Kolumnistlar

Oʻlik mavsum: Yevropa Rossiya tufayli milliardlab dollar yoʻqotdi

© AP Photo / Bob EdmeDevushka na beregu Atlanticheskogo okeana v Sen-Jan-de-Lyuz, Frantsiya
Devushka na beregu Atlanticheskogo okeana v Sen-Jan-de-Lyuz, Frantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Yevroittifoqi imkon qadar turistlar uchun tezroq ochilishga intilmoqda. Ammo hali ham Rossiya vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazishga shoshilmayapti.
Demak, bu yil ham oʻtgan yili kabi, rossiyaliklar sarf qilishi mumkin boʻlgan oʻnlab milliardni yoʻqotadi. Mehmonxona va otel rahbarlari kelajakdagi pul yoʻqotishlarni hisoblab chiqayotgan vaqtda Yevropa regulyatorlari Moskva oʻzining geosiyosiy taʼsirini kuchaytiradi, deb hadiksiramoqda. Germaniyada ular siyosatni unutishni va byurokratik rasmiyatchiliklarga tezda barham berishni maʼqul koʻrishdi - yozda “Sputnik V” yetkazib berilishi kutishgan edi.

Vaqtni choʻzishmoqda

Garchi “Sputnik V” rasmiy ravishda dunyoning 46 davlatida tan olingan boʻlsa-da, ular orasida faqat ikkita Yevropa davlatlari - Vengriya va Slovakiya bor. Yevropa tibbiyot agentligi (EMA) Dori-darmonlarni tibbiy maqsadlarda foydalanish boʻyicha qoʻmitasi 4 mart kuni Rossiya vaktsinasining roʻyxatga olish hujjatlarini izchil ekspertizadan oʻtkazishni boshladi. Ammo masala joyidan siljimadi.
Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Dunyoda
WSJ: Yevropa AQShdan Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqarishga shoshmaslikni soʻramoqda
Moskva ular ataylab kechiktirishmoqda, degan fikrga amin boʻldi. Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin taʼkidlaganidek, YEMA bu borada "Yevropa Ittifoqining yuqori idoralaridan signallar" oldi.
Mart oyida Reuters agentligiga koʻra, YEI Rossiya preparatini yetkazib berishga "istalmagan rejimning propadanda harakati sifatida" qarshilik qilmoqda. Garchi patent olinmagan vaktsinalarni sotib olish taqiqlanmagan.
Gʻarbiy ekspertlar fevral oyidanoq Moskva va Pekinning "vaktsina diplomatiyasi" haqida gapira boshladilar. Rossiya va Xitoy dunyo boʻylab geosiyosiy taʼsirini kengaytirish uchun oʻz preparatlarini sotish va ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar tuzadi, deb hisoblashmoqda YEIda.
Biroq, Reuters diplomatik va rasmiy manbalarga asoslanib xabar berishicha, yevropaliklar asta-sekin "Sputnik ekspansiyasi"ga razm solishni boshlashgandi. Axir 450 million kishi emlanishi kerak-ku, vaktsinalar esa yetarli emas.

Iqtisodiy zararni hisoblashdi

YEI davlatlari emlangan sayyohlar uchun chegarani ochmoqda, ammo rossiyaliklar – odatga koʻra eng saxiy turistlardan biri - ular orasida yoʻq. Yevropa bozori bundan mamnun emasligi aniq.
BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) maʼlumotlariga koʻra, 2014 yilgi iqtisodiy inqirozdan oldin rossiyaliklar har yili chet elda 50 milliard dollardan koʻproq mablagʻ sarflashgan, bu koʻrsatkich bilan birinchi beshlikka kirishgan.
Kompressornыe stantsii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Analitika
Rossiya va AQSH Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim toʻldiradi
Pandemiyagacha boʻlgan yana bir tadqiqot - Visa Global Travel Intentions maʼlumotlariga koʻra, rus sayohatchisi chet elda taʼtilga oʻrtacha 1 676 dollar, yevropalik esa 1174 dollar sarflaydi. Prognozlarga koʻra yaqin ikki yil ichida oʻrtacha koʻrsatkich 36 foizga - 2443 dollarigacha oshishi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyadan kelgan sayyohlar besh foizga koʻproq, Saudiya Arabistonidan oʻnga kamroq xarajat qilishadi, yevropaliklar esa byudjetni beshdan biriga qisqartiradi.
Ammo 2020 yilda bozor bu pullarni koʻrmadi, hammasini pandemiya yutib yubordi. Jahon turizmidagi oʻtgan yilgi yoʻqotishlar - butun tarixdagi eng rekord darajani koʻrsatdi. Daromad 1,3 trillion dollarga kamaydi, bu 2009 yildagi inqirozga qaraganda 11 baravar koʻp, deya taʼkidladi UNWTO.
Xususan, Yevropaga sayyohlar oqimi 70 foizga kamaydi. U yerda sayohatlar sonining maksimal darajada pasayishi - 500 mln.

Siyosat haqida unutish

Ajablanarli joyi yoʻq, bu soha yoʻqotilgan foydani qaytarishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi ijrochi direktorining soʻzlariga koʻra, turizmning misli koʻrilmagan zararini iloji boricha tezroq qoplash kerak. Shuning uchun har qanday mamlakatdan kelgan fuqarolarga, agar ular BSST va YEMA tomonidan tasdiqlangan vaktsina bilan emlangan boʻlsa kirishga ruxsat berish tavsiya etildi. Hozircha roʻyxatda Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson va AstraZeneca. Navbatda - Xitoyning Sinovac vaktsinasi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Rossiyaliklar va Yevropa sayyohlik sanoatining “Sputnik V”ni qabul qilishga boʻlgan umidlari oqlanadimi - bu ochiq savol. Bu yil Yevropa mehmonxonalari va restoranlari saxiy rossiyalik mehmonlarsiz ishlashga toʻgʻri keladi.
Eng ajablanarli tomoni - YEI ishonchli va xavfsiz vaktsinani sotib olishga tayyor. Biroq, Bryussel bunga yoʻl qoʻymayapti. Yorqin misoli - Germaniya. Aprel oyida Bavariya bosh vaziri Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan “Sputnik V”ni sotib olish toʻgʻrisida memorandum imzolagandi. Birinchi partiya iyul oyida kutilgan edi, endi esa kamida kuzgacha kutishlari kerak. Bavariya bosh vaziri Yevroittifoqi rasmiylarini ushbu preparatni iloji boricha tezroq tasdiqlash va siyosiy sabablarga koʻra protsedurani kechiktirmaslikka chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala