Kolumnistlar

AQShning "milliy fojiasi": F-35 eng sifatsiz samolyotlaridan biri deb topildi

CC BY 2.0 / Forsvarsdepartementet / Testflyging av første norske F-35Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35
Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Harbiy ekspert F-35 qiruvchi samolyoti nega AQShning eng yomon samolyotlari safidan joy olgani haqida fikr yuritadi
Yaqinda roʻy bergan seriyali "gipertovushli" muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, AQShning yuqori texnologiyali qurollari taraqqiyoti halokatini F-35 Lightning II qiruvchi samolyoti juda yorqin aks ettiradi. U amerikalik mutaxassilar tomonidan eng yomon samolyotlar beshligiga kiritilgan.
AQSH harbiy tahlilchilari muvaffaqiyatsizlikka uchragan aviatsion loyihalar roʻyxatini tuzishdi, ular orasida beshinchi avlod qiruvchisi F-35 Lightning II (Yashin) haqli ravishda Pentagon tarixidagi eng yomon samolyotlar beshligidan oʻrin oldi. Shuningdek, "qanotli omadsizlar" safidan amerikaning Convair F-102 Delta Dagger, Grumman F-11 Tiger, Vought F7U Cutlass va Bell P-59 Airacome samolyotlari oʻrin oldi. Ular turli vaqtlarda AQSH harbiy havo kuchlarining umidlarini puchga chiqargan.
Ucheniya podrazdeleniya razvedki Zapadnogo voyennogo okruga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Kolumnistlar
Rossiya snayperlari Tojikistonda mashgʻulot oʻtkazmoqda: zirhni teshuvchi “Kord-M” miltigʻi
Ilgariroq Business Insider portali AQSH armiyasining eng yomon qurollari roʻyxatiga stels-qiruvchi F-35 samolyotini kiritgan edi. Bloomberg agentligi xabar berishicha, Amerika “yashinlari” Rossiya va Xitoy harbiy havodan hujumga qarshi mudofaa samolyotlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Sputnik ham shu jumladan, F-35 samolyotining sozlab boʻlmas konstruktiv kamchiliklari, juda qisqa muddat xizmat qilishi (aytilgan muddatdan toʻrt barobar qisqa – 2100 uchish soati) va texnik xizmat koʻrsatishning murakkabligi (soʻnggi koʻrsatilgan texnik xizmatdan soʻng "koʻrinmaslarning" aksariyati jangovar shayligi ishdan chiqishiga sabab boʻlgan edi). Shunday boʻlsada, Amerika “koʻrinmaslari” hayratlantirishda davom etmoqda.
Pentagon 2025 yilgacha 1700 dona F-35 qiruvchilarini harbiy shay holatga keltirishini eʼlon qilgan edi, ammo 2021 yil sentyabrida “Yashin” rasman seriyali ishlab chiqarishga munosib koʻrilmadi. AQSH Harbiy havo kuchlari bugungi kunda 300 dona F-35 qiruvchi samolyotidan foydalanadi, yangi harbiy mashinalarni ishlab chiqarish esa atayin keskin kamaytirilmoqda – 2023 yilda va undan keyin 156 dona ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan. Qiymati 1,4 trillion dollarga teng soʻnib borayotgan loyihani amerikalik mutaxassislar allaqachon “milliy fojea” sifatida baholashgan. AQSH armiyasi, harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlarining yuqori texnologiyali qurollari mavhum tanazzulga yuz tutayotgani kuzatilmoqda.

Nojangovar avlod

Pentagon F-35 samolyotini rasman ishlab chiqarishni ortga surishi birinchi marta boʻlayotgani yoʻq, boshqacha aytganda, amerikalik uchuvchilar va ittifoqchilar rasman oxirigacha yetkazilmagan samolyotlar (tobutlar)da uchishmoqda, marketingning bu tizimi esa beixtiyor hayratlarga sabab boʻlmoqda. F-35 qiruvchisining eksplutatsion xarajatlari soatiga taxminan 35 000 dollarni tashkil etadi. Umumiy hisobda 700 ta shunday samolyotga ega amerikaliklar va chet ellik buyurtmachilar bugungi kunda ishonchliroq va kam xarajatliroq samolyotlarni izlashmoqda.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Analitika
Toliblarni Afgʻonistondagi ichki va tashqi hokimiyati: MO davlatlari nega hushyor boʻlsin
AQSH Harbiy havo kuchlari kelgusida F-35A qiruvchisida yangi, yanada qudratli va iqtisodiy jihatdan kamxarj dvigatellarni qoʻllashni maqsad qilmoqda - bu Adaptive Engine Transition Program dasturidan boʻlib, u F-35C (HDK) i F-35B (Dengiz piyodasi) uchun moʻljallangan modifikatsiyalar oʻlchamlariga toʻgʻri kelmaydi. Agar harbiy havo kuchlari dvigatelni integratsiya qilsa, bu F-35 parki xarajatlarini keskin oshiradi, chunki mutaxassislar bir vaqtning oʻzida turli detallar va jihozlarga ega ikki turdagi dvigatelga xizmat koʻrsatishiga toʻgʻri keladi. AQSH harbiy havo kuchlari vaziri Frenk Kendall 2025 yilda F-35 qiruvchisining xarajatlari uchish soati 25000 dollarga tushirilishiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Shu tariqa “Yashin”dan tinchlik maqsadida foydalanish kichikroq urush xarajatlaridan ham ortib tushmoqda.
“Koʻrinmas”ning jangovar samaradorligi na Pentagon, na AQShning harbiy mojarolar hududlaridagi ittifoqchilari tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Aksincha, 2017 yilda (Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan muzokaralar oʻtkazish uchun kelgan kun) Suriyadagi aviazarbalar paytida Isroil HHKga tegishli F-35 samolyoti Suriyaning Rossiyada ishlab chiqarilgan S-200 “Yer-havo” ZRM raketasi tomonidan urib tushirilgan. Oʻshanda isroilliklar F-35 havoda qush bilan toʻqnashib halokatga uchragani haqida bayonot bergan, ammo fotosuratlar bilan bu versiyani tasdiqlashmadi. Rossiya va Turkiyaning havodan hujumga qarshi tizimlari mutaxassislari tomonidan “Yashin”ning radarlarda koʻrinishi bir necha bor tasdiqlangan. Oʻz-oʻzidan bu AQSH texnologiyasi inqirozini anglatadi.
Ucheniya SHOS Mirnaya missiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Kolumnistlar
“Mirnaya missiya-2021”: Markaziy Osiyo mushtini tugmoqda
Eslatib oʻtaman – amerikaliklarning yana bir shov-shuvli loyihasi – beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchisi 1981 yildan buyon shu qadar uzoq takomillashtirildiki, jarayon tugagunga qadar koʻplab parametrlar boʻyicha eskirdi. Boshida AQSH harbiy havo kuchlari 750 dona F-22 qiruvchisini olishni rejalashtirgan edi (har biri 35 mln dollar), 1997 yilda Amerika maʼmuriyati buyurtmani 339taga, 2003 yilda esa 277tagacha qisqartirdi. Natijada bor-yoʻgʻi 187ta qiruvchi ishlab chiqarildi, F-22 Raptor samolyotlarini ishlab chiqarish esa toʻxtatildi. Aftidan, tarix qaytarilmoqda, ammo amerikaliklar bundan aslo xijolatda emas. AQSH harbiy havo kuchlari “havoda muqarrar ustunlikka erishish” haqida balandparvoz rejalar tuzmoqda.

Fizika qonunlariga zid ravishda

Amerikalik oliy martabali harbiy qoʻmondon Mark Kelli kuni kecha soʻnggi 20 yilda AQSH harbiy havo kuchlari “qulay muhitda” jangovar harakatlar uchun optimallashtirilgani va “eng katta dushman” – Xitoy bilan nizolarda gʻalaba qozonish uchun inqilobiy oʻzgarishlar talab qilinishi haqida gapirdi. Kelliga koʻra, "Xitoy harbiy kuchlari va tizimi shunday tuzilganki, jangning ilk 30 daqiqasidayoq soʻnggi 30 yilda bizning Yaqin Sharqdagi yoʻqotishlarimizdan koʻproq yoʻqotish berishi kerak. Shu oʻrinda, aytish kerak-ki, Xitoy AQShga nisbatan tinchlik kayfiyatida, ammo amerikaliklarni bu qiziqtirmaydi.
General Kellining qayd etishicha, Rossiya Qrimni “birorta oʻq otmasdan” "bosib olgan" boʻlsa, Xitoy esa shu tarzda Janubi Xitoy dengizining bir qismiga daʼvo qildi, chunki raqiblarning rivojlangan havodan hujumga qarshi mudofa tizimlari tufayli AQSH bunday vaziyatlarga qarshi kurashisht qiyinlashdi. Jahonda ustunlikni qaytarish maqsadida AQSH oʻzining harbiy havo kuchlari yordamida “bahstalab suveren havo maydoniga” kirish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi lozim. Afgʻonistondagi 20 yillik omadsiz harbiy janglaridan saboq chiqarmagan amerikaliklar hali ham hech narsani anglamagan koʻrinadi, yangi urushga tayyorlanmoqda.
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
General Kellining fikriga koʻra, bugungi kunda ishlab chiqirilishi oxiriga yetkazilmagan Amerika qiruvchilari yaqin kelajakda NATO harbiy kuchlari katta yoʻqotishlarsiz kira olmaydigan A2/AD (Anti-Access/Area-Denial oʻta xavfli hududlariga kirib, raqibning barcha havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari, aviatsiyasi va muhim obʼyektlarini ishdan chiqaradi.
Amerikaning oltinchi avlod Next Generation Air Dominance programmasi oldiga butun boshli integratsiyalashgan tizim: uchuvchilar tomonidan boshqariladigan samolyotlar, uchuvchisiz qurilmalar, kosmik apparatlar va kiberplatformani shakllantirish rejasi qoʻyilgan. Oʻlmasak, koʻramiz.
Ushbu yuqori texnologiyali loyihada deyarli yangilik yoʻq. Shunchaki, koʻpqutbli dunyodagi reallikka qarama qarshi “amerikacha ustuvorlik” va jahonda hukmronlik oʻrnatish haqidagi eski qarashlar boʻy koʻrsatmoqda. Ammo AQShning ishonchsiz F-35 qiruvchilari va yomon uchadigan (sinov uchishlarida) gipertovushli raketalari surunkali tarzda texnologik ortda qolayotganidan dalolat bermoqda. Bir soʻz bilan aytganda, ilohiy kuch "suzagʻon sigirni shoxsiz qoldirmoqda".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader