Jamiyat

Toshkent “yashil shahar”ga aylantiriladi – qanday vazifalar belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya vozle TSUMa odna iz samыx zaщiщennыx ot solntsa mest
Alleya vozle TSUMa odna iz samыx zaщiщennыx ot solntsa mest - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Hukumat qarori bilan 2023 yilga qadar shahar umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkazish vazifasi qoʻyilgan.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahrida qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida ekologik yuklamani pasaytirish zarurati kelib chiqmoqda. Bundan tashqari, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish taqozo etilayapti. Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsadlardan biri, bu – Toshkentni “yashil shahar”ga aylantirishdir.
2023 yilga qadar shahar umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkaziladi. Bu shahar va tuman hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Demak, ana shu muddatgacha boʻlgan 1 yilu 4 oy vaqt davomida juda katta hajmda ish bajarilishi lozim.
Lekin vaqt tigʻiz degan vaj bilan daraxtlarning duch kelgan navini duch kelgan joyga ekishga yoʻl qoʻyilmaydi. Har bir daraxt koʻchati oʻsha hududning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.
Alisher Maksudov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Siyosat
Prezident Ekoqoʻmita raisini ishdan boʻshatdi
Qarorga binoan, 2021-2023 yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha manzilli dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish boʻyicha dasturlar tasdiqlandi.
Poytaxt aholisi va mehmonlarni quvontiradigan yangiliklardan yana biri – Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraktsionlardan xoli boʻlgan jamoat istirohat bogʻi tashkil etiladi. Bundan tashqari, har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlari barpo etiladi.
Jamoat istirohat bogʻlari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadi. Uch oy muddatda xalqaro mutaxassislar, dizaynerlar va arxitektorlarni jalb etgan holda bogʻlarni barpo etish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.
Qarorda koʻzda tutilgan keng koʻlamli jarayonlarga tadbirkorlar ham oʻz hissasini qoʻshish imkoniga ega boʻlmoqdalar. Chunonchi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan huquqiy eksperiment oʻtkaziladigan boʻldi. Mazkur tumanlar aholisiga esa eksperiment natijalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish imkoni yaratiladi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining “1million daraxt” deb nomlangan yana bir ajoyib tashabbusiga ham rozilik berildi. Unga koʻra, 2021 yilning kuz va 2022 yilning bahor mavsumlarida poytaxt hududida 1 million tup daraxt ekiladi.
Shu oʻrinda bir mulohaza: uzoq yillar davomida falon tup koʻchat ekildi, falon tup mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazildi, degan hisobotlarga hamma koʻnikib qolgan, aniqrogʻi birov ularga eʼtibor ham bermaydigan boʻlib qolgan edi. Ayniqsa, bunday hisobotlar umumxalq hasharlari chogʻida “baralla” yangrar edi... Vaholanki, oʻsha hisobotlarda koʻrsatilgan koʻchatlarning oʻndan biri saqlanib qolganda ham, mamlakat shaharlari yashillik koʻrsatkichi boʻyicha tropik oʻrmonlarni-da ortda qoldirib ketgan boʻlardi.
Chinara v mestechke Sayrob - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Jamiyat
Joylarda daraxtlarni saqlash boʻyicha guruhlar tashkil etiladi
Qarorga binoan, Toshkent shahar hokimligi huzurida xoʻjalik hisobidagi “Toshkent sayilgohi direktsiyasi”ning tashkil etilgani bu kabi muammolarga chek qoʻyilishiga umid uygʻotadi. Bu mavzuning ayniqsa dolzarbligini inobatga olgan holda, direktsiya zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni keltirib oʻtishni lozim topdik:
Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bogʻlari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini taʼminlash, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish;
Koʻkalamzorlashtirish obʼyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash;
Sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stantsiyalari, quduqlar, yoʻllar va yoʻlaklar, koʻchalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda boʻlishini taʼminlash.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, “1million daraxt” tashabbusini amalga oshirish 2021 yil kuz mavsumidan boshlanadi. Sentyabrning dastlabki haftasi ortda qolgani inobatga olinsa, aktsiya boshlandi, deb hisoblash mumkin. Demak, maqola avvalida aytilganidek, fuqarolar uchun poytaxtni “yaxshilash va yashillash” jarayonida qatnashish imkoniga ham start berildi.
Topor, votknutыy v pen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Jamiyat
Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala