Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya taʼlim sifatini baholashda hamkorlikni rivojlantirishga kelishdi

© Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi Taʼlim inspektsiyasi va Rossiya Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi
Taʼlim inspektsiyasi va Rossiya Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Shuningdek, yoshlarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish koʻnikmalari, 21-asr koʻnikmalarini baholashning asosiy vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashtirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Taʼlim inspektsiyasi va Rossiya Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Joriy yilning 22 iyun kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Siyosat
Moskvadagi yigʻilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi
Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida Oʻzbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning navbatdagi ikkinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida oʻtgan yigʻilishda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va Rossiyaning Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Memorandumga Oʻzbekiston tomonidan Taʼlim inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Rossiya tomonidan Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati rahbari Anzor Muzayev imzo chekdi.
Mazkur hujjatga binoan tomonlar taʼlim sifatini baholash, taʼlim tizimini monitoring qilish sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishdan oʻzaro manfaatdorligini hisobga olib, taʼlim sifatini oshirishni koʻzlab oʻzaro anglashuvga kelishgan. Tomonlar ushbu hamkorlikka uzoq muddatli va konstruktiv tus berishga harakat qiladilar.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov
Ushbu memorandum doirasida mamlakatlar oʻrtasida taʼlim sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlanish va rejalashtirish boʻyicha toʻplangan tajribalar, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy ishlanmalarni rivojlantirishga doir axborotlarni almashish, taʼlimning barcha darajalari boʻyicha taʼlim sifatini baholash sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim tizimlarini oʻzaro oʻrganish, shu jumladan taʼlim sifatini baholash tizimlarini qiyosiy tahlil qilish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Tomonlar oʻzaro manfaatlaridan kelib chiqib, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro dasturlarda ikki mamlakat mutaxassislarining ishtirokini qoʻllab-quvvatlaydi.
Mazkur kelishuv doirasida, xalqaro mavzuiy forumlar, konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar va koʻrgazmalar tashkil etish hamda taʼlim sifatini baholash muammolari boʻyicha ilmiy-uslubiy, axborot materiallar almashish koʻzda tutilgan.
Qayd etish lozimki, Taʼlim inspektsiyasi faoliyatining dastlabki kunlaridan, 2017 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fanni nazorat qilish federal xizmati, Fan va oliy taʼlim hamda Maorif vazirliklari bilan oʻrnatilgan yaqin hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.
Soveщaniye po sovershenstvovaniyu sistemы vыsshego obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Jamiyat
Oliy taʼlim sifati bozor talabiga javob bermaydi – prezident
2019 yil 30 mayda Urganch shahrida imzolangan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni ishlab chiqish va imzolash hamkorlik aloqalarining ilk amaliy natijasi boʻldi.
Ushbu bitim ikki mamlakat fuqarolari uchun taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bilan bogʻliq jarayonlarni chetlab oʻtgan holda oʻqishni davom ettirishlariga imkon yaratdi. Bu esa yoshlarning akademik harakatchanligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Moskva shahrida imzolangan memorandum esa taʼlim jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solishda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, taʼlim muassasalarini attestatsiya-akkreditatsiyadan oʻtkazish, chet davlatlarda oʻqib-olingan diplomlarni tan olish jarayonlarini soddalashtirish, nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, taʼlim jarayonlari ijrochilari uchun koʻrsatmalar, uslubiy qoʻllanmalar yaratish kabi qator ishlarni bajarishda yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan.
Taʼkidlash joizki, qisqa vaqt ichida Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarining 12 filiali tashkil etilgan. Oʻzbekiston Taʼlim inspektsiyasi Rossiyaning Taʼlim boʻyicha milliy akkreditatsiya agentligi bilan ushbu filiallarni litsenziyalash va akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha faol hamkorlik qilib qilmoqda.
Bundan tashqari, PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik boʻyicha yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Iqtisod
OTB Oʻzbekistonda STEM taʼlimni rivojlantirishga 100 million dollar ajratadi
2019 yil boshidan boshlab, rossiyalik ekspertlar ishtirokida Moskva, Toshkent va Samarqand shaharlarida trenerlar tayyorlash va 3000 nafardan ortiq pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar va konferentsiyalar tashkil etib kelinmoqda. Pandemiya sharoitiga qaramasdan Jahon bankining READ dasturi koʻmagida oʻzbekistonlik oʻqituvchilar uchun onlayn oʻquvlar olib borilgan.
Har ikki tomon mutaxassislari bilan birgalikda xalqaro tadqiqotlar, umumtaʼlim tashkilotlari uchun oʻquvchilarning kompetentsiyalarini baholashning oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan, 4 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma ishlab chiqilgan va maktablarga yetkazib berilgan.
Bu boradagi rejalar sifatida Oʻzbekiston READ dasturining uchinchi bosqichida qatnashishi, PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, seminarlar oʻtkazish va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish orqali hamkorlikni davom ettirish belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish koʻnikmalari, raqamli, funktsional va moliyaviy savodxonlik, muloqot va hamkorlikni baholash va rivojlantirish, 21-asr koʻnikmalarini baholashning asosiy vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashtirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala