Siyosat

Oʻzbekistonning bosh maqsadi, vaktsina siyosati va Afgʻoniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Mirziyoyevga koʻra, Oʻzbekistonning asosiy maqsadi – 2030 yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar miqdori boʻyicha "daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar" qatoriga kirishdir. Bu reja BMTning 2030 yilgacha boʻlgan Barqaror rivojlanish maqsadlari ruhiga uygʻundir
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 21 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralar boshlandi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videomurojaat bilan soʻzga chiqdi.
Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida yangi sharoitlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining ahamiyati va oʻrni tobora ortib borayotganini qayd etdi.
SPUTNIK_LIVE:  76 sessiya generalnoy assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Video
Shavkat Mirziyoyevning BMT 76-sessiyasidagi nutqi - video
"Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchaymoqda, iqlim jadal oʻzgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari koʻpaymoqda, anʼanaviy qadriyatlar zavol topmoqda. Jahon taqdiri bilan bogʻliq ushbu muhim jarayonlarda aynan Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarur. Biz Bosh kotibning xalqaro munosabatlar tizimida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, tashkilot faoliyatining samaradorligini va shaffofligini oshirishga qaratilgan harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz", - dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

Vaktsina siyosati

Prezident BMTning "hech kimni eʼtiborsiz qoldirmaslik", degan tamoyil asosida vaktsinalardan teng va adolatli foydalanish imkoniyatini yaratishga doir saʼy-harakatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Lyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2020
Jamiyat
Meteorologlar iqlim yaqin besh yilda qay darajada oʻzgarishini aytishdi
"Biz pandemiyalarga qarshi samarali kurashda vaktsinatsiya natijalarini xalqaro miqyosda tan olish jarayonlarida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining muvofiqlashtiruvchi rolini yanada kuchaytirish tarafdorimiz. Oʻzbekiston Respublikasining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Bosh Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi Kodeks bizning bu boradagi amaliy hissamizdir", - deya davom ettirdi Mirziyoyev.

Soʻz erkinligi

Davlat rahbari soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli va jadal demokratik islohotlar bugungi kunda ortga qaytmas tus olganini taʼkidladi.
"Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish demokratik islohotlarimizning asosini tashkil etmoqda. Soʻz va ommaviy axborot vositalari, din va vijdon erkinligini, gender tenglikni, millatlararo totuvlikni taʼminlash borasida qatʼiy qadamlar tashlanmoqda".
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Rossiya
Lavrov Yevropani Rossiya vaktsinalari mavzusini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi
Ishtirokchilarning eʼtibori bosh gʻoyasi fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, inson huquqlarini himoya qilish, kambagʻallikni kamaytirish, har bir kishini kafolatli daromad manbai bilan taʼminlash hamda barqaror ekologik rivojlanishga erishishdan iborat Yangi Oʻzbekiston strategiyasi ishlab chiqilganiga qaratildi.

Oʻzbekistonning bosh maqsadi

"Asosiy maqsadimiz – 2030 yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar miqdori boʻyicha “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirishdir. Bu rejamiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha boʻlgan Barqaror rivojlanish maqsadlari ruhiga uygʻun ekanini taʼkidlash lozim", - dedi Oʻzbekiston yetakchisi.
Shu maʼnoda pandemiyadan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini qayta tiklash muammolarini oʻrganish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni hayotga tatbiq etishga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyani Toshkentda oʻtkazish taklif etildi.
Davlat rahbari global harakatlarga yoshlarni jalb etish boʻyicha Butunjahon konferentsiyasi Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli oʻtkazilganini taʼkidladi hamda ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning davomi sifatida Samarqand shahrida muntazam oʻtkazilayotgan Inson huquqlari muloqotlari doirasida Global taʼlim forumini tashkil etish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi - doʻstlik makoni

Prezident Markaziy Osiyo mintaqasida oʻzaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qoʻshnichilik va strategik sheriklik ruhidagi mutlaqo yangi siyosiy muhitini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlar qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi.
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev zapustili novuyu shkolu i ozdorovitelnыy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Samarqand va Xatlonda muhim ijtimoiy obʼyektlar ochildi
"Bizning asosiy maqsadimiz – Markaziy Osiyoni farovon va barqaror rivojlanayotgan, ishonch va doʻstlik makoniga aylantirishdir. Buning uchun biz qoʻshni va yondosh mintaqalar bilan oʻzaro aloqalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", - dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

Afgʻoniston - MOning uzviy qismi

Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash toʻgʻrisidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgani haqida maʼlum qilindi. Shu munosabat bilan Afgʻoniston Markaziy Osiyoning uzviy qismi ekani yana bir bor taʼkidlandi.
"Bu davlatda tinchlik va osoyishtalik oʻrnatilishidan nafaqat biz, qoʻshni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir. Hozirgi qiyin davrda Afgʻonistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qoʻyish mumkin emas. Afgʻon masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼsiri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim", - deb taʼkidladi Mirziyoyev.
Oʻzbekiston yetakchisi dunyoda xavf-xatar va ziddiyatlar, transmilliy tahdidlar tobora ortib borayotganiga eʼtibor qaratdi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda BMTning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining oʻn yillik natijalari va istiqbollariga bagʻishlangan Xalqaro konferentsiya oʻtkazilishi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Ekologiya va Orol muammosi

Davlat rahbari Oʻzbekiston tomonidan iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish, tiklanadigan energiya manbalariga oʻtish masalalarida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtaldi.
"Bu nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar oldidagi ezgu insoniy burchimizdir", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yil may oyida BMT Bosh Assambleyasining Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani Oʻzbekistonning bu boradagi saʼy-harakatlari samara berayotganini tasdiqlaydi.
Ekologiya borasidagi choralarning mantiqiy davomi sifatida 2022 yili Orolboʻyi hududida, Nukus shahrida "yashil" energetika boʻyicha BMT bilan hamkorlikda yuqori darajadagi xalqaro forum oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi.
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
Moʻynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolboʻyi hududidan reportaj
Shu bilan bir qatorda BMT shafeligida global ekologik siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2023 yilda Oʻzbekistonda Atrof-muhit boʻyicha BMTning yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini oʻtkazish taklif etildi.
"Assambleya ishtirokchilari Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan, ekologik ofat markazi boʻlgan, Orolboʻyi mintaqasidagi ogʻir vaziyat bilan bevosita tanishish va zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, atrof-muhit boʻyicha Assambleyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqchimiz", - dedi Oʻzbekiston yetakchisi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev soʻzining yakunida Oʻzbekiston dunyoning barcha davlatlari va global tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli, uzoq muddatli va koʻpqirrali sheriklikni rivojlantirishga doimo tayyor ekanini taʼkidladi. Mamlakat xavfsiz hamda barqaror oʻsish, farovon kelajakni barpo etishga qaratilgan yaqin hamkorlikni bundan keyin ham kuchaytirib boraverishi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala