Kolumnistlar

Rossiya HDF strategik koʻpayishi: toʻrtta submarina va ikkita korvet 9 mayga rejalashtirildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishKorabli Baltiyskogo flota v Kaliningrade
Korabli Baltiyskogo flota v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Harbiy dengiz kuchlarini rivojlantirish dunyoda eng uzoq dengiz chegaralariga ega boʻlgan Rossiya uchun davlat ahamiyatiga ega ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda.
Harbiy kemasozlikning barqaror oʻsish dinamikasi dengiz va okean yoʻnalishlaridagi zamonaviy tahdidlarga toʻliq javob berib Rossiya Harbiy dengiz kuchlariga miqdoriy tarkibi, jangovar samaradorligi va yuqori texnologik qurollarga boyligi bilan dunyoda yetakchi pozitsiyani saqlab qolishga imkon beradi.
Rossiyada keyinchalik ommaviy ishlab chiqarishga oʻtish sharti bilan yirik jangovar kemalar hajmlari oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 9 mayga qadar RFda yangi oltita jangovar kemalar qurilishiga start beriladi: "Sevmash"da – strategik ahamiyatga ega boʻlgan "Borey-A" loyihasining ikkita atom suvosti kreyserlari ("Dmitriy Donskoy" va "Knyaz Potyomkin"), "Admiralteyskix verfyax"da – 636.3 loyihasining ikkita dizel-elektrik suvosti kemalari – "Mojaysk" va "Yakutsk" (Tinch okeani floti uchun oltinchi va yettinchi "Varshavyankalar"), Amur kemasozlik zavodida esa – 20380 loyihasining ikkita korveti (hozircha nomga ega emas).
Avianosets Admiral Kuznetsov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2016
Dunyoda
"Admiral Kuznetsov" qanday xizmat qilayotgani namoyish etildi
"Sevmash"da Borey-A loyihasining toʻrtta strategik suvosti kemalari allaqachon turli bosqichda tayyor holatda turishibdi; "Yasen-M" loyihasining koʻpnishonli atom suvosti kemalari - "Voronej" va "Vladivostok" qurilishi davom etmoqda (ushbu loyihaning sakkizta gipertovushli raketa tashuvchilari quriladi)loyiha), Xabarovsk suvosti kemasida ishlar olib borilmoqda, "Belgorod" atom suvosti kreyserining sinovlari oʻtkazilmoqda.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Eslatib oʻtaman, Rossiya HDF 2020 yilda qariyb qirqta jangovar kemalar va taʼminot kemalari bilan toʻldirilgan edi. Jangovar safga 955A "Borey" loyihasining eng yangi "Knyaz Vladimir" strategik suvosti raketa tashuvchisi; 636.3 (Tinch okeani floti uchun) "Petropavlovsk-Kamchatskiy" submarinasi, 22350 loyihasining birinchi seriali fregati "Admiral flota Kasatonov" va (ikkalasi ham Shimoliy flot uchun) 11711 loyihasining yirik "Petr Morgunov" desant kemasi, 12700 loyihasining minalarga qarshi mudofaa uchun eng yangi kema "Yakov Balyayev" (seriyada beshinchi va Tinch okeani floti uchun birinchi), 20385 loyihasining bosh korveti - "Gremyaщiy", korvet "Aldar Tsыdenjapov" (seriyada yettinchi va TOF uchun uchinchi), 22800 loyihasi uchun kichik "Odintsovo" (Baltflot uchun uchinchi) raketa kemasi. 2020 yilning xotimasida esa Tinch okeani floti uchun 636.3 loyihasining uchinchi va toʻrtinchi "Varshavyankalar"i qurilishiga start berildi.
"Boreylar"ning maqsadlari
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan raketa suvosti kreyserlari (RPKSN) "Dmitriy Donskoy" va "Knyaz Potyomkin" Rossiya yadroviy triadasining dengizdagi mavqeini kuchaytiradi.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Bu kemalar flotga 2026 va 2027 yillarda topshiriladi. "Borey"lar oʻz bortida uzoqligi 8 ming kilometrgacha boʻlgan "Bulava" mintaqalararo ballistik raketalarini tashishadi (har bir MBR 150 kilotonn quvvatga ega boʻlgan oʻntagacha bloklarga ega). RF strategik suv osti kuchlarining qayta yangilanishi – bu yadroviy jilovlash va milliy xavfsizlikni taʼminlash asosidir.
Rossiya HDF tarkibida uchta strategik "Borey"lar bor – bular "Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax", ularning har biri 16tadan mintaqalararo ballistik raketalarga ega. Seriyaning keyingi kemalari yanada koʻproq MBRlarga ega boʻlishlari mumkin (farqli xarakteristikalari aytilmayapti). RF Mudofaa vazirligi HDFga jami oʻnta "Borey"larni yetkazib berishni rejalashtirgan.
"Varshavyanka"ning oʻzgacha pocherki
"Varshavyanka" oilasining dizel-elektrik suvosti kemalari favqulodda yashirinliligi uchun NATOda "Tinch okeanidagi qora tuynuk" nomini olgan. Ushbu submarinalar - eng yangi inertsial navigatsiya majmuasi va avtomatlashtirilgan axborot-boshqaruv tizimiga, qudratli torpeda-raketa quroli, xususan, yuqori aniqlilikka ega raketalar bilan qurollangan. 636.3 loyihasining suvosti kemalari seriyali qurilishi juda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.
Nыryayuщiy patrulnыy korabl Straj - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Kolumnistlar
Shoʻngʻuvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi
Zamonaviy "Varshavyanka" suv osti va suv ustidagi nishonlarni yoʻq qilish maqsadida oʻz bortida 18 torpeda va 24 minalarni va, eng muhimi, "Kalibr" qanotli raketalarini tashiydi. Military Watch nashrining yozishicha, "Varshavyanka"lar salohiyati Rossiya hududiy suvlari va mamlakat qirgʻoqlarini ishonchli himoyalash imkonini beradi. Hatto noyadroviy qurol bilan bitta submarina AQSH HDKning ikkita aviatashuvchi zarba guruhlarini hech qanday jazo olmasdan yoʻq qila oladi.
Sababi, uning akustik majmuasi samaradorligi (aniqlanish masofasi) "sheriklarning" xuddi shunday imkoniyatlarini uch karra ortiqdir.
Rossiyaning oltita "Varshavyankasi" Qora dengizda ehtimoliy dushmanning harakatlari yoki manevrlarini toʻliq blokirovka qilishga qodir.
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Video
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni choʻchitib yubordi
636.3 loyihasidagi submarinaning suv osti holatidagi tezligi – 20 uzelgacha. Harakatlanish radiusi (navbatchiligi) – 2000 mil. Avtonomligi – 45 sutka. Suv osti kemasining gabaritlari (uzunligi 73 m, kengligi 10 m, suvga botishi 6,2 m) bu uning sayozliklarda yashirinishiga imkon yarata oladi.
Suvga botish maksimal chuqurligi – 300 metr. Elektr stantsiyasi va ekipaj (52 kishi) uchun havo taʼminoti jihatidan Varshavyanka suv ostida 260 soatgacha yuzaga chiqmay qola olishi mumkin. Samarali va ishonchli harbiy texnika. Rossiyada ishlab chiqarilgan 636 va 636M loyihalari submarinalarini chet el harbiy-dengiz kuchlari (Xitoy - 10 dona, Vyetnam - 6 dona, Jazoir - 4 dona) faol ravishda xarid qilishayotgani bejizdan emas.
Zarba yetmaydigan korvetlar
Rossiyada yaqin dengiz zonasining 20380, 20385 va 20386 3-rang kemalari loyihalari faol taraqqiy etmoqda. Bu korvetlar (ilgariroq ular qorovul kemalari deb nomlangan) boʻlib, ularning suv sigʻimi 2000 – 3000 tonnagacha. Jumladan, 20385 va 20386 – 20380 versiyasining oʻta ilgarilab ketgan va murakkab versiyalaridir. Xususan, 20385 loyihasida "Redut" zenit raketa majmuasi jangovar komplekti 12dan 16 yacheykagacha koʻpaytirilgan, kemalarga qarshi X-35 "Uran" raketalari 8ta "Kalibr-NK" majmuasi raketalari bilan almashtirilgan va istiqbolda kema "Tsirkon" gipertovushli raketalari bilan jihozlanishi mumkin.
Yadroviy kuch: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida strategik mashq oʻtkazdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2020
Video
Yadroviy uchlik: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida mashq oʻtkazdi
Kemalarga qarshi raketa majmuasini ikkita 30 mmli (daqiqasiga 21 kilometr masofaga 80 ta oʻq uzadigan) AK-630M artilleriya uskunalari, "Kortik-M" zenit raketa-artilleriya majmuasi va mobil "Igla" ZRKlari juda uygʻun tarzda toʻldirib turadi.
Torpedalarga qarshi himoya tizimi "Paket-NK" majmuasida ifoda topgan (330-mmli torpeda apparatlarini raqibning suv usti kemalari va suv osti kemalariga qarshi qoʻllash mumkin). Suv osti kemalarini aniqlab, yoʻq qilish uchun korvetda Ka-27PL paluba vertoleti nazarda tutilgan. Korvet bortida shuningdek turli radiotexnik qurol-aslahalar mavjud. 20380 loyihasi kemalarining eng muhim jihatlaridan biri bu koʻpqavatli kompozitsiya materiallaridan "stels" texnologiyasi boʻyicha bajarilgan ustqurmadir.
Tezligi - 27 uzelgacha. Masofa – 3500 mil. Avtonomligi 15 sutka. Ekipaj 99 kishi.
Raketnыy esminets  SSHA Donald Kuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Analitika
Amerikaning “Donald Kuk” kemasi Qora dengizda “yoʻq qilindi”
Korvetlarning maqsadi - davlatning yaqin dengiz zonasida patrulni amalga oshirish, dushman kemalari va suvosti kemalariga qarshi kurash, qirgʻoq nishonlariga qarshi raketa va artilleriya zarbalarini berish va desant operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash. Bunday kemalar Boltiqboʻyi, Qora va boshqa dengizlarda doim talabgir boʻladi.

Bugungi kunda armiyada va dengiz flotida zamonaviy qurollarning ulushi 70 foizdan oshadi. Albatta, bu chegara emas. Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi dunyoda oʻxshashi boʻlmagan, Gʻarb ishlanmalaridan oʻnlab yillarga ilgarilab ketgan qurollarni yaratishga imkon bergan ilmiy-texnikaviy inqilobni amalga oshirdi.

Zamonaviy koʻpqutbli dunyoda yuqori texnologik qurollar tizimi Rossiyani haqiqatan suveren va yengilmas kuchga aylantirmoqda. Rossiya HDF tezkor-strategik birlashmalari: Shimoliy, Tinch okeani, Boltiq va Qora dengiz flotlari, shuningdek, Kaspiy flotiliyasi – tegishli regional yoʻnalishlarda milliy dengiz siyosati masalalarini hal etishmoqda. Flotlarning miqdoriy va sifat tarkibi Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy yoʻnalishdagi tahdidlariga mos keladigan darajada saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala