Analitika

Oʻzlari qazigan choh: Yevropa Rossiyadan gaz bumerangini oldi

© AFP / JOE KLAMARGazovыe trubы
Gazovыe trubы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Rossiya gaziga boʻlgan tobelikdan xalos boʻlmoqchi boʻlgan Yevropa muammolar girdobida qoldi.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Natalya Dembinskaya. Uzoq yillar Yevropa Rossiyadan boʻlgan gaz tobeʼligini kamaytirishga urindi. Asosiy vositalardan biri bozorni liberalizatsiya qilish boʻldi – shartnomalarni spot narxlariga biriktirish. Bu yaxshi ish berdi, biroq gaz yetgunicha va u neftdan arzonroq boʻlguniga qadar. Endi maʼlum boʻlishicha, Gʻarb yanglishgan va bu uchun katta badal toʻlagan.

Bozorni isloh qilishdi

Ham “Janubiy oqim” (amalga oshirilmagan xalqaro loyiha Anapa tumanidan Bolgariyaning Varna portigacha Qora dengiz boʻylab gaz quvurini yotqizish) qurilishidan voz kechish, ham muqobil yetkazib beruvchilarga pul tikish, ham suyultirilgan tabiiy gaz importini kengaytirishga oid ulkan rejalar nazarda tutilgandi.
Vыborы v Moldavii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Rossiya
Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni soʻrayapti
Gaz bozorini liberalizatsiya qilish – bu avvalo narx belgilash mexanizmini oʻzgartirish. Ilgari shartnomalarning aksariyati neft kotirovkalariga bogʻlangandi. 20 yil oldin Yevropada qaror qilishdiki: bundan voz kechmoq darkor. Muqobil – gaz xablaridagi narxlar. Bu, aslini olganda, bari talab va taklifga bogʻliq yoqilgʻi birjasi.
Niderlandiya va Buyuk Britaniyada xablar tashkil qilishdi. AQSH va Qatardan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berilishini koʻpaytirishdi. 2008 yilgi global moliyaviy inqirozda xomashyo birdaniga arzonlashdi. Bu esa YEIning importni gazning spot narxiga bogʻlash ishtiyoqini mustahkamladi.
Shunday qilib, The WallStreet Journal nashrining taʼkidlashicha, yevropalik amaldorlar va kompaniyalar keyingi 10 yil ichida “Gazprom”ga muvaffaqiyat bilan bosim oʻtkazishgan”.
2019 yilga kelib Rossiya gigantining YEI bilan yarmidan koʻp shartnomalari spot yoki forvard narxlariga asoslangan.

Strategiya ishdan chiqdi

Yevropa tantana qilgandi: “turli yetkazib beruvchilar raqobat qilayotgan yanada diversifikatsiya qilingan bozor paydo boʻldi”. Gaz neftdan arzonroq edi. Mustaqil energetik maslahatchilarning hisob-kitoblariga koʻra, YEI 70 milliard dollar tejab qolgan. Ammo bu yil hammasi oʻzgardi.
Gazning birja narxi uch yuz-toʻrt yuz foizga oshib ketdi. Uzoq muddatli shartnomalar bir necha oyga kechikishni inobatga olishadi. Lekin qoʻshimcha hajmlarni amaldagi kotirovkaga asosan xarid qilishga toʻgʻri keladi, chunki shartnoma asosida tuzilganlari yetishmaydi.
Proxojiye idut po Krasnoy ploщadi v Moskve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Kolumnistlar
Yevropada shaytonlash epidemiyasi: aybdor Rossiya
“Ruslar uzoq vaqt bizga aytishdi: bunday qila koʻrmang, bu ahmoqlik, neftga bogʻlangan narxlarni ushlang, - deya Jonatan Stern, Energetika tadqiqotlari Oksford instituti ilmiy xodimining soʻzlarini keltiradi WSJ. – Ular hak boʻlishgan ekan”.
Strategiya gaz yetgan vaqtda ish bergan. Biroq tanqislik yuzaga kelishi va narxlar osmonga koʻtarilishi bilanoq darhol ishdan chiqdi. Xalqaro energetika agentligi (XEA) hisob-kitoblariga koʻra, YEI 2021 yilda avvalgi qoidalarga qaraganda taxminan 30 millirad dollar koʻproq toʻlaydi.
Yevropalik amaldorlar bu muammoni qanday yechish borasida bosh qotirishmoqda. Lekin, WSJ taʼkidlashicha, ularning qoʻlidan unchalik koʻp narsa kelmaydi, Rossiya yordam bermayapti-ku: Moskva shartnomada qancha belgilangan boʻlsa, shuncha yetkazib beryapti.
“Muqobil energetikaning jadallashtirilgan rivojlanishiga pul tikkan va “Gazprom”ning OPAL gaz quvuriga yoʻlishi toʻsgan Yevropa Ittifoqi hukumati energetika inqirozipni keltirib chiqirdi. Natijada Rossiyadan qazib olish tushib ketdi, “Gazprom” esa mutlaqo asosli ravishda uni koʻpaytirishga shoshilmayapti va xomashyoni auktsionlarda sotishni afzal bilmoqda”, - deya tushuntiradi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.
Lekin strategiya saqlanib qolinmoqda. Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen oktyabr boshida taʼkidlaganidek, yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish kerak hamda yanada tozaroq energiyaga oʻtishni tezlashtish darkor. “Yevropa bugun import gaziga oʻta qaram boʻlib qolgan, - dedi u. – Bu bizni zaif qiladi”.
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Rossiya
Putin: Rossiyaga qarshi sanktsiyalardan amerikaliklarning oʻzi jabr koʻrdi
Boshqa manbalardan yetkazib berishni koʻpaytirish umidlari puchga chiqdi. YEIning oʻzida qazib olish Niderlandiyadagi Groningen konining tezda tugagani sabab tushib ketdi.

Vaziyatni boshqa yoʻsinga solish

Bloomberg nashrining taʼkidlashicha, Moskva qoidalarni qayta koʻrib chiqmoqchi. Yevropaga spot narxlari boʻyicha yetkazib berish foydaliroq boʻlgan boʻlardi, Rossiya uzoq muddatli shartnomalardan manfaatdor. Bu haqda Putin “Rossiya energetika haftasi” forumida ham gapirgandi.
“Germaniya bir ming kubini ikki, bir yarim ming emas, balki 250-230 dollardan olyapti. “Gazprom” hatto yoʻqotyapti... Lekin ishlab chiqaruvchi shunga qaramasdan bu barqarorlikdan manfaatdor. Shu bois u biladiki, u eng kamida qandaydir hajmni qandaydir narxda sotadi, oʻshanda u tegishli ravishda oʻzining investitsion siyosatini yoʻlga qoʻyadi”, - dedi prezident.
“Uzoq muddatli shartnomalar barqaror yetkazish berish va shaffof baho belgilashni bir necha yilga taʼminlaydi, foyda ulardan hatto kam boʻlsa ham, - deya tasdiqlaydi Xazanov. – Uzoq muddatli shartnoma spot dahmazasiga qaragandan foydaliroq”.
Uzoq muddatli shartnomalar sohaning oʻziga xosligi sabab juda muhim – uzun investitsion davr, barcha bosqichlarda yuqori kapital xarajatlar, mavsumligini aniqligi va saqlash qiyinchiliklari. Yevropalik islohotchilar aynan shuni kesib tashlasha urinishdi. Natijada esa spekulyativ ralli olishdi, deydi Milliy energetika xavfsizligi jamgʻarmasi bosh direktori oʻrinbosari Aleksey Grivach.
Achchiq tajribani inobatga olib, YEI eski tizimga qaytishga tayyorligini bildirishi mumkin. Ammo istisno qilinmaydiki, Rossiya monopolistining ularga na neft, na spot bilan bogʻliq narxlarni taklif qilib, yirik Yevropa kompaniyalar bilan kelishib olishi osonroq boʻladi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Kolumnistlar
Yevropada energetik inqiroz - kim aybdor?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala