Analitika

Sakson yil avval mamlakat jangga kirishgandi, Gʻalaba qozonishini bilgan holda

© Sputnik / Anatoliy GaraninObucheniye boytsov pered otpravkoy na front
Obucheniye boytsov pered otpravkoy na front - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Yelena Karayeva ... Shartli “Dormund” soʻzi yangradi, va Germaniya bosqinchisining ogʻir, poʻlat bilan chaqnagan, dahshatga soluvchi zarbasi bizning yaqinlarimiz, buvilarimiz, oyilarimiz, otalarimiz, bobolarimiz uxlab yotgan osuda qishloqlar, shaharchalar, maydonlar, oʻrmonlar, maysazorlarga yogʻildi.
Zarba ularga berildi.
Yaʼni bizga. Hammamizga.
Hammamizga 80 yil oldin oʻsha paytdagi kontinental “birlashgan Yevropa” kuchi yopirildi.
SSSRga uni ham Frantsiyaning mashinasozlik zavodi, ham Norvegiyaning poʻlat quyish sanoati qoʻllab quvvatlagan vermaxt armiyasi hujum qildi, Belgiya SS batalonlari qurol yetkazib bergan, havoga Ruminiya aviatsiyasi koʻtarilgan, buyruqlarni esa Gitler zobitlari, jumlalan, Xorvatiya harbiy boʻlinmalariga ham bergan.
Qoʻshinlarga matbuotni ham qoʻshishgan. Gitlerning propaganda mashinasini tanklar va samolyotlarga qaraganda kam boʻlmagan sinchkovlik bilan yigʻishgan.
Proyektsiya s nadpisyu «Spasibo» na russkom, angliyskom, frantsuzskom i nemetskom yazыkax, Berlin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Kolumnistlar
Ikkinchi jahon urushining afsona va asotirlari
Radiomurojaatni oʻqib turib Yozef Gebbels “1941 yil 22 iyun kuni Yevropa bolshevik Rossiya Sovetiga zarba berishni ahd qilganini” taʼkidladi.
Jumladan, Berlin vermaxt va natsizm gʻalaba qozonishiga shubha qilmagandi.
Ammo “rus javobi” oʻzini kuttirib qoʻymadi.
Bu Konstantin Simonov tomonidan yoʻllangan kichik xatida yangragan, bu barchamiz bilgan sochi oqargan front yozuvchisi emas, balki “Krasnaya zvezda”ning yosh, oʻshanda 25 yoshli harbiy muxbiri tomonidan yozilgan.
Simonov Gʻarbiy frontga Ulugʻ Vatan urushi boshlangandan keyin besh kun oʻtib keldi, keyinchalik u harbiy yodnomalarida chegarachi zobit bilan boʻlgan suhbatdan bir parcha keltiradi. U aytadi: “Maʼlumotga egamanki, zastavalardagi menikilarning bari halok boʻlgan. Oxirgi odam qolguncha jang qilishdi va u yerda boʻlganlarning hammasi halok boʻldi. Oilam esa u yerda, Grayev yaqinlarida. Xotinim, ikki bolam, oyim va singlim. Dunyoda jamiki nima boʻlsa, bari u yerda”.
Deyarli xuddi oʻsha kuni, 29 iyun, “Barbarossa” rejasi mualliflaridan biri, general Galder, kundaligida yozadi: “Frontdagi maʼlumotlar tasdiqlaydiki, ruslar hamma yerda oxirgi odamigacha jang qilmoqda”.
Biroq, albatta, oʻz boshligʻiga Galder gʻalaba nomalarini yoʻllagan.
Simonov keyinchalik qayd etdi: “U yerda ularning ayrimlar keyin nima yozishlariga qaramay, urushdan soʻng, oʻshanda ularning hech birining aqliga ular tomonidan Sharqiy frontda “toʻliq tor-mor etilgan” Sovet armiyasi qachondir Germaniya hududiga qadam qoʻyadi, degan fikr kelmagan edi, albatta”.
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Siyosat
Kamilov Ulugʻ Vatan urushining 80 yilligi arafasida sheʼr oʻqidi – video
Natsistlar Leningradni qamal qilishdi, qahramon shagʻar aholisi oʻlgan bolalarga changʻilarda tashidi, Berlin komendanti general Berzarin esa Gʻalabadan soʻng kichik berlinliklarni emladi va nemis bolalari oʻz vaqtida sut olishlari toʻgʻrisida buyruq berdi.
80 yil oldin boshlangan urush 1418 kun davom etdi. Bu vaqt ichida xalqimiz qancha yoʻllarni bosib oʻtdi: Maydanek va Osventsim krematoriy pechlari, Krakovning barbod boʻlishdan qutqarish, Drezden galereyasini suv bosishidan omon saqlash. Hamisha insoniylik qadriyatlari ustun ekanini taʼkidlab keldi.
Pragmatik Yevropa ularni zudlik tortib olib, “oʻzining umumiy qadriyatlari” deb atadi.
Yevropa oʻzini ozod qilib, ehtiros bilan urbi et orbi “Endi hech qachon” deya vaʼda berib, zudlik bilan boshqa urushlarga boshini suqdi.
U Shimoliy va Gʻarbiy Afrikadagi mustaqillik tarafdorlari bilan jang qildi. U Hindixitoyda jangovar harakatlarni olib bordi.
Keyin esa Yugoslaviyaning navbati keldi (“Miloshevich diktaturasi va serblar zulmi”ga qarshi kurash doirasida, bu taʼriflarni hammamiz eslaymiz).
Keyin yana oʻn yil oʻtib Ukrainaning navbati koʻrindi.
Avvaliga urush boshlashning birinchi urishiga qoʻl urilgandi, yana oʻn yil oʻtib ikkinchisiga. Ham birinchi, ham ikkinchi holatlarda, 2004 va 2013-2014 yillarda, nafrat muhiti yaratilgan edi – boshqalarga nisbatan.
Yugoslaviya mojarosi vaqtidagi kabi, zudlik bilan natsist simpatizantlar bosh koʻtardi, Gitlay malaylari va harbiy jinoyatchilar “ozodlik va mustaqillik kurashchisi” va “Rossiya taʼsiridan xalos qiluvchilar” boʻlishdi.
Keling, avvalo oʻzimizga aytamiz, ota-bobolarimiz, yaqinlarimiz, vatandoshlarimiz jasorastini oyoq osti qilishga urinish, ularni “millionlab zoʻrlangan nemis ayollari”, “eshalon-eshalon oʻljalar” va “oʻgʻirlangan sanʼat kollektsiyalari” haqidagi hikoyalar bilan niqoblash umumiy genetik kodimizni yoʻq qilishning usulidir. Unda oʻzgartirilgan birgina hujayra, butun organizm saratonini keltirib chiqaradi.
Tashkent pomnit: na Volgogradskom kladbiщe pochtili geroyev Velikoy Otechestvennoy
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Video
Toshkentda Ulugʻ Vatan urushi qahramonlari xotirasi yod olindi
Keling, oxir-oqibat anglaylik, “Rossiya militarizmi” haqidagi bu barcha ayyuhannoslar – shunchaki aql bovar qilmas ishni bajargan – uning oldida butun Yevropa tiz choʻkkan natsizm belini sindirgan mamlakatga boʻlgan hasaddir.
Jang maydonlarida halok boʻlgan, yaralangan, oʻldirilgan, qullikka oʻgʻirlangan, kontslagerlarga joʻnatilgan, azob-uqubatlarga giriftor qilingan, otib tashlangan va osib oʻldirilganlar yodga olib, ular Gʻalaba yoʻlida behuda qurbon boʻlmaganliklarini takrorlaylik.
Biz ularning oʻzlarini qurbon qilishlari sabab tirikmiz, bugun bu qurbonlikni tasavvur qilish amri mahol.
Bizning xotira va dardu alamimiz ular uchun umumiy yodgorlik boʻldi.
Manba: RIA Novosti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala