Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrif dasturidan qanday tadbirlar oʻrin olgan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJiteli Tursunzade torjestvenno vstretili Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Jiteli Tursunzade torjestvenno vstretili Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Tadbirlar yakunida Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning muhim sohalarini qamrab olgan 30 dan ziyod hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif dasturida Dushanbe shahrida ikki tomonlama tadbirlar – rasmiy kutib olish marosimi, tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar, ijtimoiy obʼyektlar ochilishi va ikki tomonlama hujjatlar imzolanishiga bagʻishlangan onlayn marosimlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Koʻp qirrali sheriklikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni belgilash hamda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi. Prezidentlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashadilar.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari Tojikiston poytaxtida qoʻshma madaniy tadbirlarda ishtirok etadilar, Soʻgʻd viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, qator sanoat obʼyektlari bilan tanishadilar.
Tadbirlar yakunida Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning muhim sohalarini qamrab olgan 30 dan ziyod hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshiradigan tashrifidan nimalar kutilmoqda
Tashrif arafasida birinchi Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvi oʻtkaziladi.
Maʼlum qilinishicha, oʻzaro savdo hajmi bir necha barobar ortib, oʻtgan yili 500 million dollardan oshgan, 200 dan ortiq qoʻshma korxona tashkil etilgan. Gumanitar sohada faol almashinuvlar, hududlar oʻrtasida samarali aloqalar amalga oshirilmoqda.
Premyer-ministrы Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala