Japarov Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Sadir Japarov
Prezident Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Japarov mintaqada teokratik davlat tuzilishi shubhasiz KXShTga a’zo mamlakatlardagi hozirgi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) davlat rahbarlari sammitida mamlakatning Afg‘onistondagi vaziyatga oid pozitsiyasini ma’lum qildi.
Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor
Japarov mintaqada teokratik davlat tuzilishi shubhasiz tashkilotga a’zo mamlakatlardagi hozirgi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shu bilan birga u qirg‘iz tomoni Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va uning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanini urg‘uladi.
Japarov Afg‘onistonning yangi hukumati vakillari bilan mamlakatdagi vaziyat tezroq barqarorlanishi uchun turli masalalar yuzasidan mumkin bo‘lgan hamkorlik variantlari borasida muloqot olish borish zarurligini qayd etdi.
“Biz Afg‘onistondagi vaziyatni iloji boricha tezroq barqarorlashishiga va mamlakat xalqiga ma’qul keladigan yangi inklyuziv davlat tuzilmasi tuzilishiga umid qilamiz”, - dedi Japarov.

Afg‘onistondagi vaziyat

Toliblar bir oy avval hukumat kuchlariga hujumni faollashtirdilar. Ular 15-avgust kuni Kobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugagani e’lon qildilar. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘in-barotni oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini bildirdi. 31 avgustga o‘tar kechasi Amerika harbiylari Kobul aeroportini tark etib, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik mavjudligiga nuqta qo‘ydi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
Oltinchi sentabr kuni toliblar Afg‘onistonning 34 viloyatidan eng so‘nggisi - Panjsher ular nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay ular Afg‘oniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibi e’lon qilishdi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston muammolariga bo‘lgan beparvoligini tanqid qildi
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0