikaliklar “Tolibon”ga qarshi kurash olib borisha olmadi, va istak ham yoʻq edi, faqat Rossiya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlarga nisbatan geosiyosiy "toʻgʻrilab turish" uchun - Markaziy Osiyodagi afgʻon platsdarmini ushlab turishga harakat qilishdi.
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Kolumnistlar
Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: Oʻzbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak
Biroq “Tolibon” jangarilari AQSH rejalarini chippakka chiqardi. Afgʻoniston Islom Respublikasining shimoliy viloyatlari islamistlar tufayli tobora "qaynoq" boʻlmoqda. Qoʻshni davlatlar nima boʻlayotganini xavotir bilan kuzatmoqda.
Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani 16 aprel kuni xorijiy qoʻshinlar olib chiqib ketilgandan keyin mamlakat halokatga uchramasligini aytdi, chunki faqat kuchishlatar boʻlinma va HHKda 40 mingga yaqin afgʻon xizmat qilmoqda.
Ammo AQSH va NATO uchun eng yaxshi paytlarda Afgʻonistonda 200 minggacha chet el qoʻshinlari boʻlgan, ular “Tolibon”ni magʻlub eta olmaydigan. 2020 yil fevral oyida AQSH bilan tinchlik bitimi tuzilganidan beri “Tolibon” hujumlar sonini 24 foizga oshirdi.
Oʻtgan hafta jangovar harakatlarning birida - Tojikiston bilan chegaradosh Torgundi shahrida – “Tolibon” 2 afgʻon chegarachisini oʻldirdi. Ertasi kuni, 12 aprelda Mozori Sharif shahri (Tojikiston chegarasidan 50 km uzoqlikda) yaqinida 2 afgʻon askari oʻldirildi.
Shimoliy chegaradagi Balx viloyatida, 13 aprel kuni “Tolibon” jangarilari 10 nafar afgʻon askarini oʻldirdi va 5 nafar harbiy xizmatchini asirga oldi. Shu kunning oʻzidaAfgʻoniston shimolidagi Badaxshon viloyatida jangarilar afgʻon chegarachisini otib oʻldirishdi. 15 aprel kuni chegaradagi Qunduz viloyatida “Tolibon” bilan otishmada 6 nafar afgʻon askari halok boʻldi. Bunday raqamlar va faktlar hukumat kuchlarining Afgʻonistondagi terroristik guruhlarga samarali qarshi turishga qodir emasligi va jihodchilar tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlariga tahdidlar kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
* Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala