Hodisalar

Akusherga zoʻrlik qilgan sobiq ichki ishlar xodimi qoʻlga olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSledstvennыy izolyator, arxivnoye foto
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Fargʻonada akusher-ginekologga zoʻrlik qilgan sobiq ichki ishlar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining Oʻzbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tugʻuruqxona boʻlimi akusher-ginekologining sochidan tortib sudragani aks etgan lavha ortidan Fargʻona viloyati IIB munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tugʻuruq boʻlimida kelini M.S. dunyoga keltirgan oʻgʻil chaqaloqning 27-avgust kuni vafot etganligidan xabar topgan qaynota S.S. tugʻuruq boʻlimida ishlovchi akusher-ginekolog YU.A.ning sochidan tortib, urib-doʻpposlab, xodimga tan jarohati yetkazgan.
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Jamiyat
Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, S.S.ga nisbatan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha Fargʻona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro S.S. muqaddam ichki ishlar organlarida xizmat qilib, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga koʻra, 2002 yilda ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan.
Rebenok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Hodisalar
Andijonda ona oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlayotgani aytilmoqda
Jinoyat ishining tergovi Fargʻona viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan nazoratga olingan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.
"2021 yilning 25 avgust kuni Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Nursuh qishlogʻida istiqomat qiluvchi 1998 yilda tugʻilgan fuqaro M.S. tuman tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimiga "homiladorlik 2, tugʻruq 2, homiladorlikning 39 haftasi. Tugʻruqning birinchi davri" tashxisi bilan qabul qilinib, 26 avgust kuni soat 16:00larda tirik, jinsi oʻgʻil, 3200 gramm vaznli, ammo ogʻir ahvoldagi chaqaloqni dunyoga keltirgan.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Hodisalar
Surxondaryoda bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi
Tugʻruqni akusher-ginekolog YU.A. va shifokor-neonatolog H.N qabul qilgan. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasida bolada ona qornidalik davrida embrional rivojlanish va homila organlarining paydo boʻlishi buzilgani va nuqsonli rivojlangani aniqlangan. Natijada goʻdak toʻliq rivojlanmagan organlar bilan tugʻilgan. Qolaversa, chaqaloqda tugʻma nuqsonlar kuzatilib, bolaning oʻpkasi 70 foizga rivojlanmagan.
Shu bois, chaqaloq zudlik bilan intensiv terapiya xonasiga oʻtkazilib, unga zarur reanimatsion yordam koʻrsatilgan. Biroq bolaning oʻpkasi oʻz faoliyatini bajarmaganligi sababli unda ogʻir asfiksiya holati kuzatilgan.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Hodisalar
Chiroqchida kaltaklangan oʻqituvchi ishi yuzasidan jinoiy ish ochildi
Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan olib borilgan kerakli reanimatsion chora-tadbirlarga qaramasdan goʻdak 2021 yilning 27 avgust kuni soat chamasi 12:20da "Oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligi" tashxisidan vafot etgan. Shundan soʻng chaqaloq murdasi va tibbiy hujjatlar patalogoanatomik tekshiruvga yuborilgan.
Shifokor-neonatolog H.N chaqaloq vafot etganligi sababli shu kuni soat chamasi 12:30larda goʻdakning buvasi, fuqaro S.S.ni chaqirib, unga vaziyatni tushuntirishga harakat qilgan. Biroq S.S. muassasa tugʻruq boʻlimining vrachlar xonasida tugʻruq tarixlarini yozib oʻtirgan va tugʻruqni olib borgan akusher-ginekolog YU.A.ning oldiga borib, sababsiz uning sochidan tortib, tashqariga sudrab olib chiqib, jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Eng achinarlisi, dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, ushbu zoʻravonlik harakatini sodir etgan shaxs, yaʼni 1971 yilda tugʻilgan fuqaro S.S. oʻz vaqtida ichki ishlar organlari tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan.
Tibbiy tekshiruv davomida jabrlangan shifokor YU.A.ga miya chayqalishi tashxisi qoʻyilgan. Ayni paytda shifokor tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam markazi jarrohlik boʻlimida davo muolajalarini olmoqda", deyilgan SSV matbuot xizmati xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala