Siyosat

Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari

© POOL / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvlar "yaxshi" oʻtganini aytdi
TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan muzokaralar yaxshi oʻtganini maʼlum qildi.
"Yaxshi", - dedi Putin muzokaralar boʻlib oʻtgan villadan chiqar ekan jurnalistlarning savollariga javoban.
Rossiya yetakchisi shuningdek, ikkala davlat elchilari oʻz faoliyatiga qaytishlari mumkinligini aytdi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj
"Aynan qachonligi - ertami, indin - bu texnik xarakterdagi masaladir", — dedi Putin.
Eʼlon qilingan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov va AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan iyun oyi oxiriga qadar oʻz ishlariga qaytishlari kutilmoqda.

Ukraina haqida

Putinning aytishicha, Rossiyaning Ukraina boʻyicha majburiyati bitta - u ham boʻlsa Minsk kelishuvlarini amalga oshirish. Agar Kiyev shunga tayyor boʻlsa.

Navalnыy haqida

Putinning aytishicha, Navalnыy ongli ravishda qoʻlga olinish uchun harakat qilgan.
"Birinchidan, u odam qonunni buzayotganini bilar edi va bu ishni ongli ravishda amalga oshirgan", - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiyadagi tizimdan chetda boʻlgan muxolifat haqida toʻxtalar ekan, Vladimir Putin AQSH Rossiyani oʻz dushmani va raqibi sifatida eʼlon qilganini aytdi. "Agar Rossiya AQSH uchun dushman ekan, u holda Vashington Rossiyada Moskvaning rivojlanishini tiyib turadigan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlaydi", dedi Putin.

Rossiyadagi harbiy mashgʻulotlar haqida

Putin Rossiyada oʻtkazilayotgan harbiy uchrashuvlar tufayli AQSH xavotirlari borasida fikr bildirdi.
Rossiya harbiy mashgʻulotlarni oʻz hududida oʻtkazadi, xuddi AQSH singari, ammo oʻz texnikasini amerika chegarasiga tashiyotgani yoʻq, dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
Emblema NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Kolumnistlar
NATO sammitining qoʻrqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda
"Biz mashgʻulotlarni oʻz hududimizda oʻtkazayapmiz, xuddiki Qoʻshma Shtatlar oʻz hududida koʻplab mashgʻulotlarni oʻtkazayotgani singari. Lekin biz Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat chegaralariga oʻz texnikamiz va shaxsiy tarkibimizni tashigan holda mashgʻulotlar oʻtkazgan emasmiz. Afsuski, bizning amerikalik sheriklarimiz bu ishni aynan hozirning oʻzida amalga oshirishmoqda. Shu bois, bu borada amerika tomoni emas, balki Rossiya tomoni tashvish tortishi kerak", - dedi Putin.

Kiberhujumlar borasidagi ayblovlar toʻgʻrisida

Goʻyoki Rossiya tomonidan boʻlayotgan kiberhujumlar toʻgʻrisidagi savolga javob berar ekan, Putin keng jamoatchilikka maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni keltirib oʻtdi.
"Amerika manbalari maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha eng koʻp kiberhujumlar AQSH kibermaydonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi oʻrinda - Kanada keladi. Soʻngra - lotin Amerikasining ikki mamlakati. Va shundan soʻng Buyuk Britaniya. Turli xildagi kiberhujumlar uyushtiriladigan mamlakatlar roʻyxatida Rossiya yoʻq".
Rabota IT- spetsialista za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2020
Dunyoda
Kiberhujumlarning 75 % AQSH tomonidan nazorat qilinadi - Xavfsizlik Kengashi
Rossiya yetakchisining taʼkidiga koʻra, ular Bayden bilan birgalikda kiberxavfsizlik boʻyicha maslahatlashuvlarni boshlab yuborish borasida kelishib olishgan. Putinning aytishicha, Rossiya 2020 yilda AQShdan xakerlik hujumlari haqida oʻnta soʻrov olgan va barchasiga javob qaytargan. Oʻz navbatida, Vashington oʻtgan yil davomida Moskva tomonidan yoʻllangan 45ta soʻrovning birontasiga javob qaytarmagan.
RF va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydennning tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari umumiy hisobda 4,5 soat davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala