Kolumnistlar

Ruhan rus odamlar: 30 yillik ayriliq dunyodagi vatandoshlarni nimaga oʻrgatdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVII Vsemirnыy kongress rossiyskix sootechestvennikov, projivayuщix za rubejom
VII Vsemirnыy kongress rossiyskix sootechestvennikov, projivayuщix za rubejom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Rossiya yaqin xorij davlatlarida rus tilini qanday rivojlantirishni rejalashtirmoqda, bugungi kunda butun dunyodagi yurtdoshlarni qanday muammolar tashvishga solmoqda va vatan bilan aloqalarni qanday mustahkamlash mumkin? Tafsilotlar Sputnik obzorida.
Chet elda yashovchi rossiyalik vatandoshlarning yettinchi Butunjahon kongressi Moskvada 100 ta davlatdan 400 nafar delegatni yigʻdi, shu jumladan, yaqin xorij respublikalaridan ham.
Postsovet mamlakatlaridagi vatandoshlar qanday imtiyozlarga umid qilishi mumkin, Rossiya universitetlariga kvota qay tarzda oshiriladi va nima uchun RFda baʼzan boshqa millat vakillarini ruslar deya atashadi – bularning barchasi Sputnik materialida.

"Rus" - koʻp millatli tushuncha

Hech kimga sir emaski, "rus dunyosi" atamasi Rossiyadan tashqarida turfa reaktsiyaga sabab boʻladi. Kimdir bu kontseptsiyani maʼqullab, har qanday davlat xorijdagi diaspora vakillarini qoʻllab-quvvatlashi kerak deb hisoblasa, kimdir uni ochiq tanqid qilib, bu Rossiyaning oʻz taʼsir kuchini kengaytirishga urinish deb ataydi.
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Madaniyat
Oleg Malginov: Rus tili oʻzbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi
Biroq, tashqi siyosiy doktrinalar ishlab chiqilgan taqdirda, bu Rossiya uchun boshqa mamlakatlarga qaraganda qiyin kechadi: axir, SSSR tarkibiga 15ta respublika kirgan va ularning har birida haligacha rus tilida soʻzlashiladi. Yana muhim bir jihat shundaki, sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarining rusiyzabon fuqarolarining hammasi ham etnik ruslar emas. Balki shuning uchun ham Rossiya "diaspora" (milliy yoki diniy kelib chikishga asoslangan uyushmalar) atamasi oʻrniga "vatandoshlar" atamasini qoʻllaydi.
Vatandoshlar toifasiga bir vaqtning oʻzida bir necha guruhlar kiradi: Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy yashaydigan Rossiya fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida yashagan insonlarning avlodlari, shuningdek, Rossiya hududida azaldan yashab kelgan xalqlarga mansub shaxslar.
"Rossiya bu koʻpmillatli va turli din vakillari istiqomat qiluvchi davlat, - deb bayonot qildi Kongress ishini ochib bergan RF TIV rahbari Sergey Lavrov. - Bizning millatlar, madaniyatlar va dinlarning bir hududda mavjudligi borasidagi tajribamiz noyobdir".
Uzbeksko-russkiy razgovornik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2020
Analitika
Oʻzbekiston va rus tili
Lavrovning fikricha, ushbu turli din va madaniyatlar vakillari uchun birlashtiruvchi dastlabki omil bu - rus tili boʻlib qolmoqda.
RF Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ham kongressda chiqishi davomida ishtirokchilarning millatiga emas, balki tiliga eʼtibor qaratdi.
"Pandemiyaning eng ogʻir oylarida siz qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan vatandoshlarimizga yordam koʻrsatdingiz. Sizlar bizning ishonchimizsiz", - dedi minnatdorlik bilan Matviyenko yaqin xorij davlatlar aholisiga murojaat qilar ekan. Spiker ularning barchasi birgalikda "koʻpmillatli dunyoni" tashkil etishlarini qoʻshimcha qildi.
"Bizning ruslarimiz, ular qaysi millatga mansubligidan qatʼi nazar, aql bovar qilmas holatlarga tushib qoladi", - deydi Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari boʻyicha Ombudsmani Tatyana Moskalkova. - Rus nemislari, rus yahudiylari, rus oʻzbeklari. Noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortish, chet el fuqarolari bilan turmush qurgan ayollarning farzandlari bilan muloqot qilishiga taʼqiq qoʻyish”.
Vrach-pulmonolog Olga Bogush - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Jamiyat
Rossiyalik shifokorlar Oʻzbekistondagi missiyani yakunladi

Toʻsiqlarni kamaytirib

Sergey Lavrovning taʼkidiga koʻra, oʻtgan 20 yil ichida Rossiya oʻz vatandoshlari bilan birgalikda "muhim vazifani amalga oshirdi - koʻp millatli rus dunyosini reallikka aylantirdi". Uning fikricha, bunda koʻp jihatdan Rossiya Konstitutsiyasiga vatandoshlarning huquq va manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi nizomning kiritilishi amaliy koʻmak berdi.
"Ushbu huquqiy normalar taqdir taqazosi bilan oʻz tarixiy vatanidan tashqarida boʻlganlarga nisbatan davlat siyosatini takomillashtirishga imkon beradi", – dedi Lavrov.
Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi Valentina Kazakova fikricha, vatandoshlarning muntazam uchrashuvlari Rossiya rasmiylariga RF fuqaroligini olish tartibini soddalashtirishga yordam berdi.
Rukovoditel fraktsii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Jirinovskiy: Rossiya vatandoshlarga Markaziy Osiyodan ketishga yordamlashishi kerak
"Uch yil ichida koʻp ishlar qilindi, - deydi Kazakova. - Amaldagi fuqarolikdan chiqish shart emas. Endilikda Qozogʻiston, Moldova, Belarus va Ukraina fuqarolari Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin".
Aytgancha, may oyida qozogʻistonlik vatandosh Vatandoshlarning xorijdan koʻchishiga yordam berishga qaratilgan dasturning millionchi ishtirokchisiga aylandi, deya qoʻshimcha qiladi Valentina Kazakova.
"Bu ajoyib yigit, shifokor va u pandemiyaning birinchi kunlaridanoq "qizil zonada" boʻldi va fuqarolarimizga kasallikka qarshi kurashishda yordam berdi", - dedi ayol. - Bugun Rossiya xududida 7 millionga yaqin chet el fuqarolari bor, ularning koʻplari bizning vatandoshlarimiz. Bu shaxslarning fuqarolik olishlariga halal berayotgan maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish Rossiya IIVning vazifasidir".

Yaqin xorij davlatlari uchun ajratiladigan kvotalar soni koʻpayadi

Vatandoshlarning birinchi toʻlqini – bu Sovet ittifoqi parchalanishini yashab oʻtganlardir. Biroq, endi Rossiya yosh avlodga katta eʼtibor qaratishi kerak, deya fikr bildiradi RF Davlat Dumasining xalqaro masalalar qoʻmitasi raisi Leonid Slutskiy.
"1989-1990 yillarda dunyo boʻyicha 350 million nafar inson rus tilida gaplasha olar edi, hozir bu koʻrsatkich atiga 270 millionni tashkil qiladi, -deydi afsuslanib Slutskiy.- 30 yil - bu tarixiy miqyosda oladigan boʻlsak ahamiyatsiz vaqt boʻlagiga oʻxshab koʻrinadi, ammo shu vaqt ichida koʻrsatgich 80 millionga qisqardi! Yaqinda biz Bishkekda Chexov nomidagi maktabni ochdik, biroq boshqa davlatlarda bir necha yuzlab maktablar yopildi. Shuning uchun ham taʼlim - eng muhim vazifamizdir".
Obucheniye russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston rossiyalik oʻqituvchilarni koʻproq jalb qilishni istaydi
"Kelgusi yili Rossiya beshta maktabni foydalanishga topshirish niyatida, ularning har biri 1200 sigʻimga ega boʻladi", - dedi Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vaziri oʻrinbosari Andrey Korneyev. Uning aytishicha, Rossiya yangi shakldagi maktablarni yaratmoqda: ularda taʼlim Rossiya standarti boʻyicha milliy komponent bilan (ona tili va tarixini oʻrgangan holda) uygʻunlashgan holda olib boriladi. Xuddi shunday taʼlim muassasalaridan biri Turkmanistonda allaqachon faoliyat yuritmoqda. Yana toʻqqiztasini Qirgʻizistonda ochish rejalashtirilmoqda.
"Rossiya nafaqat maktablar sonini, balki oʻz universitetlarida bepul taʼlim olish uchun kvotalar sonini ham koʻpaytirmoqda", - deya qoʻshimcha qiladi Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Dmitriy Afanasyev. Kelgusi oʻquv yilida kvotalar soni 23 mingni, 2023 yilda esa 30 mingni tashkil etishi rejalashtirilgan.
"Shuningdek, chet eldagi 17 ta davlatda Rossiya oliy oʻquv yurtlarining 40 ta filiali ishlab turibdi, - dedi Afanasyev. - Ularda 17 ming nafar talaba taʼlim olishadi. Armaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Belarusda esa ikki tomonlama boʻysunish tashkilotlari bor (Rossiya va oliy oʻquv yurti joylashgan davlat tomonidan nazorat qilinadigan slavyan universitetlari - Sputnik) ".
Taʼkidlash joizki, hozirda Oʻzbekistonni oʻzida Rossiya oliy oʻquv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritib kelmoqda va yaqin kelajakda ular soni yana koʻpayishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala