13:27 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
934 0 0

Xitoy kamdan kam hollarda oʻziga notanish boʻlgan maydonda, birov oʻrnatgan qoidalar asosida  “jangga” kiradi.

Aksariyat ekspertlar Xitoydan AQShning “koronavirus tarqatish” va jahon iqtisodiyotini barbod qilishdagi aybnomalariga munosib javob qaytarishini kutib, turgan bir vaqtda Xitoy mutlaq boshqacha yoʻl tutdi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksey Maslov.

Xitoy kamdan kam hollarda oʻziga notanish boʻlgan maydonda, birov oʻrnatgan qoidalari asosida  “jangga” kiradi. Bu Xitoy siyosatining eʼtiborli xususiyatlaridan biridir.

Bu safar ham Xitoy mutlaq kutilmagan tomondan zarba berdi.  Umumjahon iqtisodiy inqirozi arafasida u yangi elektron valyuta sinovdan oʻtkazishni boshlaganini eʼlon qildi. Oxir oqibatda ushbu valyuta Xitoyni jahon miqyosida dollarga mutanosiblikdan xalos qilishga qaratilgan.

Aslida XXR 2000 yillar boshidan buyon Yuanni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylantirish masalasini hal qilishni istab kelayotgan edi. Ushbu yoʻlda Xitoy aksariyat davlatlar kabi yoʻl tutib, yuanni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylantirganida, u barbir eski va ishonchli dollar tizimiga bogʻlanib qolishi aniq edi.

Lekin Xitoyga bunday bogʻliqlik kerak emasdi. U birinchi navbatda oʻzi uchun foydali boʻlgan, ikkinchidan yangi va kelajakki intilgan tizimga oʻtishni istar edi. Dastlab ular dollarsiz faqat milliy valyutalar asosida hisob-kitob  qilish tizimini koʻrib chiqishdi. Ushbu tizim Rossiya bilan hisob-kitoblarda faol ishlatildi. Lekin bunday tizim ham qisman boʻlsada “dollarli  iqtisod”ga bogʻliq edi.

Xitoy rahbariyati uzoq yillar davomida Yuanni xalqaro toʻlovlar tizimiga kiritish yoʻllarini izlab kelayotgan edi. Bu jahon iqtisodiyotida Xitoy tutgan oʻrnini aks etishi, yuanning savdo va investitsion valyuta sifatida qadrini oshirishi kerak edi.  

Bugungi kunda yuan xalqaro tan olinishni istaydigan lekin erkin konvertatsiyada boʻlmagan yagona yirik valyuta sifatida qolmoqda. SWIFT hisobotiga koʻra 2017-2019 yillarda umumjahon toʻlovlarida yuan ulushi 28 bazis punktga oshgan, 2019 yilda jahon YAIMida Xitoy ulushi 19%ni tashkil qilgan boʻlsada yuanning jahon savdosidagi ulushi 2,2 %ni tashkil qilmoqda. Ushbu koʻrsatgich 2011 yildan buyon 1,7%ga oshgan boʻlsada - baribir  juda past miqdorda qolmoqda.

Dollar va yevro esa mutlaq boshqacha vaziyatda. AQShning umumjahon YAIMidagi oʻrni 15%ni, Yevropa Ittifoqining ulushi – 16%ni tashkil qilsada dollarning umumjahon savdosidagi ulushi 39%, Yevroniki – 34%ni tashkil qilmoqda. Chegaralarora savdoda yuan hozira 5 oʻrinda qolmoqda. Oldinda, dollar, yevro, funt va iyena.

Bunga qisman Xitoydagi moliyaviy barqarorlik hamda kapital erkin harakatlanishiga boʻlgan chelovlar sabab boʻlishi ham mumkin.

Rasman yuanning jahon iqtisodiyotidagi oʻrni yil sayin oshib kelayotgan boʻlsada, lekin xalqaro bozorda yuanning keskin ommaviylashishi kuzatilmadi. Aslida yuanni xalqaro bozorga kirishiga qoʻyilgan toʻsiqlar ham koʻp boʻldi. Yuanga nisbatan bir qator talablar ham koʻplab qoʻyildi, xususan savdo munosabatlariga davlat aralashuvini cheklash, erkin konvertatsiyaga joriy etish va boshqalar.

Shu sababli XXR boshqacha yoʻl tutishga qaror qilgan. Mavjud valyuta tizimiga kirishga emas, oʻz valyutasini yaratish orqali dollardan mutlaq voz kechish yoʻlini tanlagan. 2020 yilning aprel may oyida Xitoy elektron yuan tizimini joriy etdi. Bu biror korporatsiya tomonidan emas dunyoning eng yirik iqtisodlaridan biri boʻlgan davlat tomonidan  boshqariladigan birinchi elektron pul tizimi boʻladi.

Ushbu valyutan faol tatbiq etish vaqti ham bejiz tanlanmagan. Yuqumli kasallik tarqalayotgan va odamlar jismoniy muloqotni kamaytirishga harakat qilayotgan bir vaqtda, davlat tomonidan taʼminlangan kibervalyuta talabgir va ishonchli hisob-kitob vositasi boʻlishi mumkin.  

Lekin Xitoy elektron pulining yana bir xususiyatini alohida qayd  etish kerak. Mavjud elektron pullarning aksariyati oʻz egasini yashiradi va shu sabab ulardan noqonuniy operatsiyalar uchun ham foydalaniladi. Xitoy kibervalyutasi esa milliy toʻlov tizimlari uchun shaffof boʻlishi kerak.

Xitoy uchun yangi toʻlov tizimi dollar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar oʻrnini toʻlaqonli bosuvchi vosita boʻlishi kerak va Xitoy hukumati yoki korporatsiyalarig qarshi qoʻllaniladigan har qanday sanktsiyalardan himoya qilishi kerak.

Xitoy Markaziy banki yangi toʻlov tizimini bir necha shaharlarda sinovdan oʻtkaza boshladi. Bular Shenchjen, Suchjou, Chendu, hamda Pekin janubida joylashgan Syunan shaharlaridir. Bu yerda 2022 yilda qishgi Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda. Kiberyuandan Syunanda transportga subsidiyalar ajratish hamda oziq ovqat mahsulotlari va chakana savdoda hisob-kitob qilish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

Bir qarashda bun yerda hech qanday yangilik yoʻqtek tuyuladi. Elektron toʻlovlar har bir xitoylik uchun allaqachon oddiy ishgan aylangan. Lekin shu vaqtga qadar ular turli banklar tomonidan joriy etilgan boʻlib, ulardan qoʻshimcha qulay toʻlov vositasi sifatida foydalanib kelinayotgan edi.Endi boʻlsa ushbu toʻlovlar Xitoy Markaziy banki tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshirilmoqda va ular iqtisodiyotni markazlashtirilgan tartibda toʻliq “raqamlashtirishni” nazarda tutgan.

Xitoy OAVlariga koʻra, raqamli valyuta aynan hozir tezlashtirilgan tartibda joriy etilayotganining sababi, dollarning AQSH tashqi siyosati quroliga aylanganidir. AQSH oʻz istagiga koʻra istalgan davlat yoki kompaniyani SWIFT toʻlovlar tizimidan chiqarib tashlash kabi bir tomonlama sanktsiyalar kiritayotgani bilan bogʻliqdir. Bunday tahdidlar Eron, Venesuelaga nisbatan qoʻllanilgan edi. Avstraliya hukumati ham ana shunday cheklovlar tufayli Huawei kompaniyasi bilan shartnomalardan voz kechishga majbur boʻlgan edi.

Ikkinchidan esa, Xitoy ana shunday yoʻl bilan investorlar va biznesmenlar uchun dollar tizimiga muqobil sarmoya va hisob-kitob vositasi yaratish istagidadir.

Uchinchidan esa, “raqamli yuan” kelajakda “Bitta belbogʻ bitta yoʻl” tashabusiga kirgan mamlakatlar orasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.

Jahon iqtisodiyoti stagnatsiya his qilayotgan vaqtda yangi toʻlov tizimining kiritilishi mahsulot ayirboshlashni ancha jonlantirishi, Xitoy “yumshoq kuchi”ga qoʻshimcha muvaffaqiyat berishi mumkin. Lekin yangi valyuta foydalanuvchilari “raqamli yuan” emitenti va boshqaruvchisi boʻlgan Xitoy moliya tizimiga bogʻlanib qolishi aniq.

Asosiy mavzular