AQShning jahannamiy sanksiyalari: Nima uchun biz ulardan qo‘rqmasligimiz kerak?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda "Severniy potok"
Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jaxannamiy sanksiyalar AQShning axborot maydoniga va qonunchilikning kun taribiga qaytmoqda. Senatorlar va kongressmenlarning zarbasi ostida – rubl, Rossiyaning davlat qimmatli qog‘ozlari, neft kompaniyalari va gaz quvurlari.

Ivan Danilov. Jahannamiy sanksiyalar AQShning axborot maydoniga va qonunchilikning kun taribiga qaytmoqda. Senatorlar va kongressmenlarning zarbasi ostida – rubl, Rossiyaning davlat qimmatli qog‘ozlari, neft kompaniyalari va gaz quvurlari. “Bonus” sifatida esa AQSh Rossiyani, barcha kelib chiqadigan oqibatlarini qo‘shgan holda, “terrorizm homiysi bo‘lgan” davlat deb e’lon qilishlari mumkin.

Soldati armii Kitaya na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya nashri NATOning yangi asosiy raqibini ma’lum qildi

Amerika parlamentida mamalakatimizga qarshi yo‘naltirilgan bir nechta sanksiyaviy tashabbuslar ko‘rib chiqish holatida bo‘lganligi sababli, ba’zida Rossiya iqtisodiyoti va moliya setorining qaysi segmentlari bosim ostida qolishini kuzatib borish qiyin. Agar barcha sanksiyalar manzarasini qush parvozi balandligidan ko‘rib chiqsangiz, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uchta paketini ajratib olsa bo‘ladi. Birinchi bunday paket Nord Stream-2-ga qarshi bilvosita sanksiyalarni o‘z ichiga oladi va u chorshanba kuni Kongressda ovoz berilgan AQShning 2020-yilga harbiy budjetga kiritilgan, deya xabar beradi AQSh OAVlari. Amerikalik qonun chiqaruvchilar Rossiya gazini sotib oluvchilar yoki xususan “Gazprom”ga qarshi sanksiyalarni qo‘llashdan xijolat bo‘lishdi, ammo ayni paytda Daniya sohilidagi gaz quvurlarni o‘tkazadigan kemalarning egalari bo‘lgan Yevropa kompaniyalariga zarba berishga qaror qilishdi. Natijada, bu kompaniyalarning dollardagi hisob-kitoblarni to‘htatilishi tahdidi va AQSh bilan ishlashi ularni loyihani tark etishga majbur bo‘lishi va shu bilan Gazpromni Ukrainani manfaatlari saqlangan holda Ukraina orqali gaz tranzitini to‘laligicha saqlab qolishga majbur bo‘lishiga olib kelishi rejalashtirilmoqda.

Biroq, Wall Street Journal xabarida aytilishicha: "Gazprom vakili, agar Allseas (gaz quvurlarni o‘rnatadigan kemalarning ega kompaniyasi) loyihani tark etishga majbur bo‘lsa, Gazprom o‘z kemalarini, shuningdek pudratchi kompaniyalarni kemalarni bu ishga sozlash orqali ishni yakuniga yetkazadi".

Emblema Severo-atlanticheskogo alyansa - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya nashri Rossiyaning NATOga kirishi muhimligini tushuntirdi

Sanksiyalarning ikkinchi paketi ham Nord Stream-2-ga zarba, lekin to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l orqali. Agar ushbu qonun loyihasiga ovoz berish Kongress va Senatda o‘tsa, keyin Tramp tomonidan imzolanadigan bo‘lsa, Rossiya gaz quvurining homiylari – uning qurilishini moliyalashtirayotgan Yevropa kompaniyalariga sanksiyalar qo‘llaniladi. Gaz quvurining deyarli bitkazilganligi va barcha zaruriy mablag‘lar jalb qilinib bo‘lganligi sababli ushbu choralar samaradorligidan katta shubhalar mavjud.

Bundan tashqari, shunga o‘xshash loyihani AQSh Senati 2017-yilda ko‘rib chiqqanida, rasmiy Berlin uni nafaqat qoraladi, balki “javob choralari” bilan tahdid qildi. Reuters xabarida: "Agar AQSh Senati tomonidan taklif qilingan Rossiyaga qarshi sanksiyalar nemis firmalarining jazolanishiga olib kelsa, Germaniya javob choralarini ko‘rishi bilan tahdid qildi <...> Germaniya Iqtisodiyot vaziri Bridjit Sipris bayonotiga ko‘ra, agar Tramp rejani qo‘llab-quvvatlasa, Berlin qarshi choralar to‘g‘risida o‘ylashiga majbur bo‘ladi."

Germaniya rasmiylarining pozitsiyasi o‘zgargan deb taxmin qilishga hech qanday sabab yo‘q.

Sanksiyalarning uchinchi paketi – bu AQShning respublikachilar partiyasining ashaddiy rusofob vakillari tomonidan ko‘p gapiriladigan “jahannamiy sanksiyalari”. Qonun loyihasining rasmiy nomi "Amerika xavfsizligini Kreml tajovuzidan himoya qilish to‘g‘risida" (DASKA) bo‘lib, kelgusi haftalarda ko‘rib chiqilishi mumkin. Reuters qonun loyihasining maqsadlari haqida: "Taklif qilinayotgan sanksiyalar maqsadi: chet eldagi saylovlarga aralashish harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya banklariga qarshi; Rossiyaning kiber sektori; davlatning yangi qarzi; to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita noqonuniy va korrupsiyaga (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) ishonchli shaxslari. "Qonun loyihasida Rossiya xazinasining daromadlarining qariyb 40 foiz ulushini tashkil etuvchi neft va gaz sektoriga qarshi qator choralar ko‘zda tutilgan, shu jumladan, mamlakatning neft sanoatini rivojlantirish uchun tovarlar va xizmatlarini taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash ko‘zda tutilgan".

Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin bayonoti: NATOning kengayishi Rossiya uchun tahdiddir

Shuni ta’kidlash kerakki, amerikalik qonun chiqaruvchilar nuqtayi nazaridan yuqoridagi barcha choralar, o‘zini Rossiyadan himoyalashga qaratilgan. “Rossiya o‘z hududini NATO bazalariga yaqinlashtirish bilan unga tahdid qilmoqda” taniqli xazilini boshqacha talqinda aytsak, kongressmenlar va senatorlar AQShga tegishli bo‘lmagan har qanday neft konini o‘ziga nisbatan shaxsiy haqorat, butun bashariy adolatni buzilishi va milliy xavfsizlikka tahdid deb qabul qiladilar. AQShnig boshqa mamlakatlarda qo‘llagan (masalan Suriyada kabi) “neft masalasini” hal   qilish usullarini Rossiyaga nisbatan qo‘llashi Rossiya armiyasi, dengiz floti va yadroviy triadasi tufayli mumkin emas. Shuning uchun senatorlar va kongressmenlar sanksiyalar ko‘rinishida yechimlarni izlashlari kerak.

Biroq, amerikalik siyosatchilari va ekspertlari doiralarida eng keskin hissiyotlarni neft sektoriga qarshi sanksiyalar emas, balki Rossiyaning davlat qarziga nisbatan sanksiyalar keltirib chiqarmoqda. Ushbu “jahannamiy sanksiyalar” tarafdorlari Rossiya davlat obligatsiyalari bilan operatsiyalarni ta’qiqlash, valyuta bozorida rublga talabning pasayishiga olib keladi deb umid qilmoqdalar va valyuta bozoridagi ushbu bosim oqibatlari Rossiya valyutasi kursini susaytiradi.

Ofitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Parij - Sputnik O‘zbekiston
O‘lik miya bilan yubiley. Rossiya NATOdagi kelishmovchiliklardan naf ko‘radimi?

Moliya bozoridagi vahima va valyuta kursidagi qiyinchiliklar, ehtimol, sansiyalar mualliflari Rossiya iqtisodiyoti va jamiyatini buzishni dastagi bo‘lib xizmat qiladi deb niyat qilmoqdalar, bamisoli. Ushbu nazariyaning amalga oshishini bir qator muammolari mavjud. Asosiysi: Rossiya (va bu amerikalik kongressmenlarga tushunish mushkul, chunki ba’zilari sayyora geografiyasini yaxshi bilishmaydi, boshqa mamlakatlarning tarixi va va iqtisodiyoti haqida gapirmasak ham bo‘ladi) – bu odatiy "uchinchi dunyo mamlakati" emas, va davlat obligatsiyalariga investitsiyalarga to‘siq qo‘yish orkali tashqi moliyalashtirishni to‘xtatish – bu Rossiya uchun xalokat emas. 2014-2016 yillarda bizning mamlakatimiz xalqaro bozorlarda xususiy sektorni tashqi moliyalashtirishga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq muammolarning ko‘pini boshidan kechirdi va Rossiya 2000-yillarda davlatning tashqi qarzga bog‘liqligi muammosini ham hal qildi.

Bu "jahannamiy sanksiyalar" Rossiya moliya va valyuta bozoriga ta’sir qilmaydi degani emas. Ta’siri bo‘ladi, albatta. Ammo amerikaliklarning Rossiyani iqtisodiy jahannamga tashlamoqchi ekanliklari aniq amalga oshmayapti. Bundan tashqari, "jahannamiy sanksiyalar " g‘oyasi qadimgi. U senator va kongressmenlarning alohida toifasiga, aniqrog‘i – moliya sohasida hech narsani tushunmaydigan rusofoblarga juda yoqadi.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani dushman sifatida ko‘rmaydi, deb bayonot qildi Stoltenberg

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ulardan biri emas. Ular kabi u ham Rossiyani yoqtirmaydi, ammo u moliyachi va ikki yildan buyon sanksiya berish huquqidan foydalanmayapti va parlament a’zolariga bunday sanksiyalarni kuchaytirish mumkin bo‘lgan qonunlarni qabul qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Eslatib o‘tish joiz, "jahannamiy sanksiyalar"ni joriy qilishga urinishlarga javoban Mnuchin kongressmenlar va senatorlarga maktub yozib, unda o‘z pozitsiyasini bayon qildi.

Uning muloxazalari hanuzgacha Shtatlar jazosiz harakat qilishi mumkinligi va Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarning yo‘qligi faqatgina Amerikaning afsonaviy raxmdilligi bilan bog‘liq degan fikrda bo‘lganlar uchun yoqimsiz bo‘lib chiqadi. Aslida, bu Tramp ma’muriyatining ba’zi bir amaldorlari xaqiqiy bilimlarga va o‘z-o‘zini himoya qilish instiktiga egaligidan dalolatdir: "Rossiya iqtisodi real va moliyaviy sektorlari global biznes va investorlar bilan keng aloqaga ega bo‘lganligi sabali, sanksiyalarning oqibatlari Rossiya hukumati va biznes bilan cheklanmaydi. Xususan, sanksiyalarning kengaytirilishi yirik amerikalik (fondlar va banklar) aktivlarni boshqaruvchilarining raqobatbardoshligiga halaqit berishi va dunyo moliyaviy bozorlari va moliyaviy kompaniyalar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, garchi Yevropa ittifoqi shunga o‘xshash sanksiyalarni amalga kiritsa, raqobat buzilishlari qisman yumshatilishi mumkin. Yevropa Ittifoqi va AQShning boshqa sheriklari tomonidan Rossiyaning yangi suveren qarzi bilan bitimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmasdan amalga oshirilishi, Rossiyaga qarshi AQSh sanksiyalarining kengayishi sanksiyalarning yaxlitligini ta’minlash xarakatlariga putur yetkazishi mumkin. Rossiya iqtisodiyotining ko‘lami, aktivlarning global bozorida o‘zaro bog‘liqligi va keng tarqalishi, shuningdek, AQSh kompaniyalarining global sanksiyalarga haddan tashqari amal qilishlari xisobga olinsa, davlat suveren qarzi va derivativlarga nisbatan sanksiyalarning kengaytirilish oqibatlari va qamrovi noaniq, Rossiya Federatsiyasi va Amerika investorlari va kompaniyalari uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin. "

Prezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Moliyaviy ingliz tilidan odatiy tilga o‘girilganda – AQSh moliya vazirining xavotiri quydagidan iborat: agar Yevropa Ittifoqi ham bu kabi sanksiyalarni qo‘llamasa (garchi Yevropa Ittifoqi bu kabi ishlarni amalga oshirishni xohlamasa ham), unda Vashington nafaqat Rossiyadan javob oladi, balki shunda investorlar, ya’ni Rossiya obligatsiyalarining yakuniy xorijiy xaridorlari – Amerika banklari va investitsiya fondlarini Yevropa, Yaponiya, Xitoy yoki ofshor moliya institutlariga Rossiya aktivlariga  kirish imkoniga ega bo‘lish uchun o‘tib ketishadi. Bundan tashqari, Rossiya aktivlari xalqaro investorlarga 2018-yildagiga qaraganda yanada jozibadorroq, chunki faqatgina rivojlanayotgan bozorlarda (va ayniqsa bizning mamlakatimizda) yevropalik sarmoyadorlar hanuzgacha davlat obligatsiyalariga investitsiyalarning ijobiy va yuqori daromadliligiga umid qilishlari mumkin. Shu asnoda, “jahannamiy sanksiyalar” Rossiya uchun qisqa muddatli noqulaylikka aylanishi mumkin, va buning uchun Amerika moliya sektori pul va mijozlarni yo‘qolishi uchun to‘laydi.

Extimol, “jahannamiy sanksiyalar” va Nord Stream-2-ga qarshi barcha choralar haqiqatdan joriy qilinadi. Biroq, hatto Amerika rasmiylari ham ularning samaradorligiga asosli shubha qilishmoqda. So‘nggi besh yil ichida bunday g‘aroyib takliflar Kongress va Senat tomonidan harakatsiz ushlab turilgani yoki Prezident ma’muriyatining tagida yotgani bejiz emas.

Ammo, agar amerikalik qonun chiqaruvchilar Amerika moliya sektoriga zarar yetkazishga qaror qilsalar va Yevropa Ittifoqini moliya va energetika sohasidagi haddan tashqari Amerika vasiyligidan ozod qilish uchun qo‘shimcha turtki berishsa, bunda tashvishlanishga xojat yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0