21:40 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
791 0 0

Sentyabr oyida Rossiya Tergov qoʻmitasida natsizmni oqlash va tarixni soxtalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tashkil etildi

Alohida boʻlinmaga nima sababdan ehtiyoj tugʻildi, bu singari ishlarni taftish qilishning qiyin tomonlari nimada, tergovchilar qanday bilimlarga ega boʻlishlari kerak va nega Rossiya chet eldagi harbiy sharaf ramzlari tahqirlanishiga munosabat bildirishga majburligi haqida Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrыkin RIA Novostiga bergan intervyuda gapirib oʻtdi.

— Aleksandr Ivanovich, yaqinda Tergov qoʻmitasida natsizmni reabilitatsiya qilish va Vatan tarixini soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish bilan shugʻullanuvchi yangi boʻlinma tashkil etildi. Bu xabar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarni yuzaga keltirdi. Aytingchi, bunday boʻlinmani tashkil etish zarurati nega yuzaga keldi?

— Barchaga maʼlumki, Nyurnberg harbiy tribunali hukmi Ikkinchi jahon urushi sabablariga baho berishda muhim bosqich boʻlgan edi. Ikkinchi jahon urushini boshlashda va olib borishda javobgar boʻlgan natsist jinoyatchilarining kirdikorlari jinoiy deb tan olinganini barcha yodda saqlamogʻi lozim. Shunga qaramay, bugun davom etayotgan axborot urushi sharoitida mamlakatimiz ichida kabi, chet elda ham natsizmni reabilitatsiya qilishga boʻlgan urinishlar soni ortib bormoqda, shuningdek, biz fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada bizning mamlakatimiz oʻynagan rolga soxta baholar berilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Adolatni qayta tiklash maqsadida bu singari holatlarga qarshi kurash faoliyatini faollashtirish lozim. Shuningdek, jamiyatimizning Vatan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirish va tarixiy haqiqatni himoya qilishga boʻlgan intilishi oʻzining qonuniy aksini topdi va endilikda Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan.

— Bu singari harakatlar hozir qanday jazolanmoqda?

— Rossiya Jinoyat kodeksining natsizmni reabilitatsiya qilish toʻgʻrisidagi moddasi normalari (Rossiya JK 354.1-moddasi) hozirda natsizm ramzlar va fashizm mafkurasini tarqatishga urinmoqchi boʻlganlarga nisbatan qoʻllanilmoqda. Soʻnggi misollar sifatida "Oʻlmas polk" onlayn aktsiyasida sodir boʻlayotgan voqealarga munosabatimizdir: Rossiyaning bir qancha subʼyektlari aholisi internet-saytda natsistlar va Vatan xoinlari fotosuratlarini joylashgan. Jinoyat ishlarining bir qismi yakuniy bosqichda, ayrim figurantlar sudga tortilgan, ulardan biri, Permda yashovchi Daniil Simanov ustidan allaqachon sud hukmi oʻqildi va u 200 soatlik majburiy ishlarga jalb etilishi koʻrinishidagi jazoni oldi. Sud tomonidan tayinlangan jazo jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga toʻliq javob beradi, deb hisoblayman, Simanovga nisbatan eʼlon qilingan hukm ham shundan dalolat beradi. Shu sababli, jinoyat qonunining ushbu normasini jazolash instrumenti sifatida qoʻllanilayotgani toʻgʻrisidagi ayrim luqmalar va kontslagerlar bilan bogʻlab unchalik tushunarli boʻlmagan chiziqlarni oʻtkazilishi faqatgina taajjubni keltirib chiqarmoqda.

— Bunday tergov ishlarining qiyin tomonlari nimada?

— Bir qarashda jinoyatning bu tarkibida hammasi ravshan va oddiydek. Ammo bu unday emas, bu oddiylikning ham oʻziga xos xususiyati bor. Jinoyat sodir etish holatlarini aniqlashda shunchaki u yoki bu gapning tarixiy voqealarga mos kelmasligi faktini aniqlashdan iborat emas. Maʼno aynan shaxs noqonuniy hatti-harakatlarining motivi va maqsadini aniqlashdir, va bu harakatlar SSSR faoliyati haqida qasddan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishda oʻz ifodasini topadi.

Shu nuqtai-nazardan, natsizmni reabilitatsiya qilish toʻgʻrisidagi modda boʻyicha dastlabki tergovning baʼzi xususiyatlari, uning oʻziga xosligi, shuningdek, orttirilgan tergov tajribasi Tergov qoʻmitasi tuzilmasida alohida boʻlinma tarkib topishiga olib keldi.

Ammo, alohida tergov qilinadigan faktlar ham koʻnikma hamda bilim oʻzaro uygʻunligini talab etadi. Axir bu muammoning ahamiyati, bu qanchalik qaygʻuli boʻlmasin, oʻsish tendentsiyasiga ega.

— Lekin tarixning chuqur tahlilini talab qiluvchi boshqa bundanda murakkabroq jinoyatlar boʻlishi mumkin-ku. Xodimlaringiz bunday holatlarni ham tergov qila oladimi?

— Yangi boʻlinma tarkibiga bu singari jinoyatlarni tergov qilishda tajribaga ega Tergov qoʻmitasi tergovchilari kiritiladi. Bu xodimlar, oʻz navbatida, nafaqat yurisprudentsiya, xalqaro huquq, balki tarix boʻyicha ham keng bilimlarga egalar. Ular natsiyatlar jinoyatlari haqidagi ishlarni tekshirish davomida urush va urushdan keyingi davrdagi koʻplab miqdordagi arxiv materiallarini tahlil qilganlar, zarurat tugʻilganida olimlarni hamkorlikka chorlaganlar.

Bundan tashqari, bunday ishlar boʻyicha biz tomonimizdan zarur sud ekspertizalarini, jumladan, tarixiy ekspertizalarni oʻtkazish taʼminlanadi. Dunyo miqyosida oʻrnatilgan va tan olingan tarixiy faktlarning leksik konstruktsiyalariga baho berishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu ishning butun hajmi jinoyatni malakalash belgilarini aniqlashga qaratilgan boʻlib, ularsiz jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Tergovchi, shu jumladan, Nyurnberg harbiy tribunali qaroriga asoslangan xalqaro huquqning amalda mavjud normalariga tayanadi. Va albatta, bu yoʻnalishdagi ishlar, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tarixiy faoliyatga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin emas. Natsistlarni qahramonlashtirish, ularning insoniyatga qarshi jinoyatlarini oqlash, xalqimiz xotirasini tahqirlash bu boshqa, bu uchun jinoiy javobgarlik bor, buni puxta ilmiy faoliyat bilan taqqoslab boʻlmaydi. Yangi boʻlinma jinoyatlarni bevosita tergov qilishdan tashqari muvofiqlashtirish markazi rolini bajaradi, u mintaqaviy tergov organlariga jinoiy ishlarni tekshirishda uslubiy-tahliliy yordam koʻrsatadi.

Bundan tashqari, ushbu faoliyat yoʻnalishida tergovchilarning mavjud tajribasi umumlashtiriladi va bunday faktlarni baholashda birlashtirilgan huquqiy yondashuv taʼminlanadi. Shuni taʼkidlashni istardimki, ishning bu yoʻnalishi bilan bir qatorda bizning boshqa jinoyatlarni tergov qilish bilan bogʻliq ustuvor vazifalarimiz doimo diqqat markazda boʻlib qolmoqda.

— Boshqa mamlakatlarda bu singari jinoyatlar yoki natsistlar mafkurasini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun jinoiy taʼqib bormi?

— GFR Jinoyat kodeksida aksil-konstitutsiyaviy tashkilotlarning targʻibot materiallarini tarqatganlik uchun javobgarlik koʻzda tutilgan, "mazmuni milliy sotsializm mafkurasi bilan bogʻliq boʻlgan" materiallarni tarqatganlik uchun malakalash belgisiga koʻra kuchaytirilgan javobgarlik belgilanadi. Isroilda xolokostni rad etganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Belarus Respublikasida ham natsizm reabilitatsiyasi uchun jinoiy javobgarlik bor. Aytgancha, hozirda GFR yerlar adliya boshqarmasi Markaziy idorasi bilan Lyudvigsburgdagi natsional-sotsializm jinoyatlarini tergov qilish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqdamiz.

Shu bilan birga, biz Litva, Latviya va Estoniyada faoliyati Nyurnberg tribunali tomonidan jinoiy deb topilgan SS boʻlinmalari sobiq harbiy xizmatchilari tashkilotlari qay tarzda ragʻbatlantirilayotganini koʻryapmiz. Ukrainada oʻquvchilarni tinch aholining ommaviy qatl etilishiga aloqador boʻlgan natsistlar qabriga gulchambarlar qoʻyishga olib borishadi, gitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilganlar qahramonlar sifatida koʻrsatilmoqda. Yevropada revanshistlar va neonatsistlar bosh koʻtarmoqda, jumladan, ular Avstriya, Italiya, Ispaniyada faollashmoqda. Hozircha bu singari holatlar, chamasi, bu davlatlar rahbariyatini choʻchitmayapti, ammo kelgusida ular jamoatchilik ongiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

— Chet eldagi voqealar qaysidir maʼnoda Rossiyaga tegadimi?

— Natsizmni reabilitatsiya qilish va Rossiyaning harbiy shon-sharafi ramzlarini tahqirlashga urinishlar chet ellarda qayd etilmoqda. Amaldagi jinoiy qonunchilik bizni bu singari jinoyatlarga munosabat bildirishga majbur etadi. Tergov qoʻmitasi tomonidan Ukraina milliy xotira instituti raisi Vladimir Vyatrovichga nisbatan ochilgan jinoiy ish boʻyicha tekshiruvlar davom etmoqda - u Xalqaro harbiy tribunalning "oʻq mamlakatlar" asosiy harbiy jinoyatchilarini sud qilish va jazolash toʻgʻrisidagi hukmida belgilangan faktlarni muntazam ravishda rad etishda ayblanadi, Latviya Respublikasi fuqarosi, "SS Latviya legioni" veterani Visvaldis Latsisga nisbatan dastlabki tergov olib borilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, 2017 yilning noyabrida Rigada uning muallifligi ostida "Latviya legioni haqiqat nuri shuʼlasida" kitobi chop etilgan boʻlib, matnda u "SS Latviya legioni" politsiya bataloni tomonidan tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan harbiy jinoyatlarni maʼqullagan. 2020 yilning aprelida Latsis vafot etdi, ammo figurantning vafoti munosabati bilan jinoiy ishning toʻxtatishga faqatgina uning yaqin qarindoshlari roziligi mavjud boʻlganidagina yoʻl qoʻyiladi. Yaʼni uni oqlamaydigan asoslar boʻyicha. Shu bois, jinoiy ish boʻyicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

Joriy yil Chexiya Respublikasida Rossiyaning harbiy shon-sharafining ramzi boʻlgan Sovet Ittifoqi marshali Ivan Konev yodgorligi buzilishi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi va tergov qilinmoqda.

Yaqinda Litva Respublikasining Jejmaryay shahrida qizil askarlar birodarlar qabristoni yaqinida joylashgan, shaharni ozod qilishda halok boʻlgan Qizil Armiya askarlari yodgorligi tahqirlanishi boʻyicha yana bir holat qayd etildi. Shubhasizki, ushbu holatlar Rossiya TQ tergovchilari uchun munosabat bildirishga asos boʻldi - ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan protsessual tekshiruv oʻtkazilmoqda.

— Pirovardida nimaga erishmoqchisizlar?

— Bizning vazifamiz — tirik va jon fido qilgan xaloskor-jangchilar, tinch aholi, natsistlar qurbonlarining ezgu nomini himoyalash. Urush saboqlarini yodga olish va bilish - ayni hozir fojialar va xatolarning oldini olish imkoniga ega boʻlish demak. Shularni hisobga olgan holda biz tomonimizdan yaqinda Tergov qoʻmitasining qidiruv va arxiv ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha shtabi tashkil etildi, uning tarkibiga hududlarida "Muddati yoʻq" loyihasi boʻyicha arxiv, tarix-razvedka va  qidiruv ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boshqa idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari, Rossiya Tergov qoʻmitasi markaziy apparati va tergov organlari boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari kiradi.

Urush ochishda masʼuliyatni natsist jinoyatchilari va antigitler koalitsiyasi davlatlari zimmasiga birdek agʻdarish, Natsist jinoyatchilari va ularning sheriklarini oqlashga urinish - bu shunchaki tarixni soxtalashtirish, deb boʻlmaydi. Bu harakatlar gʻayriqonuniy va bir vaqtning oʻzida axloq chegaralaridan chiqqan, bu dunyoni bir qarashda ayon boʻlgan va yuridik jihatdan oʻz isbotini topgan yovuzlikdan xalos etganlar xotirasini tahqirlashdir. Aynan shu uchun ham bix tarixiy haqiqatni buzib koʻrsatilishiga, xususan, jinoiy-huquqiy choralar bilan ham qarshilik koʻrsatishimiz shart.

Asosiy mavzular