Kolumnistlar

AQSH Turkiyaga Qobulni topshirdi: toliblar qanday munosabat bildiradi?

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqarilgach, Qobulda qoldirilgan turk boʻlinmalari "bor zarbani" oʻziga chaqirishi muqarrar. Chunki ular AQSH va "Tolibon" oʻrtasidagi tinchlik bitimini buzib, Islom respublikasida yangi jangovar harakatlar avj olishiga sharoit yaratadi
Turk-afgʻon mojarosi Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda turbulentlikni yuzaga keltirishi, va hatto, Shimoliy atlantika alyansining "ikkinchi kelishi" sababiga aylanishi mumkin.
Vertoletы koalitsii NATO v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarning yarmidan koʻpi chiqarilgani haqida bayonot berdi
AQSH va Turkiya prezidentlari Jozef Bayden va Rajab Toyib Erdoʻgʻan AQSH va NATO qoʻshinlari chiqib ketganidan keyin Qobul aeroportini qoʻriqlashga kelishib olishdi. Bu haqda Oq Uy tomonidan 17 iyun kuni tarqatilgan bayonotda aytildi. Mamlakatning asosiy havo bandargohi xavfsizligini sentyabrdan keyin Afgʻonistonda qoladigan Turkiya qoʻshinlari tomonidan taʼminlanadi. Bunga parallel ravishda alyans Turkiya, AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari tomonidan Qatar hududida afgʻon spetsnazlarini tayyorgarlikdan oʻtkazish imkoniyati ustida ishlamoqda.

RF TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova payshanba kuni Afgʻonistonda turk harbiy kontingentining saqlanib qolishi Doxada tuzilgan bitimga zidligi va afgʻonlararo milliy yarashuvga imkon qoldirmasligi haqida bayonot qilgan edi. Bu yerda gap 2000-4000 turk askarlari haqida bormoqda.
Sal avval Afgʻoniston hukumatining turk tomoni bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi. Prezident Erdogʻan AQSH va NATO kuchlari Afgʻonistondan chiqarilgach, u yerda stabillikni saqlab turuvchi "yagona ishonchli mamlakat" Turkiya ekanligi haqida gapirdi.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar AQSH va ittifoqdoshlar tomonidan tegishli (katta) miqdordagi moliyalashtirish va moddiy taʼminot amalga oshiriladigan taqdirda Afgʻoniston Islom Respublikasi poytaxti aeroportini muhofaza qilish imkoniyati haqida axborot berdi. Shuni alohida aytishim kerak-ki, Qobul aeroporti ulkan boʻlib, katta shahar "ichida" joylashgan va uning xavfsizligini taʼminlash - oʻta murakkab boʻlgan vazifadir.
Kabul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Dunyoda
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini taʼminlaydi
Toliblar chet el qoʻshinlari toʻliq chiqarilishini talab qilishmoqda, Turkiya ham NATO aʼzosi ekanligini eslatishmoqda, yaʼni turklar bosqinchi sifatida olib qaralmoqda. Xorijiy derjavalar Afgʻonistonda oʻz qurolli kuchlari qoldirilishiga boʻlgan umiddan voz kechishlari kerakligi qayd etilgan.
Ekspertlar bildirgan fikrga koʻra, Islom respublikasida turk harbiy kontingentning boʻlishi Qobul aeroporti va AQSH elchixonasi xavfsizligiga xizmat qilishdan ham koʻra, Erdogʻanning buyuk Usmoniylar imperiyasini qayta tiklash orzusiga koʻproq xizmat qiladi. Bu oraliqda esa Afgʻonistondagi portlashga yaqin vaziyat yanada koʻproq degradatsiya qilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari neytralitetni saqlab qolishi darajasi oʻta past.

Mintaqaviy hamkorlik

Afgʻoniston va Qozogʻiston 18 iyun kuni harbiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Hujjatni Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev va Afgʻoniston milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulla Mohib imzoladilar. Kelishuv mushtarak harbiy mashqlar oʻtkazilishi, harbiy kadrlarni tayyorlashni, moddiy-texnik koʻmak, ikki mamlakat razvedka xizmatlarining oʻzaro hamkorligi va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni koʻzda tutadi.
Afgʻoniston-Qozogʻiston oʻrtasida harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi kelishuv fonida AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning Nur-Sultonga tashrifi kun tartibi ancha oydinlashdi. Xalilzod Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan Afgʻonistonda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan Qozogʻiston-Amerika kengaytirilgan strategik sherikligi rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisida muzokaralar olib borgan edi.
Amerikanskiye voyennыe na ucheniyax NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Dunyoda
NATO Afgʻonistondan qoʻshin olib chiqilgandan soʻng kelgusi rejalari haqida maʼlum qildi
Avvalroq Hirotda Afgʻoniston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Muhammad Hanif Atmar va Rashid Meredov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar bir qator qoʻshma iqtisodiy loyihalarni muhokama qildilar (TAPI, Eron Islom Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib berish, temir yoʻl qurilishi, Hirotdan Turkmanistonga marmar eksporti) va bu ikki mamlakat oʻrtasida rivojlanib borayotgan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni istisno qilmaydi. Afgʻoniston TIV rahbari, jumladan, Ashxobodga Turkmaniston hududida Qobul va "Tolibon"* oʻrtasida muzokaralar oʻtkazishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston janubiy qoʻshninikida tinch hayot oʻrnatilishida yetakchi rollardan birini oʻynamoqchi va oʻtgan haftada Afgʻonistonga pandemiyaga qarshi kurashish uchun minglab kislorod ballonlarini tortiq etdi. Toshkent Afgʻoniston xavfsizligi - bu Oʻzbekiston xavfsizligidir, deya hisoblaydi. Shu sababli, Qobul va "Tolibon"* rahbariyati bilan aloqalar oʻrnatilgan. Toliblar taʼsirini Oʻzbekiston tomoni voqealar qanday rivoj topishidan qatʼiy nazar hisobga olmoqchi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 18-19 iyun kunlari Turkiyada boʻlib oʻtayotgan diplomatik forumda boʻlib turibdi va u yerda katta ehtimol bilan afgʻon muammolari muhokama etiladi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden 15 iyun Kuni Jenevada boʻlib oʻtgan sammitda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishgan edi. Amerika yetakchisi terrorizm tiklanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Rossiya Federatsiyasiga "Afgʻonistonda yordam berishga" tayerligini taʼkidladi. Avvalroq AQSH va NATO kuchlarining Afgʻonistondan chiqib ketishi fonida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu "ehtimoliy tahdidlarni hamkorlikda qaytarishni rejalashtirish" maqsadida Tojikiston va Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi.

Terroristik tahdidlar

Afgʻonlararo tinchlik muzokaralari boshi berk koʻchaga kirgan. AQSH va NATO qoʻshinlarining 1 maydan chiqib ketishi Afgʻonistonda terrorchilar shafqatsizligi hamda jangovar harakatlarni kuchaytirdi, xolos, kuch idoralarining oylik yoʻqotishlari yuzlab kishilarni tashkil etmoqda - aprel oyida 388 kishi, may oyida esa - 1134 askar va politsiyachilar halok boʻlishdi. Toliblar qurol-yarogʻ va texnika (shu jumladan ogʻir artilleriya)ga ega bir qancha harbiy bazalarni bosib oldilar.

Afgʻoniston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Turkmaniston bilan chegaradosh boʻlgan Faryob provintsiyasida toliblar bilan jangovar toʻqnashuvlarda 21 nafar afgʻon maxsus kuchlari halok boʻlgan, va yana 15 nafar kuch vakillari dom-daraksiz ketgan. "Tolibon"* jang qilgan, harbiy xizmatchilar va oddiy odamlarni oʻldirgan holda gʻalabaga va davlat hokimiyatini egallashga intilmoqda.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston qoʻshnilarini oʻz hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Sal avval Nangarxar provintsiyasida besh nafar poliomiyelitga qarshi vaktsina qiluvchi mutaxassislar oʻldirilgan edi. Afgʻoniston Islom Respublikasida - toliblar oʻqlari ostida boʻlsa ham, mart oyi oxirida vaktsinalash ishlari boshlab yuborilgan, va 34 provintsiyada 9,6 million nafar bola vaktsina bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Dunyoda
Afgʻonistonda 10 nafar ingliz-amerikalik mina qidiruvchilari oʻldirildi
Tojikistonga eng yaqin joylardan biri - shimoliy-sharqiy Bagʻlon viloyatida, 9-iyun kuni toliblar minalardan tozalash bilan shugʻullanuvchi Britaniya-Amerika HALO Trust notijorat tashkilotining 10 nafar xodimini oʻldirdilar. Hujum uchun javobgarlikni "ID"* jangarilari oʻz zimmasiga oldi.

Turkiya va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlar uzoq va yaxshi tarixga ega sanaladi, shuning uchun Islom Respublikasidagi turk qoʻshinlari allaqanday metafizik tarzda davlat xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash, Janubiy va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan aloqalar rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Garchi shunday boʻlsa-da, turk missiyasining muvaffaqiyati va Afgʻonistondagi xavfsizlik darajasi hozircha toliblarning yovuz irodasi va chet el qoʻshinlari evakuatsiyasi tezligiga bogʻliq, deb hisoblanadi.
* – RF va qator davlatlarda taʼqiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala