Kolumnistlar

Mirziyoyevning saylovoldi dasturidagi 10 ta ustuvor yoʻnalish

© Press-slujba Obщestvennogo fonda podderjki i razvitiya natsionalnыx mass-mediaShavkat Mirziyoyev vыstupayet na sʼyezde Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na sʼyezde Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Maʼlumki, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Toshkentda boʻlib oʻtgan X qurultoyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod – amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev maʼruza qilib, oʻzining saylovoldi dasturini eʼlon qilgan edi.
Sputnik muxbiri ushbu saylovoldi dasturning 10 ta asosiy yoʻnalishi haqida qisqacha maʼlumot bermoqda.

Taʼlim tizimini rivojlantirish

- maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish;
- maktab taʼlimi tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta ishlash, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni koʻpaytirish, taʼlim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi Maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish;
- oliy taʼlimning qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, asosiy eʼtiborni taʼlim sifatini oshirishga qaratish;
- taʼlim tizimida mehnat qilayotganlarning ish haqlarini munosib darajaga yetkazish.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida

Sud-huquq tizimini takomillashtirish

- maʼmuriy sudlarga davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish vakolatini berish, sudlarga arizalarni “Yagona darcha” orqali olish tartibini joriy etish;
- mamlakatda qonuniylikni qatʼiy taʼminlaydigan, ochiq va adolatli prokuratura tizimining yangi huquqiy asoslarini yaratish;
- ichki ishlar organlarini xalqqa va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin maʼnoda xalqchil tuzilmaga aylantirish, ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligini asosiy mezon etib belgilash.

Davlat organi tizimlarini tub isloh qilish

- davlat organlarining ochiqligi siyosatini takomillashtirish. Davlat organlari rahbarlarining jamoatchilikka ochiq eʼlon qilingan yillik ish dasturi asosida faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish;
- aholiga davlat xizmatlarining toʻliq elektron shaklda koʻrsatilishini taʼminlash;
- davlat fuktsiyalarini bosqichma bosqich xususiy sektorga oʻtkazib borish;
- keyingi besh yil davomida davlat xizmatchilari shtat birliklarini oshirmaslik;
- davlat organlariga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish, davlat xizmatchilari uchun uzluksiz malaka oshirish, natijadorlikni baholash va lavozim boʻyicha koʻtarilish mezonlari belgilash, ish vaqti, mehnat meʼyorlari boʻyicha talablarni qayta koʻrib chiqish;
- hududiy ijro idoralarining “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish, takrorlanadigan besh yuzdan ortiq funktsiyalarni maqbullashtirish.

Ekologik barqarorlikni taʼminlash

- xonadon, koʻcha, mahalla va qishloq, shaharlarda, yoʻl boʻylari va dala chetlariga daraxtlar ekish, hudud iqlimiga mos koʻchatlarni yetishtirish, sugʻorish hamda parvarish qilish tizimi joriy etish;
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gargavi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Iqtisod
BAA Orolboʻyida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratishda qatnashadi
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” namunasi asosida kamida 50 gektar maydonda “yashil bogʻlar” barpo etish;
- shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun “yashil parklar” tashkil etish;
- daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilish.

Qishloq xoʻjaligida davlat aralashuviga toʻliq barham berish

- tumanlarni aniq mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirib, davlat tomonidan dehqonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratish;
- agrar tarmoqdagi klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari faoliyatini barqaror, qulay shart va muddatlarda moliyalashtirish va sugʻurtalashning mutlaqo yangi mexanizmlarini amalga oshirish;
- davlat idoralari tomonidan narx belgilash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini majburiy sotib olish tizimini toʻliq bekor qilib, erkin bozor munosabatlarini joriy etish.

Urbanizatsiya siyosati yanada takomillashtirish

-18 ta katta, 22 ta oʻrta va 80 ta kichik shaharlar oʻrtasida transport-logistika tizimi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
- renovatsiya dasturlari asosida, shaharlarda eskirgan uylar oʻrniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar qurish, 275 mingdan ziyod oilalar yangi massivlarga koʻchirish.

Aholini ijtimoiy qoʻlab-quvvatlab siyosatini izchil davom ettirish va takomillashtirish

- ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan taʼminlash darajasini hozirgi 60 foizdan 100 foizga yetkazish;
- bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdorini hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshirish;
- uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar joylarni ijtimoiy ijaraga berish tizimini joriy etish.

Soliqlarni takomillashtirish siyosatini amalga oshirish

- qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 2023 yildan boshlab 15 foizdan 12 foizga tushirish;
- korxonalarning mol-mulk soligʻi stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish;
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
- 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona koʻchmas mulk soligʻini joriy qilish.
- foyda soligʻi stavkasini barcha uchun bir xil boʻlishini taʼminlash, ularni amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushirish;
- yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻligʻicha ushbu tuman va shaharlarda qoldirish.

Xizmat koʻrsatish sohalarida davlat monopoliyasidan voz kechish

- yoʻl qurilishi, issiqlik taʼminoti, obodonlashtirish xizmatlari kabi 25 ta faoliyat turidagi monopoliyaga barham berib, bu sohalarda tadbirkorlik subʼyektlariga keng yoʻl ochish;
- samarasiz korxonalar davlatdan qoʻshimcha yordam olmasdan, xususiy sektor kabi “oʻz aravasini oʻzi tortishi”ni taʼminlash;
- energiya resurslari bozorini erkinlashtirish, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilish.

Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirish

- Raqamli iqdisodiyot hajmini kamida 2,5 barobarga oshirish va 4 milliard dollarga yetkazish;
- har bir xonadon va ijtimoiy muassasani maqbul narxlarda yuqori tezlikdagi Internetga ulash, magistral avtomobil yoʻllarini toʻliq mobil aloqa va Internet bilan qamrab olish;
Logotip Sberbanka na zdanii tsentralnogo ofisa v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Iqtisod
Sberbank raqamli texnologiyalari Oʻzbekistonda tatbiq etiladi
- 2026 yilga qadar neft-gaz, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat sohalaridagi barcha jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish;
- dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobarga, ularning eksportini 10 barobarga oshirish.
Ushbu islohotlarni avvalo inson, keyin jamiyat va davlat manfaati yoʻlida, “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil gʻoya asosida amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader