Migrantlarsiz ish bo‘lmaydi: Rossiya qurilish kompaniyalari xorijliklarni kutmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroyploshadke
Rabochiy na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qurilish sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq vaziyat qanday va nima uchun chet ellik ishchilar rossiyalik ish beruvchilar tomonidan qadrlanadi – batafsil maqolamizda o‘qing.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga binoan Rossiya hukumati 1-martga qadar qurilishlarga mehnat migrantlarini soddalashtirilgan tarzda jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishi zarur.
Pandemiya sabab yopilgan chegaralar so‘nggi yilda Rossiya qurilish obyektlarida ishchi kuchi yetishmasligini keltirib chiqardi. Ammo ba’zi Rossiya kompaniyalari bu masalani qator mamlakatlarning vakolatli idoralari bilan hamkorlikda hal qilishni boshlagan. Ular migrantlarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilishmoqda. Sputnik Rossiyada qurilish sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq vaziyat qandayligi va nima uchun chet ellik ishchilar rossiyalik ish beruvchilar tomonidan qadrlanishini o‘rgandi.
Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

Migrantlar mehnatsevar, janjalni xush ko‘rishmaydi

Rossiyaning “PIK-Industriya” va “TexStroy” qurilish kompaniyalari O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda respublikadan ishchilarni tashkillashtirilgan holda saralab olishni yo‘lga qo‘ydi. Bu tizim ham ish beruvchilar, ham nomzodlarning o‘zi uchun mehnat migratsiyasining qonuniy va xavfsiz yo‘li.
Rossiya qurilish kompaniyalari Moskva va Moskva viloyatidagi qurilishlarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha 14 ming nafar mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirishmoqda. Mutaxassisliklar orasida  montajchi, elektr payvandchi, elektr montajchi, g‘isht teruvchi, armatura, qoliplash, beton plitalarni joylash va ichki pardozlash bor.
Migranti na stroyke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
“TexStroy” MChJ loyihasi rahbari Nikolay Popov kompaniya nima uchun o‘zbekistonlik ishchilarni tanlaganini izohlab turib, ular mehnatsevarligi va janjalkash emasligi, aksariyati dini sabab alkogol va giyohvand moddalariga moyil emasliklarini qayd etdi. 2020-yil dekabrida firma tashkillashtirilgan holda 472 nafar migrantni ishga oldi. Hozir bo‘lajak xodimlar ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishmoqda va tez kunda o‘z mehnat vazifalarini bajarishga kirishishadi.
“Respublika fuqarolari o‘zlarini payvandchi, g‘isht teruvchi, duradgor va betonchi sifatida yaxshi ko‘rsatishdi”, - deydi Popov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Putin xorijlik hamkasblari bilan migrantlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi
Qurilish kompaniyalari yanvar oxirigacha O‘zbekistonning Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida suhbat o‘tkazmoqchi. Rossiya firmalari 21 yoshdan 50 yoshgacha, kamida bir yillik tajribaga ega, rus tilini suhbat qurish darajasida biladigan nomzodlarga qiziqish bildirmoqda. Tanlovdan o‘tganlar 60 ming rubldan 100 ming rublgacha maoshga da’vogarlik qilishlari mumkin. Migrantlar yotoqxona, maxsus kiyim-bosh hamda ishning birinchi oyida ovqat bilan ta’minlanadi.

Ishchilar yetishmayapti

GK “Ingrad” qurilish departamenti direktorining o‘rinbosari Svetlana Babkina Sputnik agentligiga hozir qurilish firmalariga obyektlarda mehnat migrantlari yetishmayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xorijlik ishchilarni qadrlaydi, chunki ular o‘zlarining intizomi, bardoshliligi va qoidalarga aniq rioya qilishlari bilan ajralib turishadi.
Babkina kompaniyada yaqin xorijiy mamlakat fuqarolari kelmayotganligi sabab qiyinlik yuzaga kelganini ta’kidladi. Kompaniya obyektlaridan ishchilarning 60 foizini xorijliklar tashkil etadi.
HeadHunter xizmati ma’lumotlari ham Rossiya bozorida quruvchilar yetishmayotganidan darak beradi. 2020-yili martdan mayga qadar qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari soni uchdan birga qisqardi va cheklov choralari va iqtisodiy noaniqlik sabab yuzaga kelgandi.
Stroitelstvo - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi
Birok keyin soha jonlana boshladi – iyun oyiga kelib Rossiya bo‘ylab qurilishda vakansiyalar hissasi o‘rtacha 38 foizga o‘sdi va 2020-yil fevraldagi kovidga qadar ko‘rsatgichlardan oshdi. Bo‘sh ish o‘rinlari cho‘qqisi 2020-yil sentabr oyiga to‘g‘ri keldi: bu oyda ish beruvchilar xodimlarni yollash haqida 70 mingdan ziyod e’lon berishdi. Bu 2020-yil yanvaridagi ko‘rsatgichga qaraganda 64 foizga ko‘proq.
“Avgust oyida qurilish sohasidagi bitta bo‘sh ish o‘rniga faqat ikkita nomzod to‘g‘ri kelmoqda – bu mehnat resurslari yetishmasligini anglatadi”, - deya ma’lum qildi hh.ru. matbuot xizmati Sputnik agentligiga.

Ayrim qurilish obyektlarida ish deyarli umuman to‘xtab qolmadi

Davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan qurilishlarda ish boshqalariga qaraganda yaxshi ketmoqda – ish deyarli umuman to‘xtab qolgani yo‘q, deydi 31 yoshli tojikistonlik Ahliddin Saidov. U Moskvada qurilayotgan kasalxonalarning birida brigadir bo‘lish ishlaydi.
“Pandemiya vaqtida ishlarimiz ikki haftaga to‘xtab qoldi, xolos. Xudoga shukur, hozir bunday emas. Ayrim migrantlar ish va maosh yuzasidan qiyinchilikka duch keldi. Lekin biz davlat obyektini qurar edik, shu bois ishlashda davom etardik”, - deya eslaydi u.
O‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishga jalb qilish masalalari muhokama etilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishga jalb qilish masalalari muhokama etilmoqda
Saidovning ta’kidlashicha, uning ish beruvchisi migrantlarni yotoqxona bilan ta’minlaydi, hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi. Ishchilarga soatbay haq to‘lanadi: 180 rubldan 220 rublgacha. Oddiy ishchi oyiga o‘rtacha 40 ming rubldan 50 ming rublgacha pul ishlab oladi.

Quruvchilikdan kuryerlikka

Qator kompaniyalar baribir moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan va bu ishchilarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Tojikistonning Tursunzoda shahridan bo‘lgan Abdumalik Karimov “Skolkovo”da qurilayotgan korxonada brigadir edi, lekin ko‘p o‘tmay qisqartirilgan.
“Men zaxira guruhida edim: bizni istalgan vaqtda ishga chaqirishardi. Hech qanday barqarorlik yo‘q edi. Dekabr oyida esa hech qanday tushuntirishlarsiz barcha ishchilarga javob berib yuborishdi”, - deydi Abdumalik.
Vo vremya pandemii ne tolko migrantam ne xvatalo Moskvi, no i Moskve — migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar qadri: Moskvada pandemiya vaqtida qaysi ishchilar yetishmasligi yuzaga keldi
Ammo u sarosimaga tushib qolmagan va kuryerlikka o‘tgan. Abdumalikning tan olishicha, kuryer sifatida u ko‘proq pul ishlayapti: oyiga o‘rtacha 70 ming rubldan ziyodroq, qurilishda esa 60 ming rubl olgan. Lekin ba’zan kuryerlarning ish soati kuniga 13-14 soatgacha cho‘ziladi.
Shu bilan birga turli sohalarda o‘z ishlaridan ayrilgan migrantlar o‘zlarini boshqa sohaga urishgani kuzatilgan. Shulardan biri tojikistonlik Timur Zafarov. U Samarada kafeda ishlagan. Lekin pandemiya boshlanishi bilan ishidan ayrilgan va bir yarim oy uyda o‘tirgan. Shundan so‘ng Moskvaga kelib, bo‘yoqchi sifatida ishlashni boshlagan.
“Ish haqi vositachining saxiyligiga bog‘liq. Bir kunda 1800 rubldan 3000 ming rublgacha pul topaman”, - deydi u.
Yangiliklar lentasi
0