Jamiyat

Botir Qurbonov: Oʻzbekistonda koronavirusning "uxan" shtammi keng tarqalgan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBotir Kurbonov
Botir Kurbonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shu kunlarda yaqin istiqbolda koronavirusning "delta" shtammi butun dunyoda dominant (yetakchi) shtammga aylanishidan ogohlantirdi
TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda bugungi kunda Oʻzbekistonda koronavirusning qaysi shtammi keng tarqalgani haqida aytib oʻtdi.
Qurbonovning aytishicha, Respublikada koronavirusning birinchilardan boʻlib aniqlangan "Uxan" shtammi bugungi kunda eng keng tarqalgan shtamm maqomini saqlab qolmoqda.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Dunyoda
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
"Bugungi kunda dunyoning 130dan ortiq davlatida, jumladan Oʻzbekistonda ham hindcha yoxud “delta” shtamm, shu bilan birga janubiy afrikacha, brazilcha va boshqa shtammlar ham aniqlangan. Ammo Oʻzbekiston Respublikasida birinchilardan boʻlib aniqlangan "Uxan" shtammi Respublikada dominantlikni saqlab kelmoqda", - deya aniqlik kiritdi epidemiolog.

Uxan virusi

Koronavirusning Uxan shtammi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Xitoyning Uxan shahridagi bozorlarning birida boʻlgan odamlarda aniqlangan.
Povsednevnaya jizn v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2020
Dunyoda
Pekinda topilgan virus Uxandagidan koʻra yuqumliroq - mutaxassis
Uxan virusi — oʻtkir respiratorli virus infektsiyasi boʻlib, ORVI belgilariga oʻxshash belgilar bilan namoyon boʻladi. Koronavirus inson organizmiga burun va ogʻiz boʻshligʻi, koʻz shilliq pardasi orqali kirib, oʻpkaga yetib boradi va koʻpchilik insonlarda keng qamrovli yalligʻlanish jarayonini avj oldiradi.
Uxan kovidining simptomlari: temperatura koʻtarilishi, quruq yoʻtal, toliqishdir. Shuningdek, bemorda hid va taʼm sezish yoʻqoladi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Oʻta xavfli shtamm paydo boʻlishi mumkin

Dunyoda koronavirusning yanada xavfliroq shtammi paydo boʻlishi mumkin, deb bayonot berdi shu kunlarda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus.
Tashkilot rahbarining aniqlik kiritishicha, yangi mutatsiya "delta" variantidan ham qoʻrqinchliroq boʻlishi mumkin.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Rossiya
"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aniqlandi
Tedros Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, infektsiya tarqalishining davom etaverishi yangi shtamm paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.
"Virus qanchalik keng tarqalsa, uning variantlari ham shunchalik koʻpayadi, ular orasida hatto hozirda eng koʻp ziyon yetkazayotgan "delta" variantdan ham xavfliroqlari paydo boʻlishi mumkin", - dedi Gebreyesus.
BSST vakilining taʼkidiga koʻra, bunday tendentsiyada virusning hatto vaktsinalar himoyasini ham chetlab oʻtadigan shtammi paydo boʻlishi ehtimoli bor.
Ayni vaqtda "misli koʻrilmagan choralarni talab etuvchi" "misli koʻrilmagan inqiroz" kuzatilmoqda, deya qayd etdi u.
BSST Favqulodda holatlar qoʻmitasi koronavirusning yangi shtammlari xavfi haqida oldin ham koʻplab marotaba ogohlantirgan, jumladan, oʻshanda virusning yangi turlari yanada xavfli va yuqumli boʻlishi hamda bu shtammlarni boshqarish hozirgiga qaraganda ancha qiyin boʻlishi haqida gap borgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader