Siyosat

"Foydali fursat": Oʻzbekiston yoshlar startaplarini qoʻllab-quvvatlashga 100 mln $ ajratmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYoshlar sanoat va tdbirkorlik zonalari
Yoshlar sanoat va tdbirkorlik zonalari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Yangi loyihaning missiyasi - yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ular bandligini oshirishga qaratilgan. Murojaatchilarning arizasi oʻrganilib, tasdiqlangach, ular 7 yil muddatga 100 ming dollargacha kredit olish imkoniyatiga ega boʻlishadi
Oʻzbekistonda yoshlar startaplarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi - Fursat davlat media-loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga koʻra, loyihaning asosiy maqsadi - 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlarning biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Loyiha missiyasi: yoshlarda ishbilarmonlik kayfiyatini shakllantirish

Oʻzbekistonda kichik biznes, xususiy biznesni rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini yanada oshirish, aholi real daromadini oshirish hamda bandligini taʼminlash bugunning eng dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Respublikadagi eng yirik investitsiya loyihalari hamda hududiy invest-loyihalar dasturlarida ham asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan birgalikda, ularni ish bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish alohida oʻrin tutadi.
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Siyosat
DXXga yoshlar muammolarini tizimli oʻrganish vazifasi yuklatildi
Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Voitovning aytishicha, loyihaning asosiy maqsadi ham shu vazifani qamrab olgan, yaʼni 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlarni oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tashabbus shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va sanoatning turli sohalariga innovatsiyalar kiritishni ragʻbatlantirishga moʻljallangan.
Voitovga koʻra, Oʻzbekiston hukumati yoshlarni ish joylari bilan taʼminlash bilan cheklanib qolishni istamaydi va mamlakat yoshlarining tadbirkorlikka boʻlgan koʻnikmalarini, ularning ishbilarmonlik kayfiyatini shakllantirishni oʻz oldiga dolzarb vazifa sifatida belgilab olgan.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda har yili 700 mingdan ortiq yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda va ularga albatta, oʻz oʻrnini topishlariga yordam berish mamlakat iqtisodiyoti kelajagi uchun muhim oʻrin tutadi.

Startaplar lokomotivi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Aziz Voitovning maʼlum qilishicha, prezident qaroriga koʻra, Oʻzbekiston boʻylab 219ta YOSTZ (yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) tashkil etiladi, ulardan 185tasi hozirgi kunda faoliyat koʻrsatmoqda.
Dastlabki loyihalar amalga oshirilishni boshlagan va 2,9 trln soʻmlik jami 1586 ta loyiha amalga oshirib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2020
Iqtisod
Har bir tadbirkor standartni bilishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
Loyihalar ishga tushishi natijasida 36 ming ish oʻrinlari yaratiladi.
Barcha YOSTZlar zarur infratuzilma bilan taʼminlanadi va ularda yosh tadbirkorlarning innovatsion gʻoyalari asosida oʻz loyihalarini amalga oshirishlari hamda ishlab chiqarish obʼyektlarini qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Istagan yigit-qiz biznesmen boʻlishi mumkin

Loyihani amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida yuridik maqomga ega boʻlmagan Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ochilgan. Ushbu jamgʻarmani boshqarish boʻlimi boshligʻi Mehroj Botirov Fursat loyihasi asosiy vazifalari haqida va qanday qilib yoshlar kredit olishlari mumkinligi borasida batafsil toʻxtaldi.
Botirovning aytishicha, Yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 100 million dollar ajratilgan.
Jamgʻarma mamlakatdagi davlat ulushi boʻlgan 10ta bank bilan hamkorlik oʻrnatgan.
Yosh tadbirkor biznes-rejani taqdim etgan vaqtda birinchi navbatda shu 10ta bank orqali arizalar yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yetib boradi.
"Oʻz biznes gʻoyalari bor, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlangʻich kapitalga ega boʻlmagan 18-30 yoshli yigit-qizlar loyiha ishtirokchilari boʻlishlari mumkin.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2020
Siyosat
Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni Oʻzbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"
Buning uchun, biznes-rejasi bor yoshlar www.fursatloyiha.uz veb-sayti yoki @fursatloyiha_bot telegram-bot orqali ariza berishlari lozim. Ariza oʻrganilib, tasdiqlanganidan soʻng yoshlar 7 yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Kreditlar foizi: milliy valyuta - soʻmda olingan taqdirda - 14 foiz, xorijiy valyutada olinganda yiliga 3%. Bundan tashqari, yoshlarga oʻzlariga yaqin boʻlgan YOSTZ hududida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin", - deya taʼkidladi Botirov.
Biznes-rejaga ega boʻlmagan yoshlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida "Loyihalar fabrikasi" biznes-inkubatorlarining tajribali mutaxassislari uni ishlab chiqishda yoshlarga yordam berishi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala