Kolumnistlar

Oʻzbekiston KXSHTga shoshilmayapti, lekin unga istagan vaqtida qaytishi mumkin

© Press-slujba TSVO MO RFSovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone Forish - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat tobora notinch boʻlib borarkan, KXSHT davlatlari orasida hamda Toshkent va Moskva orasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ildam kuchaymoqda.
Oʻzbekiston Rossiya va KXSHTning boshqa aʼzolari bilan doimiy harbiy-texnik aloqada boʻlib turibdi. Afgʻonistonda jangovar harakatlarning keskin tus olishi Toshkent va Moskvaning tashqi siyosiy pozitsiyalarini yaqinlashtiradi va Oʻzbekistonni kollektiv xavfsizlik tizimiga kirishga undashi mumkin.
Oʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Aasadov 12 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida KXSHT borasida berilgan savolga "Biz KXSHTga aʼzolik boʻyicha hech qanday taklif olganimiz yoʻq. Ustiga ustak bizning qonunlarda Respublika hududida harbiy bazalar tashkil qilish va bunday tashkilotlarga kirish taʼqiqlangan”, deb javob qaytardi. Bu juda qiziq javob. Qoʻshni Afgʻonistonda vaziyat qaynoq boʻlib turgan vaqtda, Asadovning ushbu bayonoti koʻpchillikka ham oʻzbek jamoatchiligiga ham tolibonga (xavotir olmanglar, biz sizga qarshi hech narsa uyushtirmayapmiz) qaratilgandek boʻlib tuyuldi.
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH oʻz qoʻshinlarining 95 foizini Afgʻonistondan chiqardi
Eslatib oʻtamiz, KXSHTga aʼzo boʻlish va harbiy bazalar ochish – bular bir-biriga bogʻliq emas. Masalan Belarus va Qozogʻistonda Rossiya harbiy bazalari yoʻq. Toshkentning oq koʻngil betarafliga va boʻlajak Afgʻoniston hukumatiga nisbatan oʻzini siyosiy toʻgʻri tutishini tushunsa boʻladi – hech kim qoʻshnisi bilan “dushman” boʻlishni istamaydi, garchi u oʻrta asrlarga xos “islom amirligi” boʻlsa ham.
Harbiy-diniy Tolibon* Oʻzbekistonda terrorchi tashkilot hisoblanmaydi, lekin ushbu tashkilotni 1994 yildan buyon Pokiston maxsus xizmtlari boshqarib kelmoqda. Mana shuning oʻzi ham yaqin kelajakda munosabatlar oddiy boʻlmasligidan darak beradi. Undan tashqari Afgʻonistonda Tolibon* “Al-Qoida” bilan aralashib ketgan va ID* bilan raqobat qilmoqda. Shu sababli ham Tolibon bilan doʻst tutinishning – istiqboli yoʻq.
Toshkent hududdagi kuch markazlari joylashuvini toʻgʻri baholaydi. Rossiya Markaziy harbiy okrugining Suriya tajribasiga ega boʻlgan eng yaxshi ofitserlari Termiz va Samarqanddagi poligonlarda 12 iyul kuni 300ga yaqin Oʻzbekiston harbiylarini uchun tayyorlov kurslari oʻtkazishdi. Oʻquv dasturiga moto-oʻqchi boʻlinmalarning kunduzgi va tungi taktik mashgʻulotlari, BTR-82 bronetransportyorlar yordamida oʻq otish, granatomyotlardan oʻq uzish, razvedka texnik vositalari yordamida artilleriya oʻtini boshqarish boʻyicha mashqlar kiritildi. Tinchlik istasang – urushga tayyor boʻl.

Xavfsizlik kafolati

Har yili Oʻzbekiston va Rossiya harbiy boʻlinmalarning operativ va jangovar tayyorgarligini oshirish boʻyicha 70 dan ortiq mashgʻulotlar oʻtkazib kelmoqda. Rossiya MHO qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin aytishiga koʻra 2021 yilning yoz mavsumida Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston hududida 9ta xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston aʼzo boʻlmasada, uning osmoni ustida doimiy ravishda KXSHTning hududiy xavfsizlik “soyaboni ochilgan”. Markaziy Osiyo hududida umumiy tashqi xavflarga kollektiv javob berish tizimidan tashqari boʻlishning iloji yoʻq. Hududdagi har bir davlat qoʻshni davlatning harbiy yordamidan manfaatdor. Rossiya ham oʻz milliy xavfsizligini Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan chambarchas bogʻliq deb hisoblaydi.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Analitika
Qoʻlni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afgʻonlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
Oʻzbekiston va Rossiya mudofaa muassasalari 28 aprel kuni ilk bor 2021-2025 yillarga moʻljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashdi. Ustuvor yoʻnalishlar – harbiy xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ikki tomonlama tadbirlar, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurash, Oʻzbekiston qurolli kuchlarining jangovar potentsialini mustahkamlash va harbiy kadrlar tayyorlashdir. Ushbu rejalarni amalga oshirish ikki davlatning harbiy va harbiy-texnik hamkorligini tizimlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, ushbu yoʻnalishda Rossiya tashabbusni AQShdan olib qoʻydi desak boʻladi. AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqqanidan soʻng Oʻzbekistonni “zahira aerodrom” sifatida foydalanishni rejalashtirgan edi. Lekin Toshkent qatʼiyatli va ishonchli hamkorni tanladi, deb xulosa qilish mumkin.
Biroz oldin Rossiya va Oʻzbekiston bosh shtablari boshliqlari Shuhrat Xolmuxamedov va Valeriy Gerasimov uchrashuvida, Gerasimov Oʻzbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori ekanini tasdiqlagan edi.
Toshkent va Moskvaning harbiy sohadagi hamkorligi – hududiy barqarorlikni saqlab qolishda – eng muhim shartlaridan biridir, ayniqsa AQSH va uning ittifoqchilari Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqib ketganidan soʻng. Rossiya – harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy hamkori va milliy armiya uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchidir.
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Dunyoda
Britaniya zarur boʻlganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli armiyalardan biri va bunda Rossiyaning hissasi ham bor. Rossiya tomonidan ishlab chiqariladigan qurol aslahalar orasida Oʻzbekiston zarba beruvchi aviatsiya, havo va raketa jujumidan himoya vositalari hamda quruqlik qoʻshinlari uchun bronetransportyorlarni tanlagan. Bugungi kunda Oʻzbekistonga 12ta shartnoma asosida Su-30SM Rossiya qiruvchi samolyotlari (Rossiya davlat krediti asosida), Mi-35M – zarba beruvchi vertolyotlar, BTR-82A – bronetransportyorlar, "Sopka-2" – zamonaviy radiolokatsion majmualar yetkazib berilmoqda. Undan tashqari 300 dan ortiq oʻzbekistonlik harbiylar Rossiya harbiy OTMlarida taʼlim olmoqda. Oʻzbekiston harbiy byudjeti YAIMning 4%ini tashkil qiladi. Bu militarizatsiya emas, zamon talablariga javob berish xolos.

Afgʻon notinchligi

Qoʻshni Afgʻonistonda Tolibon* tobora kuchayib bormoqda. 2021 yildagi Tolibon* 1996 yildagi Tolibondan jiddiy farq qiladi. Yangi Tolibon* faqat pushtunlar emas. Uning 40% - tojik va oʻzbeklardan iborat. Tolibonning birinchi navbatda Oʻzbekiston va Tojikistonga olib boruvchi strategik yoʻllarni va Amudaryodan oʻtish nuqtalarini egallab olishi– xavotirli tuyuladi.
Bir vaqtning oʻzida Al-Qoida* va ID* terrorchilarining faolligi ham oshmoqda. Oʻzbekiston islom harakati biroz oldin ID*ga qoʻshilgan edi. Terrorchilar uchun daromad manbai boʻlgan afgʻon narko traffigi har yili 30 – 70 mlrd. Dollar daromad olib keladi. AQSH qoʻshinlari olib chiqilganidan soʻng uning hajmi yanada oshishi, terrorchilar qatorlari toʻlishi mumkin.
Afgʻoniston shimoliy hududlari aholisi Tolibon* tomonidan kiritilayotgan keskin cheklovlar va oʻzboshimchaliklardan norozi. Terrorchilik akti ehtimoli yuqori boʻlgani sababli Mozori-Sharifda Rossiya konsulligi faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga qaror qilindi va Qobuldagi elchixonani qoʻriqlash kuchaytirildi. Mozori Sharifdagi Rossiya diplomatlari Oʻzbekistonga koʻchirildi. Bu ham bejiz emas. Afgʻonistondagi notinchlik qoʻshni davlatlarga tarqalish ehtimoli yuqori. Oʻzbekiston esa ushbu loyqa toʻlqin yoʻlida mustahkam qoyadir.
Vizit Ministra oboronы RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Siyosat
Rossiya qoʻshinlari Oʻzbekistonga kiritilmaydi – Mudofaa vazirligi
Mavjud vaziyatda Toshkent va Moskva orasida hamkorlikning kuchayishi aniq. Bu borada Rossiya hududiy xavfsizlik tizimi yaratish tarafdori va gʻarbiy hamkorlardan farqli oʻlaroq, aksariyat ishlarni begʻaraz amalga oshiradi. Turkmaniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning kuchayishi bunga misol boʻlishi mumkin.
KXSHT boʻyicha hamkorlik borasida, yana bir bor eslatib oʻtamiz, ushbu shartnoma dastlab Toshkentda imzolangan edi. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga ikki marotaba kirib ikki marotaba tark etgan (1999 va 2012 yillarda). Uchinchi marotaba kirishni rejalashtirmagan boʻlsa-da, uning uchun tashkilot eshiklari doimo ochiq. “Yangi tolibon” esa, mantiqqa zid boʻlsa-da, KXSHTning yanada mustahkamlanishi uchun ishlamoqda.
* – Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala