10:26 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Analitika
Havola olish
147703

Oʻzbekiston moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov raqamli iqtisodiyot nimaligini va undan nimalar kutilayotganini batafsil tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Raqamli iqtisod bu nima, jaydari qilib tushuntirib bering, degan savolga Oʻzbekiston moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov quyidagicha javob berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Raqamli iqtisod – bu bugungi kunda jahon iqtisodining drayveri, rivojlanish belgilaridan biri.

Raqamli iqtisod - zamonaviy milliy iqtisodlarning qiyofasini oʻzgartirib, ularning samaradorligini va shaffofligini oshirmoqda.

Oddiy misol, raqamli iqtisodda pensiya rasmiylashtirish uchun bitta pasportning oʻzi kifoya boʻladi. Bu haqida prezidentimiz ham oʻz murojaatnomasida aytib oʻtdi. Fuqaro tuman yoki shahar pensiya fondiga murojaat qiladi va ular arxivdan u qayerda ishlagan, qancha oyliy olgani haqida barcha maʼlumotlarni oladi. Oddiy fuqarolar uchun bu - qulaylik degani.

Xufiyona iqtisodga qarshi kurash

Yana bir misol – xufiyona iqtisodiyot. Turli baholarga koʻra Oʻzbekiston umumiy iqtisodida xufiyoni iqtisodiyot miqdori 45 %gacha boʻlishi mumkin.

Raqamli iqtisod bu muammoni ham hal qilishi mumkin. Bu yulda birinchi qadam allaqachon qoʻyildi – bu soliq reformasi. Bu amalga oshdi. Ikkinchisi – qoʻshilgan qiymat soligʻi uchun elektron schet fakturalar yuritish tartibini kiritish. Biz hozir shu ishni amalga oshirayapmiz.

Bu tizim ishga tushganidan keyin, har bir soliqchi soliq tizimi saytiga oʻzining shaxsiy kabinetiga kirib oʻz soliqlarin koʻrsatib boradi. Biz shu asosda har bir tovarning ishlab chiqarilganidan boshlab to xaridorga yetib borgunicha kuzatib boramiz. Yoʻlda bu tovar yoʻq boʻlib ketmasligi kerak.

Mehnat samaradorligini oshiradi  

Lekin raqamli iqtisodning asosiy vazifasi - iqtisodiyotning samardorlgini oshirishdadir. Har bir davlatning vau uning rahbarining vazifasi – inson kapitalini qiymatini oshirish. Har bir odamni malakasi oshirilsa – uning mehnati kimmatrok turadi, u koʻproq maosh oladi.

Mantiqiy ketma-ketlikning davomi  

Bugungi kunda Oʻzbekiston bozor iqtisodidyoti tizimini joriy qilish yoʻlidan bormoqd. Maʼlumki bozor iqtisodiyotini dunyoning 200ta davlati qabul qilgan. Lekin bozor iqtisodiyoti rivojlanishning zaruriy sharti, yetarli sharti emas. Aks holda ushbu davlatlarning barchasi boy-badavlat yashardi.

Ushbu nuqtai nazardan prezident eʼlon qilgan propiska tizimini bekor qilish, paxta va gʻallaga boʻlgan davlat buyurtmasini bekor qilish, korruptsiyaga qarshi kurash organi tuzilishi  - bularning brachasi  oxir oqibat iqtisodiyotga tegishli boʻlgan  bozor iqtisodining zaruriy shartlarini yaratish  yoʻlida qilinayotgan choralardir.

Masalan propiskani bekor qilinishi – ishchi kuchi bemalol yaxshi ish bulgan joyga borib ishlay oladi. Maʼlumki, ish oʻrinlari odamlar orqasidan yurmaydi odamliar ish orqasidan yuradi.

Shu maʼnoda raqamli iqtisodiyotga oʻtish – islohotlarda mantiqiy ketma-ketlikning munosib davomchisi va drayveridir.   

Maqsad - iqtisodiy farovonlik

Har bir davlatning asosiy maqsadi iqtisodiy oʻsish va farovonlik – qolgan hamma narsalar shulardan kelib chiqadi.

Xar bir mamlakatning faravonligi uning YAIMi bilan belgilanadi. Chunki YAIMdan tashqarida hech narsa yoʻq, oddiy soʻz bilan aytshganda. Xalqning davlatning harakat maydoni – mana shu yalpi ichki mahsulot. YAIM katta boʻlsa birovga yordam puli nafaqa berishingiz mumkin.

Prezident qoʻygan vazifalardan yana biri – Oʻzbekiston YAIMini 5 yilda 100 millard dollarga chiqarish vazifasidir.

Bugungi kunda Oʻzbekiston  YAIMi 58 milliard dollar boʻlib, aholi jon boshiga 1725 dollardan toʻgʻri keladi.

2024 yilda ushbu koʻrsatgich 1000 milliard boʻlsa, u aholi jon boshiga 2800 dollarni tashkil qiladi. Bunda aholi soni oshishi (36 mlrd) va dollar kursining oshishi (12 000 soʻm) ham hisobga olingan.

YAIM kupaymasa farovonlikni taʼminlashning iloji yuk. Bor narsani kupaytirmasdan turib uning taqsimotini oʻzgartirish bilan kambagʻalllikni yengib bulmaydi.

Raqamli iqtisod bozor iqtisodi bilan bir vaqtda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotini oshirishga xizmat qiladi.   

Asosiy mavzular