13:14 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Kolumnistlar
Havola olish
216710

Pandemiyadan keyin dunyo yetakchilarining birinchi yirik uchrashuvi noyabr oyining oxirida Ar-Riyodda boʻlib oʻtadi - albatta, “Katta yigirmalik” sammiti nazariy jihatdan keyinga qoldirilishi mumkin

Pandemiyadan keyin dunyo yetakchilarining birinchi yirik uchrashuvi noyabr oyining oxirida Ar-Riyodda boʻlib oʻtadi - albatta, “Katta yigirmalik” sammiti nazariy jihatdan keyinga qoldirilishi mumkin, ammo, ehtimol, yuzma-yuz muloqotni sogʻingan davlat rahbarlari, bunday dramatik va ogʻir yil oxirida uchrashish imkoniyatidan bosh tortishmaydi. Sammitga 84 yoshli qirol Salmon mezbonlik qiladi, ammo aslida mezbonlikni uning oʻgʻli va merosxoʻri 34 yoshli Muhammad amalga oshiradi. Mehmonlardan biri esa Vladimir Putin boʻladi, u uchun bu safar Saudiya Arabistoniga uchinchi tashrif boʻladi.

Saudiya Arabistoni va Rossiya oʻrtasidagi geosiyosiy yaqinlashuv soʻnggi yillarda eng muhim tendentsiyalardan biri hisoblanadi. Uning eng yorqin dalillari - bu neft bozoridagi hamkorlik: 2016 yil oxiridan boshlab amalda boʻlgan OPEK+ kelishuvi (bu yerda asosiy oʻyinchilar aynan saudiyaliklar va ruslar). Joriy yilning mart oyida tomonlar uni uzaytirish parametrlari boʻyicha kelisha olmadilar va shartnoma tuzmadilar - ammo aprel oyida, neft narxining oʻta keskin pasayishidan soʻng, yangi shartnomani imzoladilar. Ammo neft - Rossiya-Saudiya yaqinlashuvining bir qismidir va uning meʼmorlari sifatida Putin va Muhammad chiqishmoqda. Besh yil davomida ular koʻp narsalarga erishdilar va hozirda barchasi qanday boshlangani haqidagi juda qiziqarli tafsilotlar namoyon boʻlmoqda.

Yoʻq, salkam bir asrlik baʼzida notekis Saudiya-Rossiya munosabatlarida emas. SSSR yosh qirollikka (shu jumladan, neft taʼminoti bilan) faol ravishda yordam bergan 1920-1930 yillarda koʻtarilishdan boshlab, ular deyarli yarim asrga uzilib qoldi. Saudiya monarxiyasi AQShning eng yaqin ittifoqchisiga aylandi, SSSR bilan esa diplomatik aloqalarni uzdi. Amerikaliklar dindor saudiyaliklarda har tomonlama sovet dahriylardan qoʻrquvlarini kuchaytirdi - va arab dunyosini qamrab olgan dunyoviy antimonarxistik inqiloblar toʻlqini va "arab sotsializmi"ni qurishga oʻtish shubhali saudiyaliklarni ruslarning hiyla-nayranglariga ishontirdi. 80-chi yillarda Afgʻonistondagi sovet qoʻshinlariga qarshi urushda mujohidlarga yordam berish saudiyaliklar uchun kofirlar bilan muqaddas urushga aylandi, keyinchalik neft narxining qulashi esa deyarli ularning Gʻarbning SSSR bilan kurashiga qoʻshgan hissasi sifatida taqdim etildi. Ammo SSSR yoʻq boʻlib ketdi, Ar-Riyodga sotsialistik tahdid endi yoʻq edi - ammo muammolar saqlanib qoldi va hattoki yangi, ancha jiddiylari paydo boʻldi. 90-chi yillarning boshlarida Moskva bilan munosabatlarni tiklagan saudiyaliklar 2000-chi yillarda Yaqin Sharqdagi pozitsiyalarini tiklay boshlagan shimoliy derjavaga diqqatini oshira boshladi.

Amerikaliklar Iroqni tor-mor qilib, Afgʻonistonni bosib olayotgan paytda, Saudiya Arabistoni Moskvaga nisbatan turli xil harakatlarni amalga oshirdi – ammo shu bilan birga asosan Eron mavzusiga eʼtibor qaratdi. Ar-Riyod uchun Eron-Rossiya yaqinlashuvining oldini olish juda muhim edi, chunki aynan Tehron asosiy tahdid va asosiy dushman sifatida qabul qilingan. U paytda saudiyaliklarning asosiy muammolari eronliklar bilan emas, balki amerikaliklar bilan, aniqrogʻi, ularning Yaqin Sharqdagi siyosati bilan bogʻliq edi.

2001 yil 11 sentyabr teraktlaridan soʻng amerikaliklar Yaqin Sharqqa oʻrnashib oldilar, ammo saudiyaliklar bunga uncha xursand boʻlishmagan. Chunki Islom dunyosida va ayniqsa, vahhobiylik vatanida, yaʼni Saudiya Arabistonida aksil-Amerika kayfiyatlarining javobiy oʻsishini taxmin qilish qiyin emas edi. Amerikaliklar qoʻgʻirchogʻi obroʻsi Saudiya sulolasiga juda katta muammolar keltirib chiqarishi mumkin edi: u arab va islom dunyosining yetakchisi maqomiga daʼvo qilayotgan edi, va shunchaki choʻl boʻroni bilan uchirilib ketishi mumkin edi. Va Ar-Riyod Yaqin Sharqning amerikalik strateglar tomonidan tuzilgan yangi xaritalarini ham yodda tutar edi. AQShga qaramlikni susaytirish va umuman Gʻarbdan uzoqlashish kerak edi.

2000-chi yillarning oʻrtalaridan boshlab Saudiya Arabistoni rahbarlari, xususan Vashingtondagi sobiq elchi va razvedka xizmati rahbari shahzoda Bandar Moskvaga tez-tez tashrif buyura boshladilar. 2007 yilda Rossiya prezidenti Ar-Riyodga birinchi bor tashrif buyurdi va ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tez orada yangi bosqichga koʻtariladigandek tuyuldi. Ammo Saudiya Arabistoni rahbariyatida ikki strategiya oʻrtasidagi kurash davom etdi: Amerikaga moyil va Amerikaga qarshi. Amerikaga qarshi kurash AQSH bilan aloqalarni uzishga chaqirmagan - uning tarafdorlari Amerikaga pasangi sifatida Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarni kuchaytirishni targʻib qilishgan. 2011 yilda boshlangan “arab bahori” qirollik uchun xavflarni oshirdi: birin-ketin arab dunyosi mamlakatlari oʻt olgan. Qaddafi singari raqib-dushmanlarni yoʻq qilinishi “Musulmon-birodarlar”* hokimiyatga kelgan Misr yoʻqotishlarini, qoʻshni Yamandagi tartibsizlik va qoʻshni Suriyadagi urushni qoplab bermadi. Amerikaliklar, ular vaziyatni oʻz qoʻliga olmasa-da, hech boʻlmaganda yordam berishadi degan umid tezda puchga chiqdi. 2013 yilda saudiyaliklar amerikaliklar ularga yolgʻon gapirishayotganini angladilar - buni anglash, Asad goʻyo barcha qizil chiziqlarni kesib oʻtganiga qaramay, Obamaning Suriyaga raketa- bombardimon hujumini boshlashdan bosh tortganidan keyin vujudga keldi. Aynan Vladimir Putin Obamani koʻndirdi, aniqrogʻi, u oʻzi boshini tiqvogan tupikdan chiqarishga yordam berdi. Saudiyaliklar Vashingtondan shunchalik xafa boʻlishdiki, oʻsha paytning oʻzida, 2013 yil sentyabr oyida, ular BMT Xavfsizlik Kengashidagi ikki yillik oʻrinlaridan voz kechib eshikni qattiq yopib chiqib ketdilar.

Ular hamon Suriyada Asadga qarshi muxolifatni qoʻllab-quvvatlashda davom etishardi - ammo Asadning qulashi oʻrniga ular Suriya va Iroqda ISHIDning* kuchayishini kuzatdilar. Oʻzini "xalifalik" deb eʼlon qilganlar vaqti kelib Makka va Madinani ozod qilish niyatida ekanligini yashirmadi - saudiyaliklar kimga ishonishlari kerak edi? Amerikaliklargami? Ammo "xalifalik" ularning Iroqdagi nodon harakatlarining natijasi edi - agar AQSH tartibsizlikdan foydalanib, shu vaqtning oʻzida Saudiya Arabistonini ham qayta tartibga solishga qaror qilsa-chi?

Va shu payt Ar-Riyodda qirol Abdulloh vafot etdi - 2015 yil yanvar oyida taxtga uning ukasi Salmon oʻtirdi. Ammo aslida 29 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmon birinchi shahsga aylanadi - u mudofaa vaziri va merosxoʻr oʻrinbosari lavozimini oladi. Yozda Salmon Rossiyaga keladi va Putin bilan uchrashadi. Keyingi yillarda u mamlakatimizga doim kelib turadi, baʼzan yiliga ikki marta, ammo birinchi uchrashuv asosiysi boʻldi. Uning baʼzi tafsilotlari yaqinda The Guardian nashrida paydo boʻldi, unda Kanadaning bir fuqarosi tomonidan Vashingtondagi federal sudga berilgan daʼvo haqida hikoya qilingan. Nima uchun aynan u yerda? Chunki oʻsha yillardagi Saudiya razvedkasi rahbarlaridan biri shahzoda Muhammadga qarshi sudga daʼvo qilgan. Saad al Jabri ancha vaqt oldin Kanadaga qochgan va endi esa  shahzoda uni oʻsha yerda ham oʻldirmoqchi boʻlayotganlikda ayblamoqda (2018 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistonining Istambuldagi konsulligida oʻldirilgan jurnalist Jamol Xashogi oʻlimidan bir necha hafta oʻtgach). Shahzoda Jabrini nima sababdan oʻldirmoqchi boʻlgan? Markaziy razvedka boshqarmasi unga shahzoda Muhammadning Suriyaga ruslarni taklif qilish rejalaridan noroziligini yetkazgani uchun. Axir qanday qilib, 2015 yil sentyabr oyida Suriyadagi operatsiyamizning boshidanoq, bizga "Rossiya aralashuvi" Saudiya Arabistoni boshchiligidagi butun sunniy dunyoni bizga qarshi qaratishini aytib kelishganku. "Saudiyaliklar qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlab kelishgan, ular Asadni deyarli magʻlubiyatga uchratdilar ham, shunda uni qutqargani ruslar keldi - tamom, endi Rossiyaga qarshi jihod boʻladi!"

Oʻsha paytning oʻzida bu kulgili edi, ammo aniqlanishicha, haqiqat bundan ham qiziqroq boʻlishi mumkin edi ekan. Shahzoda Muhammad Suriyada ruslarning boʻlishiga va hatto ular u yerda paydo boʻlishidan oldin ham eʼtiroz bildirmagan va Saudiya Arabistoni amerikaliklarning eʼtirozlariga eʼtibor bermay, Rossiya tomon burildi:

"Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 2015 yil yozida mamlakatning tashqi siyosatini oʻzgartirdi va Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalariga yashil chiroq berdi". Bu haqda Kanadaga qochib ketgan razvedka sobiq xodimi Saad al Jabri tomonidan berilgan daʼvo arizasida yoziladi. Vashington Federal sudiga taqdim etilgan hujjatda Jabri Moskvaning Suriyadagi harakatlariga ijobiy munosabat, MRBning oʻsha paytdagi direktori Djon Brennanni xavotirga solganini taʼkidlagan.

Sud daʼvosiga koʻra, 2015 yil iyul va avgust oylarida Jabri bilan suhbatda Brennan “Salmon Rossiya Suriyaga hujumini Rossiya Suriyadagi urushning bir qismi boʻlmagan paytda ham qoʻllab-quvvatlaganiga” ishora qilgan.

Saudiya sobiq razvedkachisining taʼkidlashicha, MRB boshligʻining xavotirlari toʻgʻrisida maʼlumotni valiahd shahzodaga yetkazganida, Salmon "oʻta gʻazablangan" boʻlgan. Jabrining fikriga koʻra, aynan Brennan bilan uchrashuvlar uning ishdan boʻshatilishi va qirollikning razvedka xizmatidagi ishini yoʻqotishi, keyinchalik  mamlakatdan Kanadaga koʻchib ketishi bilan bogʻliq”.

Bundan tashqari, Muhammadning yoʻnalishini oʻzgartirishga uning adashi - Birlashgan Arab Amirliklarining deyarli hukmdori, shayx Muhammad ibn Zaid undagan (u 2012 yildan beri Putinning oldiga muntazam ravishda kelib turgan):

"Gʻarb diplomatlarining aytishlaricha, shahzoda Muhammad mudofaa vaziri boʻlganidan koʻp oʻtmay, otasi 2015 yil yanvarida qirol Abdulloh vafotidan keyin taxtga oʻtirgandan soʻng, unga Abu-Dabining valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zaid katta taʼsir koʻrsatgan. <...> 2015 yilgi voqealari bilan tanish boʻlgan manba shahzoda Muhammad va Shayx Muhammad fevral oyida Abu-Dabida boʻlib oʻtgan Idex qurollar yarmarkasida uchrashganliklari haqida xabar berdi: "Bu Muhammad bin Salmonning ambitsiyalari, qarashlari va eʼtiqodlarida burilish nuqtasi boʻldi". Shayx Muxammadning taʼkidlashicha Suriyada "Musulmon-birodarlar"* inqilobi tahdidi Fors koʻrfazi monarxiyalari nuqtai nazaridan Asadning omon qolishidan koʻra yomonroq edi. Shayx Muhammad shahzodaga Suriyadagi "Musulmon-birodarlar"* inqilobining katta tahdidi va ularga AQSH yordam berayotgani haqida gapirib bergan...

Shayx u yangi ittifoqlar qurishni boshlashi kerakligini, Xitoy va Rossiya tomon burilishi kerakligini aytdi. Taʼkidlanishicha, shayx Muhammad bin Zaid goʻyoki prezident Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda boʻlgan".

Saudiya shahzodasi 2015 yil 18 iyunda Putin bilan suhbatlashgandan soʻng, bu haqda AQSH xabar topib, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Brennan al Jabriga oʻz noroziligini bildirdi. Jabri bu haqda Muhammadga aytganda, shahzoda Amerika bosimidan gʻazabga keldi va ehtimol al Jabrini ikki tomonlama oʻyinda gumonladi. Jabri razvedkadagi lavozimidan mahrum boʻldi va keyinchalik Kanadaga qochib ketdi.

Albatta, maxsus xizmat qochqin rahbariga ishonish qiyinroq, ammo bu holatda shahzoda Muhammadning Rossiya tomon burilishi haqidagi voqea haqiqatga oʻxshaydi. Uning tafsilotlarini oshkor qilinishi (ruslarning Suriyaga kirishi uchun "yashil chiroq") Saudiya shahzodasi uchun juda foydasiz, ammo agar amerikaliklar unga shu tarzda bosim oʻtkazishga qaror qilsalar, ular mutlaqo teskari natijaga erishadilar.

Bu yil bahorda anglo-sakson ommaviy axborot vositalarida Putin va Muhammadning OPEK+ yangi shartnomasi borasida telefon suhbati paytida goʻyoki janjallashgani, - goʻyoki shahzoda Rossiya prezidentiga deyarli baqirgani haqida "sizma maʼlumot" chop etilgan edi. Bundan tashqari, Vashingtonni ham bu voqeaga aralashtirishgan edi: goʻyoki Trampning kuyovi Saudiya shahzodasining niyatlaridan - Moskva bilan qattiq suhbatdan xabardor boʻlgan, lekin uni toʻxtatib qolmadi. Ushbu provokatsion "maʼlumotlar sizib chiqishi" Moskva va Ar-Riyod oʻrtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan boʻlgan, ammo bu natija bermadi, chunki tez orada Putin va Muhammad yangi neft bitimi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Rossiya va Saudiya Arabistonining milliy manfaatlari bizning mamlakatlarimizni bir-biriga yaqinlashtirmoqda, amerikaliklarga boʻlgan ishonchsizlikni esa tuzatishning iloji yoʻq. Noyabr oyida Ar-Riyodda Putin va Muhammad ularni bir-birlari bilan urishtirishning navbatdagi urinishlar ustidan ancha kulishadi.

* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilotlar.

Asosiy mavzular