Siyosat

Pandemiyada Oʻzbekistonda saylov qanday oʻtkaziladi - Guliston hujjati haqida tafsilotlar

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishJenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda Oʻzbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Guliston shahrida "Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi" mavzusida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Konferentsiyaning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YEXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Pyer fon Arks, BMTTDning Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻafurjon Mirzayev soʻzga chiqdi.
Vыborы v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Siyosat
Prezident saylovlari: saylovoldi jarayoniga qachon start beriladi?
Akademik Saidov taʼkidlaganidek, zamonaviy dunyoda erkin va adolatli saylovlar demokratlashtirish jarayonining hal qiluvchi omili va xalq irodasini ifoda etuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Zero, saylovlar jamiyatning siyosiy hokimiyatini yagona, ajralmas, davlat hokimiyatiga aylantirishga xizmat qiladi.
Soʻnggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonda davlat va jamiyatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha jadal va keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugungi kunda mamlakat demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy milliy saylov tizimiga ega.
Konferentsiya oʻz ishini uchta shoʻʼbada davom ettirdi.
Birinchi shoʻʼba – “Fuqarolarning saylov huquqlari va siyosiy partiyalarning prezident saylovida ishtirokini taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston tajribasi” deb nomlangan. Unda Davlat va huquq instituti, Oliy sud, shuningdek mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya rahbarlari oʻzaro fikr almashdilar.
Kak golosovali uzbekistantsы v Sankt-Peterburge na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda prezident sayloviga qancha mablagʻ ajratiladi
Ikkinchi shoʻʼba – “Fuqarolar saylov huquqlari taʼminlanishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: xalqaro va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzuida ish olib bordi. Bunda YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, BMTTD, MDH Parlamentlararo Kengashining saylov masalalari boʻyicha ekspertlarining fikrlari tinglandi.
Uchinchi shoʻʼba – “Zamonaviy sharoitda Oʻzbekiston saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish” mavzusiga bagʻishlandi. Unda Parlamentlararo Ittifoq, J.Neru universiteti (Hindiston) mutaxassislari, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda milliy ekspertlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xorijiy ekspertlarning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonning saylov qonunchiligi shu davrgacha boʻlib oʻtgan saylovlar davomida toʻplangan milliy tajriba, ilgʻor xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek xalqaro standartlar, fuqarolarning siyosiy ongi hamda elektoral madaniyatining oʻsishi, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning borishi va talablarini hisobga olgan holda jadal takomillashib bormoqda.
Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy saylov tizimi yaratilishi koʻp yillik evolyutsion jarayon va har tomonlama siyosiy muloqot mahsulidir.
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Jamiyat
Saylov kodeksiga oʻzgartirish kiritildi
Mamlakatda sogʻlom partiyalararo raqobat va barcha partiyalarga saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun teng shart-sharoitlar yaratilgan hamda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarini adolatli taqsimlash, ovoz berishning halol va qonuniy boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrilgan. Boshqacha aytganda, navbatdagi Prezident saylovi koʻp partiyaviylik, nomzodlar raqobati, ochiqlik, fikr erkinligi va chinakam tanlov sharoitida oʻtkaziladi, deb taʼkidlash uchun barcha asoslar mavjud.
Konferentsiyada pandemiya sharoitida saylov jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish, saylov tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solishni yanada kengaytirish masalalari ham keng muhokama qilindi.
Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda Oʻzbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala