Analitika

Toliblar chegarada: SHHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?

© AFP / ROMEO GACADVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Afgʻonlararo tinchlik muzokaralari barbod boʻlayotganini kuzatib, bugungi kunda juda "Tolibon" vaʼdalariga juda ozchilik ishonmoqda.
"Tolibon"* otryadlari hozircha Qobulni shturm bilan ishgʻol etolmaydi va Afgʻonistonning qonuniy hukumatini jismonan yoʻq qila olmaydi. Biroq, chegaralarda nazorat oʻrnatish Tolibonga mamlakatda iqtisodiy va energetik blokadani tashkil etish imkonini beradi, bu Islom Respublikasi uchun qonli jangovar harakatlardan ham koʻra qaqshatkich zarba boʻladi. Chorshanba kuni Dushanbeda SHHT mudofaa vazirlari afgʻon inqiroziga qarshi muvofiqlashtirilgan harbiy-siyosiy javob choralarini qidirmoqdalar. Ammo qoʻshni mamlakatlarning koʻpvektorli manfaatlari tezkor va sodda yechimlarni vaʼda qilmayapti.
Takticheskiye zanyatiya motostrelkovoy brigadы YUVO MO RF v Dagestane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya harbiylari afgʻon-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video
Toliblar, agarda Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqsa, hujumni toʻxtatishga vaʼda bergan. Bu sal avval 7000 nafar qamoqdagi safdoshlarni ozod etish talabini ilgari surgan jangarilarning yana bir maqbul boʻlmagan shartidir. Afgʻonlararo tinchlik muzokaralari (AQSH va NATO qoʻshinlari chiqarilishining asosiy shartidir) barbod boʻlayotganini kuzatib, bugungi kunda juda kam odam "Tolibon" vaʼdalariga ishonmoqda. Toliblar siyosiy idorasining bayonotlari "yerdagi" harakatlarga aniq zid kelmoqda - siyosiy rahbariyat harakatning harbiy komissiyasi (bosh shtab analogi)ni nazorat qilmayapti.
Soʻnggi ikki oy ichida jangarilar oldingi 20 yilga qaraganda koʻproq hududlarni egallab oldilar va yirik shaharlar - Qandahor, Hirot, Qunduzni egallashga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Janglar Qobuldan 15 kilometr uzoqlikda davom etmoqda. Eng muhimi, "Tolibon"* Afgʻoniston chegaralarining barcha perimetrlarini nazorat qilmoqda - bu amaldagi hukumat uchun juda yomon yangilikdir.
Jangarilar tomonidan elektr uzatish ustunlarining portlatilishi sababli poytaxtda elektr energiyasi uzilishi boshlandi. Oziq-ovqat taʼminoti bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi mumkin, chunki chegaraoldi bojxona punktlarida endi toliblar "ruxsat"i bilangina nimadir qilish mumkin. Afgʻoniston harbiy-gumanitar falokati, xuddi Damokl qilichi yangligʻ Markaziy Osiyo mamlakatlari ustida osilib turibdi.
Turkmaniston va Oʻzbekiston qochqinlarning kirishini cheklashdi. Tojikiston va Qirgʻiziston hozirgacha boshpana topmoqchi boʻlgan afgʻon fuqarolarini qabul qilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Tojikistonda afgʻon qochqinlari soni deyarli ikki baravarga oshgan va iyul oyi boshiga kelib 3000 ga yetgan. Biz katta koʻchishning boshlanishiga guvoh boʻlyapmiz, ehtimol. Fuqarolar urushi yuzaga keltiradigan xaos sharoitida Afgʻonistonda yuz minglab qochqinlar oqimi (1996-2001 yillar davridagi singari) yuzaga kelib, xalqaro terrorizm (shu jumladan "ID"* va "Al-Qoida"*) Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkin.
Lyudi na odnoy iz ulits v Nyu-Yorke posle novostey o pobede na vыborax prezidenta SSHA kandidata ot Demokraticheskoy partii Djozefa Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Amerikaliklarning deyarli yarmi Afgʻonistondagi urushni xato, deb atadi
SHHT Afgʻoniston shimolidagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mudofaa vazirlarining 28 iyul kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston va Belorussiya (kuzatuvchi mamlakat) harbiy delegatsiyalari ishtirokidagi yigʻilishining natijalariga kelsak, Afgʻoniston boʻyicha silliq formulirovkalarni bashorat qilish mumkin - chunki mamlakatlar manfaatlari juda farq qiladi.

Operatsion moʻrtlik

Rossiya toliblarni "jihod" Afgʻonistondan tashqariga kengaygan taqdirda KXSHT aʼzolarini himoya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida ogohlantirdi, va bunga javoban Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarining daxlsizligi kafolatini oldi.
Rossiyaning 201-bazasi agar qoʻshni Afgʻonistondagi voqealar munosabati bilan mamlakat xavfsizligiga tahdid solinadigan boʻlsa, Tojikistonga harbiy yordam beradi, dedi chorshanba kuni Dushanbeda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Kolumnistlar
Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi
Shoygu nutqining tezislari quyidagicha:
- Afgʻonistondagi vaziyat hokimiyat nazorati ostidan chiqib ketgan, AQSH va Tolibon oʻrtasidagi kelishuvlar bajarilmayapti;
- Afgʻonistondagi Amerika missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyoda yangi bazalar yaratishdan koʻproq tashvishlanmoqda;
- SHHT chegaralari yaqinidagi vaziyat murakkab, keskinlashishga moyil va SHHT-KXSHT aloqalari mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Afgʻoniston notinchligi fonida Tojikiston Respublikasi xavfsizligi juda katta tashvish tugʻdiradi. Shuni eʼtibordan qochirmaslik kerakki, uzunligi 1344 kilometr boʻlgan tojik-afgʻon chegarasi texnik himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlanmagan, vaqti-vaqti bilan (Panj daryosi kanalining oʻzgarishi sababli) redermarkatsiya (qayta belgilanish)ni talab qiladi va geografik sharoitga koʻra terrorchilarning janubdan kirib kelishiga qarshi himoyalanmagan. Toʻgʻri, bu uchastka Markaziy Osiyoga terrorchilar oqimi kengayishi uchun lang ochilgan darvoza, deb boʻlmaydi, ammo baribir.
Dushanbe janubiy sarhadlarni mustahkamlash uchun juda koʻp ish qilmoqda. Bunda Tojikistonning KXSHTga aʼzoligi, qoʻshnilarning harbiy va harbiy-texnik yordami muhim rol oʻynamoqda.
Tyajelыe transportnыe samoletы Il-76 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
Rossiya yangi “Qiyomat kuni” samolyotlarini qurmoqda: uchinchi avlodning oʻziga xosliklari
Rossiya chegarachilari tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashga jalb etilmaydi, TR hududida faqat Rossiya FXX chegara boʻyicha maslahatchilar guruhi faoliyat olib boradi. Avvalroq Moskva tojik-afgʻon chegarasida yangi nazorat-oʻtkazish punkti va chegara postini qurish uchun mablagʻ ajratgan va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: "Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining mustahkamligini sinash va uning aʼzolaridan biriga qarshi tajovuzkor harakatlarni boshlash hech kimning miyasiga kelmaydi, degan qatʼiy umiddamiz", - deya bayonot qilgan edi.
Shu bilan birga, Dushanbe afgʻon voqealari rivojining eng yomon stsenariysiga tayyorlanmoqda va "Chegara-2021" mashgʻulotlari formatida umumiy safarbarlikni ishlab chiqmoqda (22 iyul kuni - 230 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar). Mamlakat 1023 dona zirhli texnika, 3167 ta maxsus texnika, 447 ta artilleriya uskunalari, 45 ta HHK samolyotlari va vertolyotlari, 234 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini harakatga keltirmoqda. Dushman kuchini mensimagandan koʻra, yuqori baholagan maʼqulroq.
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshinlari 5-10 avgust kunlari Xatlon viloyatida potentsial dushmanni yoʻq qilish boʻyicha qoʻshma operatsiya oʻtkazadilar. 1500 ta mutaxassis va 300 ta harbiy texnika jalb qilingan Tojikistonning Harb-Maydon chegara poligonidagi mashgʻulotlar Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshinlari (kuchlari) birlashgan guruhining jangovar muvofiqlashtirilishi bilan boshlanadi.
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Analitika
"Bu boshlanishi": yuz minglab afgʻon qochqinlari toliblar hujumi va AQSH bombardimoni oqibatidir
Ikkinchi bosqichda ittifoq davlati hududiga bostirib kirgan shartli jinoiy guruhlarni yoʻq qilish vazifalari hal qilinadi. Keyin qoʻshinlar davlat chegarasini kesib oʻtayotgan terroristik guruhlarni yoʻq qilish mashqlari ustida ishlashadi.
Barcha bosqichlarda razvedka-oʻt va razvedka-zarba majmualarini qoʻllash orqali taktik harakatlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Rossiya harbiy kontingentining asosini 201-harbiy bazaning boʻlinmalari, shu jumladan tog moto-oʻqchilar, tank, artilleriya boʻlinmalari, shuningdek Markaziy harbiy okrugning maxsus kuchlari guruhlari tashkil etadi. Deyarli bir vaqtning oʻzida shunga oʻxshash mashqlar Oʻzbekiston hududida boʻlib oʻtadi.
Ekspertlarning baʼzilari afgʻon jihodchilarining tashqi ekspansiyasi uchun ehtimoliy yoʻnalish - 6 millionga yaqin aholisi boʻlgan, boy gaz konlari va Kaspiy dengiziga chiqadigan Turkmaniston boʻlishi mumkinligini aytishmoqda.

Qobulga chetdan yordam

Afgʻoniston qoʻshnilari va sheriklari tomonidan oʻz xoliga tashlab qoʻyilgan, deb boʻlmaydi, ammo koʻp yoʻnalishli taʼsir Afgʻoniston Islom Respublikasiga toliblarga va boshqa terroristik guruhlarga qarshi kurashda muhim natijalarga erishishga imkon bermayapti.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Dunyoda
AQSH Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda
Afgʻoniston Milliy aviatsiya korpusi toliblar bilan janglarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-35 jangovar vertolyotlaridan faol va muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Rossiya Federatsiyasining qurollari afgʻon armiyasiga kirishi oson kechmadi, bunga oʻzlarining harbiy mahsulotlarini targʻib qiluvchi AQSH va boshqa NATO mamlakatlari har tomonlama toʻsqinlik qilar edi.
Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg 27-iyul kuni AIR prezidenti Ashraf Gʻaniga moliyalashtirish, fuqarolik ishtiroki va afgʻon xavfsizlik kuchlarini oʻqitish orqali mamlakat tashqarisida qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga vaʼda berdi. Bu yaxshi, ammo juda oz - ayniqsa, AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan shoshilinch qochib qolganidan soʻng. Afgʻonlarning Gʻarb kuchiga boʻlgan ishonchi butunlay yoʻq qilindi.
Oq uy Afgʻoniston xavfsizlik kuchlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2022 yilda Kongressdan 3,3 milliard dollar soʻradi, shundan 2 milliard dollari afgʻon askarlariga texnik xizmat koʻrsatish va ular taʼminoti uchun, 700 millioni esa - harbiy xizmatchilarning ish haqiga ajratilgan. Bu orada AQSH Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkam oʻrnashib olishga harakat qilmoqda, Pentagon bazalari va logistika markazlarini yaratish toʻgʻrisida qoʻshni davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
AQSH harbiylari Rossiyaga yaqinroq joylashishga tayyorlanmoqda
Turkiya endilikda toliblarda potentsial raqibni koʻrmoqda (axir ular Istanbul tinchlik konferentsiyasini buzishdi va Anqaraning Kobul aeroportida harbiy tarkibni saqlab qolish urinishlariga keskin munosabat bildirishdi).
Shu bilan birga, Turkiya TIV kuni kecha Afgʻonistondan qochqinlarni qabul qilmoqchi emasligini eʼlon qildi: "Turkiya Yevropa Ittifoqining chegarachisi yoki qochqinlar lageri boʻlmaydi".
Xitoy "tenglik" ni saqlashga intilmoqda. U toliblarni bir necha bor "al-Qoida"* va boshqa terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirgan. Pekin koʻplab xorijiy jangchilar joylashgan Badaxshondagi vaziyatdan jiddiy xavotirda. Bir kun oldin mulla Abdul Gʻani Baradar boshchiligidagi "Tolibon"* delegatsiyasi Xitoyda mamlakat TIV rahbari Van I bilan muzokaralar oʻtkazdi. Pekin mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka va tinch yoʻl bilan qaror topishiga yordam berishga vaʼda berdi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Kolumnistlar
Toliblar “amirlik” vatanparvarlari emas, Pokiston yollanma jangarilaridir
Toliblar bilan "oʻyinlar" koʻplab xorijiy sheriklar tomonidan "Tolibon"*ni qoʻllab-quvvatlash va Afgʻonistondagi vaziyatga halokatli taʼsir koʻrsatishda gumon qilinadigan Islomobod uchun yomon tugashi mumkin. The News International nashrining taʼkidiga koʻra, afgʻon toliblari Pokiston hududidan transchegaraviy hujumlar, mablagʻ yigʻish, yosh yigitlarni piyoda askar sifatida yollash va yarador jangarilarni davolash uchun foydalangan.
* – RF hududida taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala