Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston qaysi omillar evaziga pandemiya qiyinchiliklariga bardosh bera oldi

Finansovыy grafik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Ekspertlar Oʻzbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini qanday saqlab qolgani xususida fikr bildirdilar.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida Oʻzbekiston iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. Uning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar asosan, Oʻzbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini saqlab qolgani va bunga sabab boʻlgan omillar haqida fikr bildirishdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byerdening soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston – hududda rivojlanish koʻrsatkichlarini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan kam sonli davlatlardan biridir.
“Mamlakat keyingi yillarda hammamizni sinovdan oʻtkazgan murakkabliklarga bardosh bera oldi. Buning bir nechta muhim omillari bor. Hamkorlikda ishlagan holda ichki va tashqi savdo sohasida koʻpgina toʻsiqlarni olib tashladik. Soliq tizimi isloh qilindi. Shuningdek, ichki va xalqaro kapitalni samarali ishlatishga erishildi. Shularning oqbatida Oʻzbekiston iqtisodining bardoshlilik darajasi mustahkamlandi. Biz bundan keyin ham mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni qoʻllab-quvvatlaymiz”, - dedi Anna Byerde.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Shiksin Chenning taʼkidlashicha, murakkab sharoitlarda koʻrsatkichlarni saqlab qolishda makroiqtisodiy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan yuqori davlatlar qatoriga chiqishni rejalashtirgan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Iqtisodiy forum muammolarni bartaraf etish uchun munosib platformaga aylanadi - Mirziyoyev
Mamlakatda COVID-19 ga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqilgan. Investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
“Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonning koʻp yillik hamkori hisoblanadi. Biz bundan buyon ham kapital bozorini rivojlantirish, hududlar infratuzilmasini taraqqiy ettirish yoʻnalishlarida birga ishlashga tayyormiz”, - dedi Chen.
“Rotshild & Co” Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari Erik de Rotshild bundan bir necha yil oldin Oʻzbekistondagi yangilanishlar valyuta bozorini isloh qilish bilan boshlanganini eslatdi. Keyinchalik pandamiyaga qarshi moliyaviy buferlar yaratildi.
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston $ 41,4 milliard investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda
“Shu kabi omillar 2020 yildagi iqtisodiy oʻsishga sabab boʻldi. Prognozlarga koʻra, Oʻzbekistonda oʻsish koʻrsatkichlari bu yil ham davom etadi – biz shunga umid qilamiz. Biz oʻzbekistonlik hamkorlarimizni iqtisodiy masalalarda, emlash masalalarida qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Bugun Oʻzbekistonda ikkinchi bosqich islohotlar boshlanayapti. Demak, faoliyat uchun yangi maydonlar ochiladi”, - dedi Erik de Rotshild.
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov soʻnggi 4-5 yilda Oʻzbekistonning YAIMga nisbatan qarzi oʻsgani, biroq keyingi vaqtlarda qarz oʻsish surʼati yana pasayganini koʻrish mumkinligini qayd etdi.
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston umumiy tashqi qarzi 6%ga oʻsdi - MB
“Umuman, Oʻzbekistonda tashqi qarz masalasi kuchli nazorat ostida ushlab turilibdi. Islohotlarning keyingi bosqichida xususiy sektorni rivojlantirish masalasiga alohida urgʻu beramiz”, - dedi Qoʻchqorov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader