AQSh Turkiyaga Qobulni topshirdi: toliblar qanday munosabat bildiradi?

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgach, Qobulda qoldirilgan turk bo‘linmalari "bor zarbani" o‘ziga chaqirishi muqarrar. Chunki ular AQSh va "Tolibon" o‘rtasidagi tinchlik bitimini buzib, Islom respublikasida yangi jangovar harakatlar avj olishiga sharoit yaratadi
Turk-afg‘on mojarosi Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda turbulentlikni yuzaga keltirishi, va hatto, Shimoliy atlantika alyansining "ikkinchi kelishi" sababiga aylanishi mumkin.
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarning yarmidan ko‘pi chiqarilgani haqida bayonot berdi
AQSh va Turkiya prezidentlari Jozef Bayden va Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh va NATO qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin Qobul aeroportini qo‘riqlashga kelishib olishdi. Bu haqda Oq Uy tomonidan 17-iyun kuni tarqatilgan bayonotda aytildi. Mamlakatning asosiy havo bandargohi xavfsizligini sentabrdan keyin Afg‘onistonda qoladigan Turkiya qo‘shinlari tomonidan ta’minlanadi. Bunga parallel ravishda alyans Turkiya, AQSh va Buyuk Britaniya kuchlari tomonidan Qatar hududida afg‘on spesnazlarini tayyorgarlikdan o‘tkazish imkoniyati ustida ishlamoqda.

RF TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova payshanba kuni Afg‘onistonda turk harbiy kontingentining saqlanib qolishi Doxada tuzilgan bitimga zidligi va afg‘onlararo milliy yarashuvga imkon qoldirmasligi haqida bayonot qilgan edi. Bu yerda gap 2000-4000 turk askarlari haqida bormoqda.
Sal avval Afg‘oniston hukumatining turk tomoni bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Prezident Erdog‘an AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqarilgach, u yerda stabillikni saqlab turuvchi "yagona ishonchli mamlakat" Turkiya ekanligi haqida gapirdi.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar AQSh va ittifoqdoshlar tomonidan tegishli (katta) miqdordagi moliyalashtirish va moddiy ta’minot amalga oshiriladigan taqdirda Afg‘oniston Islom Respublikasi poytaxti aeroportini muhofaza qilish imkoniyati haqida axborot berdi. Shuni alohida aytishim kerak-ki, Qobul aeroporti ulkan bo‘lib, katta shahar "ichida" joylashgan va uning xavfsizligini ta’minlash - o‘ta murakkab bo‘lgan vazifadir.
Kabul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlaydi
Toliblar chet el qo‘shinlari to‘liq chiqarilishini talab qilishmoqda, Turkiya ham NATO a’zosi ekanligini eslatishmoqda, ya’ni turklar bosqinchi sifatida olib qaralmoqda. Xorijiy derjavalar Afg‘onistonda o‘z qurolli kuchlari qoldirilishiga bo‘lgan umiddan voz kechishlari kerakligi qayd etilgan.
Ekspertlar bildirgan fikrga ko‘ra, Islom respublikasida turk harbiy kontingentning bo‘lishi Qobul aeroporti va AQSh elchixonasi xavfsizligiga xizmat qilishdan ham ko‘ra, Erdog‘anning buyuk Usmoniylar imperiyasini qayta tiklash orzusiga ko‘proq xizmat qiladi. Bu oraliqda esa Afg‘onistondagi portlashga yaqin vaziyat yanada ko‘proq degradatsiya qilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari neytralitetni saqlab qolishi darajasi o‘ta past.

Mintaqaviy hamkorlik

Afg‘oniston va Qozog‘iston 18-iyun kuni harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Hujjatni Qozog‘iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev va Afg‘oniston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Mohib imzoladilar. Kelishuv mushtarak harbiy mashqlar o‘tkazilishi, harbiy kadrlarni tayyorlashni, moddiy-texnik ko‘mak, ikki mamlakat razvedka xizmatlarining o‘zaro hamkorligi va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni ko‘zda tutadi.
Afg‘oniston-Qozog‘iston o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuv fonida AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning Nur-Sultonga tashrifi kun tartibi ancha oydinlashdi. Xalilzod Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan Afg‘onistonda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan Qozog‘iston-Amerika kengaytirilgan strategik sherikligi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida muzokaralar olib borgan edi.
Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
NATO Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqilgandan so‘ng kelgusi rejalari haqida ma’lum qildi
Avvalroq Hirotda Afg‘oniston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Muhammad Hanif Atmar va Rashid Meredov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bir qator qo‘shma iqtisodiy loyihalarni muhokama qildilar (TAPI, Eron Islom Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib berish, temir yo‘l qurilishi, Hirotdan Turkmanistonga marmar eksporti) va bu ikki mamlakat o‘rtasida rivojlanib borayotgan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni istisno qilmaydi. Afg‘oniston TIV rahbari, jumladan, Ashxobodga Turkmaniston hududida Qobul va "Tolibon"* o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston janubiy qo‘shninikida tinch hayot o‘rnatilishida yetakchi rollardan birini o‘ynamoqchi va o‘tgan haftada Afg‘onistonga pandemiyaga qarshi kurashish uchun minglab kislorod ballonlarini tortiq etdi. Toshkent Afg‘oniston xavfsizligi - bu O‘zbekiston xavfsizligidir, deya hisoblaydi. Shu sababli, Qobul va "Tolibon"* rahbariyati bilan aloqalar o‘rnatilgan. Toliblar ta’sirini O‘zbekiston tomoni voqealar qanday rivoj topishidan qat’iy nazar hisobga olmoqchi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 18-19 iyun kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan diplomatik forumda bo‘lib turibdi va u yerda katta ehtimol bilan afg‘on muammolari muhokama etiladi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden 15-iyun Kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishgan edi. Amerika yetakchisi terrorizm tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Rossiya Federatsiyasiga "Afg‘onistonda yordam berishga" tayerligini ta’kidladi. Avvalroq AQSh va NATO kuchlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu "ehtimoliy tahdidlarni hamkorlikda qaytarishni rejalashtirish" maqsadida Tojikiston va O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Terroristik tahdidlar

Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirgan. AQSh va NATO qo‘shinlarining 1-maydan chiqib ketishi Afg‘onistonda terrorchilar shafqatsizligi hamda jangovar harakatlarni kuchaytirdi, xolos, kuch idoralarining oylik yo‘qotishlari yuzlab kishilarni tashkil etmoqda - aprel oyida 388 kishi, may oyida esa - 1134 askar va politsiyachilar halok bo‘lishdi. Toliblar qurol-yarog‘ va texnika (shu jumladan og‘ir artilleriya)ga ega bir qancha harbiy bazalarni bosib oldilar.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Farob provinsiyasida toliblar bilan jangovar to‘qnashuvlarda 21 nafar afg‘on maxsus kuchlari halok bo‘lgan, va yana 15 nafar kuch vakillari dom-daraksiz ketgan. "Tolibon"* jang qilgan, harbiy xizmatchilar va oddiy odamlarni o‘ldirgan holda g‘alabaga va davlat hokimiyatini egallashga intilmoqda.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
“Tolibon”* Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Sal avval Nangarxar provinsiyasida besh nafar poliomiyelitga qarshi vaksina qiluvchi mutaxassislar o‘ldirilgan edi. Afg‘oniston Islom Respublikasida - toliblar o‘qlari ostida bo‘lsa ham, mart oyi oxirida vaksinalash ishlari boshlab yuborilgan, va 34 provinsiyada 9,6 million nafar bola vaksina bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Afg‘onistonda 10 nafar ingliz-amerikalik mina qidiruvchilari o‘ldirildi
Tojikistonga eng yaqin joylardan biri - shimoliy-sharqiy Bag‘lon viloyatida, 9-iyun kuni toliblar minalardan tozalash bilan shug‘ullanuvchi Britaniya-Amerika HALO Trust notijorat tashkilotining 10 nafar xodimini o‘ldirdilar. Hujum uchun javobgarlikni "ID"* jangarilari o‘z zimmasiga oldi.

Turkiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar uzoq va yaxshi tarixga ega sanaladi, shuning uchun Islom Respublikasidagi turk qo‘shinlari allaqanday metafizik tarzda davlat xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash, Janubiy va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan aloqalar rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Garchi shunday bo‘lsa-da, turk missiyasining muvaffaqiyati va Afg‘onistondagi xavfsizlik darajasi hozircha toliblarning yovuz irodasi va chet el qo‘shinlari evakuatsiyasi tezligiga bog‘liq, deb hisoblanadi.
* – RF va qator davlatlarda ta’qiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0