Siyosat

MSK prezident saylovlariga SHHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishJenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Shanxay Hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov Oʻzbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Nizomxodjayev bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddir Nizomxodjayev Bosh kotib Vladimir Norov va SHHT kuzatuvchilar missiyasini boʻlajak prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etdi.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turibdi. Tashrif doirasida qator vazirlik va idora rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Vыborы v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Siyosat
Prezident saylovlari: saylovoldi jarayoniga qachon start beriladi?
Shu munosabat bilan 8 iyul kuni Bosh kotib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Nizomxodjayev bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida Nizomxodjayev Oʻzbekiston va SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, jumladan Oʻzbekiston vakillari SHHTning ishtirokchi mamlakatlardagi parlament va prezident saylovlaridagi missiyasida muntazam ishtirok etib kelayotganliklarini yuqori baholab, saylov tizimida amalga oshirilgan islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, joriy yilda "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilinganligi, ushbu hujjat bilan bir qator qonunlar qatorida Konstitutsiyaga ham oʻzgartirishlar kiritilganligi, shuningdek "Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi yangi qonuni bilan ham saylov tizimiga qator yangiliklar joriy qilinganligi qayd etib oʻtildi.
Kak golosovali uzbekistantsы v Sankt-Peterburge na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda prezident sayloviga qancha mablagʻ ajratiladi
Taʼkidlanganidek, endilikda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan koʻrib chiqilishi, Oʻzbekiston prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi aʼzolari sonini koʻpaytirish, saylov byulleteniga kiritiladigan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni kamaytirish borasidagi qoidalar ham yangi qonunda belgilangan. YEXHT DIIHB missiyasining tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur qoidalar saylovlarning xalqaro standartlar va zamonaviy tendentsiyalar asosida oʻtishini taʼminlashga xizmat qilishi alohida eʼtirof etildi.
Oʻz oʻrnida Norov muhim siyosiy jarayonlarni kuzatishda SHHTga aʼzo mamlakatlarning yetakchi ekspertlarini jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Siyosat
Pandemiyada Oʻzbekistonda saylov qanday oʻtkaziladi - Guliston hujjati haqida tafsilotlar
Shuningdek, SHHT faoliyati, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, Buyuk ipak yoʻli qayta tiklanishini faollashtirish, Xitoyning tashqi siyosati, elektron tijorat boʻyicha tajribasi xususida ham qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
Bosh kotib pandemiya sharoitiga qaramasdan dunyo hamjamiyati saylovlarni demokratik va xavfsiz tarzda oʻtkazishga intilayotganini va bunda jamiyat aʼzolarining ham faolligi kuzatilayotganligini alohida eʼtirof etdi.
Konstruktiv va samimiy oʻtgan muloqot soʻnggida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala