G‘arb shimol sari bormoqchi, biroq joylar Rossiya tomonidan egallab bo‘lingan

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAtomniy ledokol "Yamal"
Atomniy ledokol Yamal  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
G‘arb matbuoti Rossiya qutb mintaqasini o‘zlashtirishda misli ko‘rilmagan darajada ilgarilab ketgani haqida maqolalar bilan to‘lib toshgan.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Maqolalar mualliflari Rossiya taraqqiyotini AQShning hozirgi vaziyati bilan taqqoslashmoqda va hatto shama qilmasdan, balki ochiqchasiga ruslarning Qutb ortidagi sovuq suvlardagi keyingi mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilishmoqda.
G‘arbning keng ommasiga qator ro‘y bergan faktlarni yetkazishmoqda. Masalan, ruslar jadal Murmansk – Vladivostok transarktik suvosti optik tolali aloqa liniyasi loyihasini amalga oshirishmoqda.
“Qutb ekspressi” nomini olgan uzunligi 12,5 ming kilometrli yuqori tezlikdagi magistral 2026-yilga kelib Murmansk viloyatidagi Teriberk posolkasini Uzoq Sharqdagi Vladivostok porti bilan bog‘laydi va nafaqat barqaror zamonaviy aloqani ta’minlaydi, balki olisdagi mintaqalarni yaqinroq qiladi.
Va bu alohida loyiha emas, balki 890 million dollarlik Shimoliy dengiz yo‘lini (ShDY) rivojlantirishning davlat loyihasining bir qismidir. Loyiha qiymati hatto juda badavlat mamlakatlar uchun ham salmoqli.
Gazovie trubi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
O‘zlari qazigan choh: Yevropa Rossiyadan gaz bumerangini oldi
Xorijlik tahlilchilar G‘arb jamoasi uchun yoqimsiz bo‘lgan yana bir faktga e’tibor qaratishmoqda. Rossiya Arktika viloyatlarida ikki yarim million aholi yashamoqda – va bu jami Arktika aholisining yarmi. Ya’ni qutbda yashayotgan har bir ikkinchi kishi – rus.
G‘arbni Kremlning harbiy mashinasi ham cho‘chitmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Shimoliy flot tarkibiga “Belgorod” K-329 nodir atom suvosti kemasi kiritilgan. Rossiya dengizchilari Arktikada “Poseydon” atom torpedasini sinovdan o‘tkazishmoqda. Murmanskda yangi harbiy baza qurilgan. Har yili FXX Chegara xizmatining dengiz qismlari tarkibiga yangi qo‘riqlovchi kemalar kiritilmoqda.
Alohida bosh og‘rig‘i – Rossiya muzorar flotining jadal rivojlanayotgani. Allaqachon qirqdan ortiq kemalar safda shay turibdi, uchtasi qurilmoqda, kelgusi o‘n yilda Moskva yana kamida o‘nta muzorar qurishni mo‘ljallamoqda.
Bu raqamlar yanada g‘azabni keltiradi, zero AQSh qurollanishida ikkita o‘xshash kema Polar Star va Healy bor, xolos. Boz ustiga birinchisi allaqachon o‘zining 30-yillik yubileyini nishonlab bo‘ldi va egizak akasi Polar Sea᾽dan yechib olinadigan ehtiyot qismlari hisobiga yashab kelyapti.
Ikkinchi – umuman muzorar emas, muz tasnifidagi kemadir. Unda o‘tgan yili avgustida simlarning qisqa tutashuvi sabab kuchli yong‘in ro‘y bergandi.
Muzorarlar o‘rtasida muvozanat yo‘qligi ko‘plar uchun yoqimsiz bo‘lgan faktlarni ko‘rsatib qo‘yadi. Hamma muammolarni ham dollar ishlab chiqaruvchi mashina ishga tushirib hal qilib bo‘lmaydi. Donald Tramp Polar Security Cutter loyihasi doirasida budjetdan yangi muzorarlar ishlab chiqish va qurish uchun misli ko‘rilmagan 1,2 trillion dollar ajratgandi.
2024 yilda yangigina amerika muzorarlari dengiz sinoviga chiqishi ko‘zda tutilgandi, biroq hozir bu mavzu borasida biror bir yangilik topishning shunchalik imkoni yo‘q.
Korabli v morskom portu Dudinka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Shimoliy dengiz yo‘li nega Suvaysh kanaliga qaraganda foydaliroq
Lekin eng katta xavotirni boshqa narsa keltirib chiqarmoqda.
Rossiya qutb suvlarida keng ko‘lamli geologik razvedkani ishga tushirmoqda. Avgust oxirida “Bavenit” ilmiy-tadqiqot kemasi Laptevlar dengizining ilgari tekshirilmagan hududlarida razvedka burg‘ulash ishlarini olib bordi.
“Bavenit” chuqurligi 30 metrgacha quduqlarda tuproqning geotexnik tadqiqotlarini bajarishga qodir. Keng maydonlarlarda qidirish ishlarini o‘tkaza oladi. Bu Karsk dengizi (Shimoliy Yerdan janubiy-g‘arbda), Laptevlar dengizi (Lyaxovskiy orollaridan g‘arbroq va shimolroqda) va shartli raivshda Vrangel orolidan ajratilgan Sharqi-Sibir va Chukotka dengizlaridagi uchastkalar.
Bir vaqtning o‘zida xuddi shu marshrutga boshqa ilmiy kema chiqdi – “Akademik Lazarev”.
Shu yerda asosiy narsaga o‘tamiz.
Har qanday global jarayonlarni hech qachon yagona voqealar yuzasidan baholash mumkin emas. Bu his qilish doirasini qisqartiradi va to‘liq kartina va voqealar sur’atini ko‘rishga imkon bermaydi.
OAVlar nima haqida gapirayotganini chuqurroq anglash uchun yaqindagi Glazgodagi iqlim sammiti boshlanishidan oldin yevropalik amaldorlar tayyor, ya’ni ancha oldin tayyorlab qo‘yilgan Arktikada geolorazvedka va qazib olishni to‘liq taqiqlash dasturini e’lon qilishganini esga olish zarur.
Litvaning Yevropa komissiyasidagi vakili Virginiyus Sinkavichus (Virginijus Sinkevičius) allaqanday “Arktika strategiyasini” taqdim etdi. U Yevropaning Arktikadagi barcha iqlimiy jarayonlarga aralashishi hamda keyingi razvedka va uglevodorodlarini qazib olishga to‘liq moratoriy joriy etishni nazarda tutadi.
Strategiya arktik mamlakatlar tomonidan neft-gaz shelfga bo‘lgan har qanday hududiy da’vosidan voz kechishni ko‘zda tutadi. Qizig‘i shundaki, sanab o‘tilgan mamlakatlar orasida AQSh yo‘q, ammo Rossiya, Kanada va Daniya yodga olingan. Chindan ham, misli ko‘rilmagan tasodif.
Zavod po proizvodstvu sjijennogo prirodnogo gaza Yamal SPG v morskom portu Sabbeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2021
Arktika zaxiralari: Rossiya AQShni Yevropadan siqib chiqarishga tayyorlanmoqda
Biroq yevropalik ekologiya himoyachilarining qiziqishi doirasiga nafaqat neft va gaz kiradi. Birinchi bosqichda Yevrokomissiya Grenlandiyada o‘z vakolatxonasini ochmoqchi. Uning yersoti boyliklari, masalan, uranga boy.
Yevropalik amaldorlarlarning shunchalik zo‘r berib qilgan sa’y-harakatlaridan keyin, “Bavenit” va “Akademik Lazarev” sovuq dengizlar hududiga razvedkaga ketayotgan paytda, Rossiya prezidentining Glazgoda bo‘lmagani Vashingtonni shunchalik jahlini chiqarganiga ajablanmay bo‘ladimi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere (Jonas Gahr Støre) “Arktika strategiyasini” keskin tanqid qildi.
Siyosatchi Norvegiya Rossiyadan keyin Yevropaga gaz yetkazib beradigan ikkinchi yetkazib beruvchi ekanini aytdi. Moratoriy joriy etilgan taqdirda energetika resurslari yetkazib berilishi ishonchiligini kafolatlashdan bosh tortadi. Qolaversa, u YeI mamlakatlariga “yashil o‘tishga” yordam bermaydi.
Shuningdek, Oslo Milliy pensiya jamg‘armasini xavf ostiga qo‘yishga qat’iyan qarshi. Uning majmua aktivlari 1,4 trillion dollarga baholanadii va aynan tabiiy gaz va neft mahsulotlari savdosidan tushgan foyda bilan to‘ldiriladi.
Mixaylo Lomonosovning ishonchi komil ediki, Rossiya boyliklari Sibir bilan ortib boradi, biz ishonch bilan qayd etishimiz mumkinki: tabiiy boyliklar uchun kurash hali oldinda va u Arktikada bo‘lib o‘tadi.
U yerda Rossiya qanchalik ko‘p narsaga erishsa, shunchalik baralla undan harbiy bazalarini yopishni, portlarga ilmiy kemalarni qaytarishni va muzorarlar qurilishini to‘xtatishni talab qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0